AMALIY DARS

Darsning maqsadi: o‘quvchilarni kompyuter tarmoqlari va internet bilan tanishtirish, ular bilan ishlashga o’rgatish.

Darsning ta’limiy vazifasi: o‘quvchilarga amaliy mashqlar bajartirish orqali internetda ishlashni ta’minlovchi dasturlar bilan tanishtirish va ular bilan ishlash bo’yicha bilim va ko’nikmalar berish.

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: internetda ishlashni ta’minlovchi dasturlar haqida axborotlarni izlab topa olish va yig‘a olish, ularning imkoniyatlarini bilish, izlab topilgan axborotlarni saqlash va amalda foydalana olish. 

Darsning tarbiyaviy vazifasi: o’quvchilarni yangi bilimlar egallashga va tartib-intizomga doimo rioya etishga yo’naltirish.

Darsning rivojlantiruvchi vazifasi: o‘quvchilarning kompyuterdan foydalanish haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish. O‘z-o‘zini rivojlantiruvchi kompetensiya elementlarini shakllantirib borish.

Dars bosqichlari:

I. Tashkiliy qism – Salomlashish, davomatni aniqlash, o’quvchilarning kiyinish madaniyatiga e’tibor, sinf xonasining gigiyena holati, tarbiyaviy-siyosiy daqiqa o’tkazish;

II. O’tilgan mavzuni takrorlash – o’tilgan mavzu bo’yicha savol-javob o’tkazish va o’quvchilarni baholash;

III. Yangi mavzuni ustida ishlash – darsning bayoni.

O’quvchilarga dars (amaliy mashg’ulot) davomida bajarishlari uchun tayyorlab qo’yilgan topshiriqlar haqida tushunchalar beriladi. Amaliy topshiriqlarni ketma-ket bajarilish tartibi va ularga sariflashlari mumkin bo’lgan vaqt chegarasi belgilab beriladi. 

Har bir shart bajarilgach o’quvchi o’zi bajargan ishi yakuniga ko’ra oldindan tayyorlab qo’yilgan maxsus jadvalga natijani qayd etib boradi.

O’quvchilar topshiriqlarni bajarish uchun ruxsat olganlaridan so’ng birinchi topshiriqni bajarishga kirishadilar. 

Birinchi topshiriq – „Qiziqarli test“. Unda o’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan test savollari beriladi. Test savollari dasturga kiritilgan bo’lib, o‘quvchilar dasturni mustaqil ravishda ishga tushiradilar. 

Dastur tomonidan berilgan barcha savollarga javob bergach chiqarilgan natijani o’quvchi o’ziga berilgan (1-rasm) jadvalga qayd etadi.

Ikkinchi topshiriq – „Boshqotirma“. Bu shartni o’quvchilar web-brauzerda bajaradilar. Avvaldan tayyorlab qo’yilgan Boshqotirma.html faylini ishga tushirib. Boshqotirma shartlariga ko’ra kerakli maydonlarni to’ldiradilar. Barcha maydonlar to’ldirilgach „Tekshirish“ tugmasini bosib natijani aniqlaydi va uni o’ziga berilgan (1-rasm) jadvalga qayd etadi.

Uchinchi topshiriq – „Rebus“ (yashirin so’zni aniqlash). Bu shartda o’quvchilar word matn protsessorida tayyorlangan „Rebus“ topshiriqni bajaradilar. Yashirilgan so’zni aniqlab uni hujjatdagi belgilangan joyga yozadilar.

To’rtinchi topshiriq – „Axborot bering“. Bu shartni bajarish uchun vaqt belgilangandan so’ng o’qituvchi o’quvchilarga avvaldan o’ylab qo’yilgan topshiriq asosida vazifa yuklaydi. Vazifani o’quvchilar online tarzda bajarishlari kerak. Bu o’rqali o’quvchilarda fanga oid kompetentsiyani rivojlantiriladi.

Online bajarish uchun beriladigan vazifalar uchun namuna:

  1. Maktab-internatimiz saytida „Kompyuterning tashqi xotirasi bilan ishlash“ mavzusida maqola chop etilgan. Siz shu maqolani toping. Undan qattiq disk haqidagi qismini belgilab olib nusxa ko’chirish yo’li bilan MS Word dasturiga o’tkazing.
  2. Ziyonet saytiga kiring. Undan arboblar bo’limiga kiring va Sohibqiron Amir temur haqida ma’lumot oling.

To’rtinchi topshiriq –„Kompyuter tarmoqlari“. Bu shartda o’quvchilar bilan kompyuter tarmoqlari haqidagi ma’lumotlar muxokama qilinadi. O’quvchilar guruhlarga bo’linadi va savol-javob tarzida musobaqa o’tkaziladi.

IV. Mavzuni mustahkamlash: Mavzuga oida savol va topshiriqlarni qayta ko’rib chiqish va mustahkamlsh.

V. O’quvchilarni baholash: O’quvchilarga tarqatilgan jadvaldagi natijalarini

umumlashtiradilar. Natijaga ko’ra termometr simob ustunini bo’yaydilar va kerakli rag’batga erishadilar

VI. Uyga vazifa: Mavzuga oid savol va topshiriqlarni o’rganish va mustaxkamlab kelish.

Muallif F. Mansurov

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan