Dars maqsadi:

  • “MS Acces da matematik amallar bajarish” mavzusi nazariyasini o’rganish
  • O’quvchilarda AS Acces da matematik amallardan foydalanish qobiliyatini rivojlantirish, olgan bilimlarni amalda qo’llash ko’nikmasini o’stirish.

Dars turi: Kombinatsiyalashtirilgan dars.

  • Ko’rgazmali qurollar va tarqatmali vositalar:
  • Kompyuter;
  • Video proyektor;
  • Mavzusida mos tayyorlangan test savollari;
  • O’tilgan mavzuni mustahkamlash uchun tarqatmalar;
  • Uy vazifasi uchun tarqatmali vositalar.

Dars rejasi:

  1. Tashkiliy qism (1 min.)
  2. O’tgan mavzuni (mustahkamlash) tekshirish  (10 min.)
  3. Yangi mavzuni o’rganish (20 min.)
  4. O’tilgan mavzuni mustahkamlash ( 5 min.)
  5. Dars yuzasidan xulosa (2 min.)
  6. Uyga vazifa berish (2 min.)

Darsning borishi

1. Tashkiliy qism.

Maqsad: o’quvchilarni darsga tayyorlash.

Dars mavzusi e’lon qilinadi. O’quvchilar oldiga vazifa qo’yiladi: ma’lumotlar ombori va ularni tashkil etish haqida gapirib berish.

2. O’tgan mavzuni mustahkamlash.

“Ta’limiy Test” dasturi yordamida avval otilgan mavzularga oid test sinovi o’tkazish

3. Yangi mavzuni o’rganish.

O’rganish uchun savollar:

  1. MS Acces 210 dasturini ishga tushirish va yangi ma’lumotlar omborini taskil etish.
  2. MS Acces 210 dasturida matematik amallardan foydalanish.

MS Access 2010 da ma’lumotlar omborini hosil qilib, ular ustida ba’zi – bir matematik hisob – kitob ishlarini amalga oshirishimizga to‘g‘ri keladi. Ushbu  ishlarni  amalga  oshirish  matematik  va  statistik  funksiyalar yordamida  amalga  oshiriladi.  Matematik  hisob  ishlarini  Создание menyusining  Конструктор  запросов  bo‘limi  orqali  amalga  oshirishimiz mumkin.

MS Acces 2010 da ham MS Excel 2010  kabi matematik va munosabat amallari,  matematik  va  statistik  funksiyalardan,  mantiqiy  amallardan foydalanish imkoniyatlari mavjud.

MS Access 2010 dasturida matematik amallar

BelgiVazifasi
1+Qo’shish
2Ayrish
3*Ko’paytirish
4/Bo’lish
5^Darajaga oshirish

MS Access 2010 da matematik munosabat amallari

BelgiVazifasi
1Katta
2Kichik
3=Teng
4>=Katta yoki teng
5<=Kichik yoki teng
6< >Teng emas

MS Access 2010 da matematik funksiyalar

FunksiyaVazifasi
1ABSSonning modulini hisoblaydi
2SQRSonni kvadrat ildizini hisoblaydi
3COSSonni cosinusini hisoblaydi
4SINSonni sinusinusini hisoblaydi
5TANSonni tangnsini hisoblaydi
6ATNSonni arktangnsini hisoblaydi
7LOGSonni logarifmini hisoblaydi
8RND0 va 1 oraliqdagi istalgan sonni tanlab olish
9INTHaqiqiy sonni butun qismini olish

MS Access 2010 da statistik funksiyalar

FunksiyaVazifasi
1NOTInkor
2ANDVa
3ORYoki

1-mashq.  Uchta  ustunda  berilgan  sonlarning  yig‘indisini  to‘rtinchi ustunga hosil qiling.

Bajarish:

  • jadval quyidagicha hosil qilinadi:
  • hosil qilingan jadvalni “Qo‘shish” nomi bilan saqlaymiz;
  • saqlangan jadvalni yuklanadi va quyidagi tartibda to‘ldiriladi:
  • to‘ldirilgan  jadvalni  yopib,  menyular  satridan  Создания-Конструкор запросов ketma-ketligi tanlanadi;
  • “Qo‘shish” nomli jadval belgilanadi va Добавить tugmasi bosiladi.
  • ishchi oynani quyidagicha to‘ldiramiz:
  • jadvalning  navbatdagi  ustunga  sichqonchaning  o‘ng  tugmasini  bosib kontekst menyudan построить bandi tanlanadi:
  • hosil  bo‘lgan  oyna  ikki  qismdan  iborat  bo‘lib,  birinchi  oynada matematik    hisob  ishlarining  formulalari  kiritiladi.  Ikkinchi  oynada matematik,  statistik  funksiyalar  va    mantiqiy  amallarni  qo‘llash  usullari beriladi.  Berilgan  uchta  ustundagi  sonlarning  yig‘indisi  uchunchi  ustunda hosil  qilish  uchun  birinchi  oynaga  quyidagi  kodni  kiritamiz:    A+B+C: [A]+[B]+[C]
  • bajarilgan amallarni “Sonlarni qo‘shish” nomi bilan saqlab, jadvalni yuklasak, quyidagi ko‘rinish hosil bo‘ladi:
  •  

Ushbu jadvalning uchta ustunidagi sonlarning yig‘indisi to‘rtinchi ustunda aks etgan.

4. O’tilgan mavzuni mustahkamlash

Mavzuni mustahkamlash uchun o’quvchilarga darslikdagi mavzuga oid savollardan iborat tarqatma tarqatiladi.   

5. Dars yuzasidan xulosa

Aytigchi, bugungi dars sizlarga tushunarli bo’ldimi?

Darsda ko’proq nima esingizda qoldi?

6. Uyga vaziva berish

  1. Darslikda berilgan mavzuga oid 1,2 – mashqlarni bajarish
  2. Quyidagi savollar javobini o’rganish:
  • MS Access 2010 da qanday matematik amallari mavjud?
  • MS Access 2010 da qanday munosabat amallari mavjud?
  • MS Access 2010 da matematik funksiyalarni yozing.
  • MS Access 2010 da statistik funksiyalarni yozing.
  • MS Access 2010 da mantiqiy amallarni yozing.
  • Berilgan  to‘rtta  sonning  ko‘paytmasini  hisoblovchi  jadval  hosil
  • qiling.
  • Ustundagi sonlarning ildizini hisoblovchi jadval hosil qiling.

Muallif F. Mansurov

One thought on “MS ACCES 2010 DA MATEMATIK AMALLARNI BAJARISH”

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan