1. Fayllar va printerlar kabi umumiy resurslarni ta’minlovchi kompyuter nomini ko‘rsating.

A) NIC; B) Server; C) Ish stansiyasi; D) Tarmoq xavfsizligi;

2. …– uzatishni boshqarish protokoli.

A) IP; B) SMTP; C) TCP; D) POP3;

3.Tarmoqqa ulangan barcha kompyuterlar nima deb ataladi?

A) Ish stansiyalari; B) Serverlar; C) Kirish moslamalari; D) Tarmoq dasturlari;

4. … – ma’lumotlarni Internet orqali yetkazib berishni belgilaydigan qoidalar to‘plami.

A) WWW; B) Internet protokoli; C) TCP; D) POP3;

5. Aloqa qilish uchun kabel emas, balki radio to‘lqinlaridan foydalanadigan tarmoq nima deb ataladi?

A) WAN; B) LAN; C) GAN; D) WLAN;

6. … –  veb-sahifa manzili.

A) URL; B) Protocol; C) Faks; D) HTML;

7. Quyidagilardan qaysi biri faqat tashkilot xodimlari uchungina mavjud bo‘lgan xususiy tarmoq?

A) Internet; B) WLAN; C) Intranet; D) LAN;

8. …– brauzerda veb-sahifalarni ko‘rish uchun standartlashtirilgan belgilash tili.

A) FTP; B) Protocol; C) Faks; D) HTML;

9. Quyidagilardan qaysi biri maktab yoki offis binosi kabi kichik maydonni o‘z ichiga olgan kompyuterlar tarmog’i?

A) WAN; B) LAN; C) GAN; D) PAN;

10. …– tarmoq har bir tugunini yagona identifikatsiyalash uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan yagona manzil.

A) IP; B) Internet protokoli; C) TCP; D) POP3; 

11. Quyidagilardan qaysi biri tezkor xabar almashish dasturiga misol bo‘la oladi?

A) Wikipediya; B) Facebook; C) Telegram; E) YouTube;

12. …–  skanerlangan  va  telekommunikatsiya  aloqasi  orqali ma’lumotlar sifatida uzatilgan hujjat (matn yoki rasm)ning aniq nusxasi.

A) Internet; B) SMTP; C) Faks; D) HTML;

13. Quyidagilardan qaysi biri FTP xizmatlarining dasturi emas?

A) Sof FTPd; B) FileZilla Server; C) ProFTPd; D) FT protokoli;

14. …– qurilmalar o‘rtasida ma’lumotlar uzatish uchun qoidalar majmui.

A) WWW; B) Protocol; C) Faks; D) HTML;

15. Internet orqali ixtiyoriy vaqtda TV dasturlarini ko‘rish imkoniyatini beruvchi xizmat turini ayting:

A) Streaming; B) WWW; C) VoIP; D) sun’iy yo‘ldosh televideniyesi;

16. …– yagona andaza asosida  yuqori  darajadagi  kommunikatsiya  xizmatlarini  ko‘rsatuvchi  jahon  global kompyuter tarmog‘i.

A) Internet; B) Protocol; C) Faks; D) HTML; 

17. HTTP – … .

A) gipertipni tashish protokoli; B) gipermatnni uzatish protokoli; C) gipermatnni uzatish jarayoni; D) gipertipni uzatish protokoli;

18. Shaxs dunyoning qayerida turganligini aniqlash uchun qo‘ldagi qurilma orqali sun’iy yo‘ldoshga asoslangan radionavigatsiyadan foydalanuvchi raqamli aloqa shakli?

A) GPS; B) HTTP; C) FTP; D) SMTP;

19. Kompyuter va tarmoq serverlari o‘rtasida (odatda, Internet orqali) fayllarni uzatish uchun ishlatiladigan standart tarmoq protokoli?

A) GPS; B) HTTP; C) FTP; D) WWW;

20. VoIP – ovozni raqamli signalga aylantiruvchi, to‘g‘ridan to‘g‘ri kompyuter, VoIP telefoni yoki boshqa ma’lumot uzatuvchi qurilmadan qo‘ng‘iroq qilish imkonini beruvchi texnologiya:

A) GPS; B) HTTP; C) FTP; D) VoIP;

21. DNS nimani anglatadi?

A) Domain Name System; B) Domen Noting Server; C) Domain Noting System; D) Domain Name Server;

22. IP-manzillar tarmoqda foydalanilishiga ko‘ra necha xil bo‘ladi?

A) 5 xil; B) 4 xil; C) 3 xil; D) 2 xil;

23. Tavsif qaysi topologiyaga tegishli?

“Agar markaziy kabel ishlamay qolsa, butun tarmoq ishlamay qoladi”.

A) halqa; B) shina; C) yulduz; D) tо‘rli;

24. Svitch – … qurilma.

A) tarmoqdagi boshqa kompyuterlarni jalb qilmagan holda ma’lum kompyuterlar o‘rtasida ma’lumot almashuvchi; B) tarmoq orqali o‘tadigan barcha xabarlar to‘g‘risida qaror qabul qiluvchi; C) kompyuter yoki tarmoqni Internetga ulovchi; D) tarmoq qurilmalariga simsiz tarmoqqa simsiz ulanish imkonini beruvchi.

25. Simsiz tarmoq interfeys kartasi –  _______ qurilma.

A) tarmoqdagi boshqa kompyuterlarni jalb qilmagan holda ma’lum kompyuterlar o‘rtasida ma’lumot almashuvchi; B) tarmoq orqali o‘tadigan barcha xabarlar to‘g‘risida qaror qabul qiluvchi; C) kompyuter yoki tarmoqni Internetga ulovchi; D) tarmoq qurilmalariga simsiz tarmoqqa simsiz ulanish imkonini beruvchi;

Muallif F. Mansurov

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan