Dars maqsadi:

  1. Ta’limiy: O’quvchilarga hujjatyaratishda “Matnni ustunlarga bo’lish” mavzusini o’rgatish;
  2. Tarbiyaviy: O’quvchilarni milliy va umummadaniy qadriyatlarimiz asosida tarbiyalash;
  3. Rivojlantiruvchi: O’quvchilarda hujjatdagi matnni ustunlarga bo’lish mavzusi bo’yicha bilim, ko’nikma, malaka va kompetensiyalarini rivojlantirish.

Dars uchun umumiy kompetensiya:

  1. Axborotlar bilan ishlash;
  2. O’z-o’zini rivojlantirish;
  3. Kompyuter savodxonlik.

Fanga oid kompetensiya:

O’quvchilarda hujjatdagi matnni ustunlarga bo’lish mavzusi yuzasidan ko’nikmalari rivojlangan. Ixtiyoriy kompyuterda hujjatlar tayyorlab unda matnni ustunlarga bo’la oladi.

Darsning borishi:

  • Tashkiliy qism:
  • Salomlashish:
  • Davomatni aniqlash:
  • Siyosiy daqiqa (Axborot texnologiya oid yangiliklar)

Yangi mavzu bayoni:

Hujjatda yangiliklar maqolasi yoki maqola xususiyatiga ega bo‘lgan qandaydir axborotni tasvirlamoqchisiz. Shuningdek, matn qatorlarini qisqaroq va oʻqishga osonroq boʻlishini istaysiz. Buni amalga oshirishning eng yaxshi usullaridan biri matnlarni ustunlarga bo‘lib joylashtirish hisoblanadi.

Hujjat odatda oddiy bir ustundan iborat boʻlib, u matnni sahifa boʻylab bir tomondan ikkinchi tomonga tekislab turadi. Biroq, sahifa koʻrinishini matnni bittadan ortiq ustunlarda aks etadigan qilib oʻzgartirishingiz mumkin. Bu hujjatingizni gazeta yoki jurnal kabi koʻrinishga olib kelishi yoki matn qatorlarini qisqartirib, oʻqishga oson qilishi mumkin.

Matnni ikkita ustunga joylash uchun quyidagilarni bajarishingiz kerak:

  1. Bittadan ortiq ustunga bo‘lmoqchi boʻlgan matningizni belgilang.
  2. Layout (Макет – Tartib) menyu oynasidagi Columns (Колонки – Ustunlar) buyrug‘ini tanlang.
Kalit so‘z
Ustun: matn uchun foydalanish mumkin boʻlgan maket.

Shunda ustunlar menyusi paydo boʻladi va bu sizga matnni nechta ustunga ajratishni tanlash imkonini beradi. Keyin ajratmoqchi boʻlgan ustunlaringiz sonini tanlashingiz kerak.

Endi matningiz siz tanlagan raqamdagi ustunlar soniga boʻlinganini koʻrishingiz mumkin.

Ustunlar yanada tartibli koʻrinishi uchun ularga qoʻshimcha formatlash sozlamalarini qoʻshishingiz ham mumkin. Agar har bir ustunning oʻng chetiga qarasangiz, matnning har qatori turli joyda yakunlanganini sezasiz. Ularning hammasi ham ustunning chap tomonidagi kabi bir tekis chiziqda aks etmaydi. Ustunning oʻng tomonini ham tekislash uchun qoʻshimcha formatlash sozlamasidan foydalanishingiz mumkin! Bu “matnni tekislash” deb ataladi.

Matnni tekislash uchun quyidagilarni bajarasiz:

1.  Kerakli matnni belgilang.

2.  Home (Главная – Asosiy) menyu oynasida joylashgan Paragraph (Абзац) bo‘limidan Justify (Выровнять по ширине) buyrug‘i tanlanadi.

Endi matn oʻng tomondan ham bir chiziq bo‘ylab tekislanganini koʻrishingiz mumkin. Bu formatlash uslubi oʻng tomonda bir tekis chiziq hosil qilish uchun matn orasiga boʻshliqlar qoʻyadi.

Kalit so‘z
Matnni eni bo‘ylab tekislash (Justify): sahifaning chap va oʻng chekkalari orasida teng ravishda joylashtirilgan matn

Yangi mavzuni mustahkamlash:

1-mashq

Oʻqituvchingiz taqdim etgan “Maktab yangiliklari.docx” hujjatini oching. Maqoladagi matnni uchta ustunga ajrating va ustunlardagi matnni eni bo‘ylab tekislang.

Uyga vazifa:

Mavzuga oid atamalarni o’zlashtirish. Qo’shimcha ravishda mustaqil mashqlar bajarish.

Muallif F. Mansurov

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan