{"id":168,"date":"2023-07-03T06:27:34","date_gmt":"2023-07-03T06:27:34","guid":{"rendered":"http:\/\/dars-ishlanma.uz\/?p=168"},"modified":"2024-06-25T08:57:50","modified_gmt":"2024-06-25T03:57:50","slug":"fayllar-va-kataloglar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/dars-ishlanma.uz\/ru\/fayllar-va-kataloglar\/","title":{"rendered":"FAYLLAR VA KATALOGLAR"},"content":{"rendered":"<p><strong>Dar<em>s<\/em> maqsadi:<\/strong><\/p>\n\n\n\n<ol class=\"wp-block-list\" style=\"list-style-type:lower-alpha\">\n<li>Ta\u2019limiy: O\u2019quvchilarga fayllar va kataloglar mavzusini o\u2019rgatish;<\/li>\n\n\n\n<li>Tarbiyaviy: O\u2019quvchilarni vatanga sodiq va fidoiy qilib tarbiyalash, milliy va umummadaniy qadriyatlarimiz asosida tarbiyalash;<\/li>\n\n\n\n<li>Rivojlantiruvchi: O\u2019quvchilarda fayllar va kataloglar mavzusi bo\u2019yicha bilim, ko\u2019nikma, malaka va kompetensiyalarini rivojlantirish.<\/li>\n<\/ol>\n\n\n\n<p><strong>Dars uchun umumiy kompetensiya:<\/strong><\/p>\n\n\n\n<ol class=\"wp-block-list\" style=\"list-style-type:1\">\n<li>Axborotlar bilan ishlash;<\/li>\n\n\n\n<li>O\u2019z-o\u2019zini rivojlantirish;<\/li>\n\n\n\n<li>Milliy va umummadaniy;<\/li>\n\n\n\n<li>Matematik savodxonlik.<\/li>\n<\/ol>\n\n\n\n<p><strong>Fanga oid kompetensiya:<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019quvchilarda fayllar va kataloglar haqida ko\u2019nikmalari rivojlantirish. Ixtiyoriy kompyuterda ishlay olish va kompyuterning barcha texnik vositalaridan foydalana olish.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Darsning borishi:<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p><strong>1. Tashkiliy qism<\/strong><\/p>\n\n\n\n<ol class=\"wp-block-list\" style=\"list-style-type:lower-alpha\">\n<li><strong>Salomlashish:<\/strong><\/li>\n\n\n\n<li><strong>Davomatni aniqlash:<\/strong><\/li>\n\n\n\n<li><strong>Siyosiy daqiqa (Bugungi kun axborot va texnologiya yangiliklari):<\/strong><\/li>\n<\/ol>\n\n\n\n<p><strong>2. Yangi mavzu bayoni:<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>Disk sektor va yo\u2018llardan iborat bo\u2018lib, har bir sektor va yo\u2018l adres yoki ma\u2019lumotlar maydonidan iborat bo\u2019ladi. Adres maydoniga disk, yo\u2018l, sektor tartiblari va nazorat yig\u2018indisi deb ataluvchi kod yoziladi. Bu ma\u2019lumotlar diskdan kerakli axborot topishni ta\u2019minlaydi. Ma\u2019lumotlar maydoniga esa foydalanuvchining axboroti, amaliy dastur qismi, matnli axborot yoki boshqa biror ma\u2019lumot yoziladi va diskda alohida baytlar to\u2018plamlari shaklida saqlanadi. Bu baytlar to\u2018plamining butunligini saqlash uchun foydalanuvchi va operatsion sistema tomonidan tanilish belgisi, ya\u2019ni nomi bo\u2018lishi kerak. Nomlangan baytlar to\u2018plami fayl (ing. file \u2013 ma\u2019lumot) tushunchasi bilan quyidagicha bog\u2019lanadi.<\/p>\n\n\n<div class=\"wp-block-image\">\n<figure class=\"aligncenter size-full\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" width=\"457\" height=\"438\" src=\"http:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/07\/sektor.png\" alt=\"\" class=\"wp-image-169\" srcset=\"https:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/07\/sektor.png 457w, https:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/07\/sektor-300x288.png 300w\" sizes=\"auto, (max-width: 457px) 100vw, 457px\" \/><\/figure>\n<\/div>\n\n\n<p><strong>Fayl <\/strong>\u2013 biror nomga ega bo\u2018lgan va kompyuterning tashqi xotirasida joylashgan baytlar majmuidir. Fayl sistemasi esa biror axborot saqlovchi vositada ma\u2019lumotlarni joylashtirishni tashkil etish vositasidir. Bundan kelib chiqadiki, fayl sistemasi ma\u2019lumotlarni tashqi xotiraning qaysi joyiga va qanday usulda yozilishini belgilar ekan. Fayl sistemalariga misol qilib <strong>FAT32<\/strong> yoki <strong>NTFS<\/strong> ni aytish mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>Operatsion sistema nuqtayi nazaridan axborot saqlovchi vosita klasterlardan iboratdir. <strong>Klaster<\/strong> \u2013 fayl sistemasi bilan bog\u2018liq bo\u2018lgan mantiqiy tushuncha bo\u2019lib, u axborot saqlovchi vositaning axborot saqlash mumkin bo\u2018lgan eng kichik bo\u2018lagidir (masalan, 1 klaster=512 bayt). Fayl sistemasi dasturlari faylni klasterlar to\u2019plami sifatida tashkillashtiradi. Bu dasturlar qaysi klaster bandligini, qaysi klaster bo\u2018shligini va qaysi klasterlar \u201cxato\u201d nishoni bilan belgilanganini nazorat qilib turadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Fayldagi ma\u2019lumotlar matn, chizma, dastur va h.k. bo\u2018lishi mumkin. Masalan, diskka yozilgan biror \u043e\u2018yin dasturi yoki matn muharririda yozilgan biror matn alohida faylga misol bo\u2018la oladi. Diskda axborotni saqlashning boshqa usuli yo\u2018q. Diskka birgina \u00ab\u0410\u00bb harfini yozish uchun ham unga nom berish va rasmiylashtirish shart. Yuqorida aytilganidek, fayl foydalanuvchi va operatsion sistema tomonidan tanilishi va foydalanilishi uchun <strong>nomga<\/strong> ega bo\u2018lib, odatda, nuqta bilan ajratilgan ikki qismdan iboratdir. Birinchi qismda foydalanuvchi tomonidan berilgan faylning xususiy nomi (Paint, Bloknot, MS Word dasturlarida ma\u2019lumotlaringizni saqlaganingizda nom berganingizni eslang), ikkinchi qismda shu ma\u2019lumotlar qaysi dastur tomonidan tanilishi lozimligini bildirish uchun dastur tomonidan berilgan <strong>fayl kengaytmasi<\/strong> deb ataluvchi nom aks etadi. Masalan, Rasm.bmp, Ma\u2019lumot.txt, Mening oilam.doc, Klava.exe, Puzzle.exe. Kengaytma bo\u2018lmagan hollarda fayl nomi xususiy nomi bilan bir xil bo\u2018ladi. Faylning xususiy nomi 1 tadan 255 tagacha, kengaytmasi esa 1 tadan 4 tagacha (kamdan kam hollarda 5 ta\u00adgacha) belgiga ega bo\u2018lishi mumkin. Fayl nomi kengaytmasi yozilishi majburiy emas. Lekin kengaytma faylda saqlanayotgan ma\u2019lumot turini bildirgani uchun undan foydalanish qulaydir. Hozirgi kunda ishlab chiqarilayotgan barcha dasturlar fayl nomi kengaytmasini o\u2018zlari qo\u2018shib qo\u2018yadi. Fayl kengaytmasidan mazkur fayl qaysi dastur tomonidan tashkil etilganini bilib olish mumkin. Quyida ko\u2018p uchrab turadigan fayl kengaytmalarini keltiramiz:<\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-table\"><table><tbody><tr><td><strong>Kengaytma<\/strong><\/td><td><strong>Fayl<\/strong><\/td><td><strong>Kengaytma<\/strong><\/td><td><strong>Fayl<\/strong><\/td><\/tr><tr><td>.mp3, .wav<\/td><td>audio fayl<\/td><td>.sys<\/td><td>sistema fayli<\/td><\/tr><tr><td>.avi, .mpg<\/td><td>video fayl<\/td><td>.zip, .rar, .arj<\/td><td>arxivlangan fayl<\/td><\/tr><tr><td>.bmp, .gif<\/td><td>tasvirli fayl<\/td><td>.html<\/td><td>web sahifali fayl<\/td><\/tr><tr><td>.txt<\/td><td>matnli fayl<\/td><td>.bat<\/td><td>buyruqlar fayli<\/td><\/tr><tr><td>.com<\/td><td>dastur fayli (kichik dastur)<\/td><td>.bas<\/td><td>beysik tilidagi dastur fayli<\/td><\/tr><tr><td>.exe<\/td><td>dastur fayli (dastur, ilova)<\/td><td>.pas<\/td><td>paskal tilidagi dastur fayli<\/td><\/tr><tr><td>.bak<\/td><td>faylning zaxira nusxasi<\/td><td>.xlsx<\/td><td>elektron iadvalli fayl<\/td><\/tr><tr><td>.dll<\/td><td>dinamik kutubxona fayli<\/td><td>.docx<\/td><td>hujjatli fayl<\/td><\/tr><\/tbody><\/table><\/figure>\n\n\n\n<p>Faylning xususiy nomida lotin va kirill alifbosining yuqori yoki quyi registrdagi harflari, raqamlar, shuningdek, &#8211; (defis), _ (tag-chiziq belgisi), $ (pul birligi belgisi), # (panjara), &amp; (amper- send belgisi), @ (tijoratcha ET), ! (undov belgisi), % (foiz belgisi), ~ (tilda), ^ (karat belgisi) va (){} (qavslar) qo&#8217;llanilishi mumkin. Lekin, \\ , \/, : , * , ? , \u201c, &lt; , &gt; , | kabi belgilar ishlatilishi mumkin emas. Shuni ta\u2019kidlash kerakki, fayl nomida kichik yoki katta harflardan foydalanishning farqi yo\u2018q. Kompyuter ularni bir xil nom deb qabul qiladi. Shuning uchun fayl nomini klaviaturadan terayotganda ixtiyoriy (yuqori yoki quyi) registrdan foydalanish mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>Bir-biridan faqat kengaytmasi orqali farqlanadigan nomlar turli fayllarni ifodalaydi. Masalan, Navro\u2018z.bmp, Navro\u2018z.txt, Navro\u2018z.xls, Navro\u2018z.doc, Navro\u2018z.avi turli xil dasturlarda ishlangan fayllardir.<\/p>\n\n\n\n<p>Operatsion sistema ba\u2019zi tashqi qurilmalarni ham fayl sifatida qarashi mumkin. \u201cFayl\u201d tushunchasini bunday umumlashtirish qator hollarda kiritish-chiqarish amallarini soddalashtirishi mumkin. Har bir qurilmaga \u201cfayl\u201d nomi biriktirilgan: PRN \u2013 printer, CON \u2013 klavishlar (kiritishda) va displey (chiqarishda) va hokazo. Shuning uchun, zaxiraga olingan PRN, CON, NUL, AUX, LPT1, LPT2, LPT3, COM1, COM2, COM3 kabi nomlarni fayl nomi sifatida ishlatish mumkin emas.<\/p>\n\n\n\n<p>Fayllarda kompyuter qayta ishlashi mumkin bo\u2018lgan har xil turdagi: matnli hujjatlar, dasturlarning birlamchi kodi matnlari, web-sahifaning HTML-kodlari va boshqa axborotlar saqlanishi mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>Diskda fayllar turli dasturlarning, masalan, matn muharriri, elektron jadval, dasturlash tillarining kompilyatorlari ishlashi natijasida hosil qilinadi. Ba\u2019zi fayllarni o\u2018zingiz hosil qilasiz va ularga nom berasiz, ba\u2019zilari esa sizga ma\u2019lum yoki ma\u2019lum bo\u2018lmagan maqsadlar uchun turli dasturlar orqali hosil qilinadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Faylning eng muhim xususiyatlari (rus. \u0441\u0432\u043e\u0439\u0441\u0442\u0432\u0430, ing. attributes) \u2013 <strong>nomi<\/strong><strong>, <\/strong><strong>hajmi<\/strong> (baytlarda), <strong>hosil<\/strong><strong> <\/strong><strong>qilingan<\/strong><strong> <\/strong><strong>va<\/strong><strong> <\/strong><strong>yangilangan<\/strong><strong> <\/strong><strong>sana<\/strong> (kun, oy, yil) va <strong>vaqti<\/strong>dir (soat va daqiqa).<\/p>\n\n\n\n<p>Faylning hajmi bir baytdan o\u2018nlab megabaytgacha (tashqi xotiraning sig\u2018imi doirasida) bo&#8217;lishi mumkin. Nol hajmli fayllar ham bo\u2018lishi mumkin (ularda faqat nom bo\u2019ladi, xolos).<\/p>\n\n\n\n<p>Fayllarni xususiyatlariga ko\u2018ra (odamlarni ozg\u2018in va tola, ayol va erkak, qora va oqlarga ajratish kabi) sinflarga ajratish mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>Masalan, barcha fayllarni turiga qarab matnli yoki matnli bo\u2018lmagan guruhlarga bolish mumkin. Matnli bo\u2018lmagan fayllarni ko\u2018pincha, matnli fayllarni ikkilik sifatida qaraydigan dasturni yozish qiyin bo\u2019lmasa ham, <strong>ikkilik<\/strong> fayllar deb atashadi. <strong>Matnli<\/strong> <strong>fayllarda<\/strong> bevosita ekranda o\u2018qishga, shuningdek, chop etish qurilmasida chiqarishga moljallangan alifbo-raqamli axborot saqlanadi. Matnli fayllar kompyuter texnologiyalarida muhim ahamiyat kasb etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Fayllarni boshqa xususiyatlari bilan ham sinflashtirish mumkin: <strong>fayl<\/strong><strong>&#8211;<\/strong><strong>dasturlar<\/strong> va <strong>fayl<\/strong><strong>&#8211;<\/strong><strong>ma<\/strong><strong>\u2019<\/strong><strong>lumotlar<\/strong> (ya\u2019ni dasturlar qayta ishlashi mo\u2018ljallangan obyektlar). Bunday ajratish shartlidir, chunki dasturli fayllar vaziyatga qarab ma\u2019lumotlar sifatida ham qaralishi mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>Kompyuterning vinchesterida minglab va hatto o\u2018n minglab fayllar joylashgan bo\u2018lishi mumkin. Agar fayllar mavzuli guruh\u00adlarga ajratilmasa, u holda amalda kerakli fayllarni izlab topish va ulardan foydalanish juda qiyin hamda ko\u2018p vaqt talab etishi mumkin. Masalan, fayllarning bir guruhi matn muharririning ishiga xizmat qiladi, boshqa guruhi matnli hujjatlar bilan band, fayllarning alohida guruhi rasmli ma\u2019lumotlarni tashkil etadi va hokazo. Fayllarni nomlangan guruhi <strong>katalog<\/strong> deb ataladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Kataloglar <strong>direktoriyalar<\/strong> (inglizchadan: ma\u2019lumotnoma, manzilli kitob) deb ham yuritiladi. Katalog \u2013 bu fayllar nomlari, ularning hajmi, atributlari (xususiyatlari), so\u2018nggi yangilangan vaqti va h.k.lar saqlanadigan diskdagi maxsus joy. Windows operatsion sistemasida katalog <strong>papka<\/strong> (ing. <strong>folder<\/strong> so\u2018zidan olingan) deb ham yuritiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Katalog tushunchasini kundalik hayotimizdan olingan misol orqali tushuntiramiz.<\/p>\n\n\n\n<p>Tasavvur qiling, disk \u2013 bu bog\u2019lamli qutilar va alohida (qutisiz) bog\u2019lamlar saqlanayotgan shkaf bo\u2018lsin. O\u2018z navbatida, qutilarda boglamlar uchun alohida qutichalar va yana boglamlar bo\u2018lsin. Quti, quticha va bog\u2019lamlarga yorliq yopishtirilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Endi, bog\u2018lam \u2013 bu yorliqda belgilangan nomli fayl deb tasavvur qiling. U holda alohida quti \u2013 bu ushbu diskning katalogi, bu qutidagi quticha esa \u2013 katalog osti (kichik katalog)dir.<\/p>\n\n\n\n<p>Shkafdagi (ya\u2019ni mantiqiy diskdagi) qutilarning (ya\u2019ni kataloglarning) va alohida bog\u2019lamlar (ya\u2019ni fayllar) to\u2019la ro\u2018yxati ushbu diskning <strong>bosh katalogi<\/strong> deb ataladi. Bu katalogda va alohida fayl (bo\u2019glam)lar ro\u2019yxatdan o\u2018tadi. Birinchi pog\u2019onadagi katalog (quti)larda ikkinchi pog&#8217;onadagi katalog (quticha)lar va alohida fayl (boglam)lar joylashgan. Uchinchi, to\u2019rtinchi va hokazo pog\u2018onadagi ichma-ich joylashgan kataloglar ham bo\u2018lishi mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>Katalog nomlarini qulay tanlash ham kompyuterda bajariladigan ishlarni yengillashtiradi. Masalan, MS Word dasturida tayyorlangan hujjatlarni joylashtirish uchun \u201cHujjat\u201d, o\u2018yin dasturlarini joylashtiradigan katalogni \u201cO\u2018yinlar\u201d deb nomlash o\u2018rinlidir.<\/p>\n\n\n\n<p>Bir katalogda bir xil nomdagi (ya\u2019ni xususiy nomi va kengaytmasi bir xil bo\u2019lgan) fayllar ro\u2018yxatdan otishi mumkin emas. Masalan, katalogda Navro\u2019z.doc nomli ikkita fayl bolishi mumkin emas. Lekin bir xil nomdagi fayllar turli kataloglarda ro\u2018yxatdan o\u2018tishi mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>Kataloglar aslida maxsus ko\u2018rinishdagi fayllar bolib, bosh (ildiz) katalog bundan mustasno. Har bir katalog o\u2018z nomiga ega bo\u2018lib, u boshqa bir katalog ro\u2018yxatida bolishi ham mumkin. Katalog nomiga qo\u2018yiladigan talablar fayl nomiga qo\u2018yiladigan talablar bilan bir xil. Odatda, katalog nomiga kengaytma qo\u2018llanilmaydi. Agar X katalog Y katalog ro\u2018yxati ichida joylashsa, X katalog Y katalogning <strong>katalog osti<\/strong>, Y esa X ning <strong>katalog usti<\/strong> yoki <strong>ona katalogi <\/strong>deb ham yuritiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Faraz qilaylik, Navro\u2018z.doc MS Word dasturida tayyorlangan hujjat bolib, Hujjat katalogining Nafosat katalogida joylashgan bo\u2019lsin. Agar fayl \u0421 diskda bo\u2019lsa, u holda mazkur Navro\u2018z.doc fayli quyidagicha topiladi:<\/p>\n\n\n\n<p><strong>\u0421<\/strong><strong>:<\/strong> \u2013 \u0421 diskning bosh katalogi;<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Hujjat<\/strong> \u2013 bosh katalogning katalog osti;<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Nafosat<\/strong> \u2013 Word katalog ostining katalog osti;<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Navro\u2018z doc<\/strong> \u2013 izlangan fayl.<\/p>\n\n\n\n<p>Izlangan faylga borish uchun yozilgan kataloglar ketma-ketligi faylga borish yo\u2018li deyiladi. Yo\u2018lni ko\u2018rsatishda \u201c\\\u201d (slesh) belgisidan foydalaniladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Demak, yuqoridagi faylga borish yo\u2018li: C:\\Hujjat\\Nafosat kabi bo\u2019ladi. Faylning to\u2019liq nomi deganda, faylga borish yo\u2018li va uning nomini birgalikda yozish, ya\u2019ni misolda <strong>C:\\HUJJAT\\NAFOSAT\\ NAVRO\u2018Z.DOC<\/strong> tushuniladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Har bir diskda, albatta, bosh katalog bo\u2018ladi. Unda fayllar va kataloglar (1-pog\u2018ona kataloglari) joylashadi. 1-pog\u2018ona kataloglarida fayllar va 2-pog\u2018ona kataloglari joylashadi; 2-pog\u2018ona katalogida fayllar va 3-pog\u2018ona katalogi joylashadi va h.k. Shu tariqa diskda kataloglarning pog\u2018onali (iyerarxik, ya\u2019ni shajaraviy) tuzilmasi hosil bo\u2018ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ayni vaqtda ish olib borilayotgan katalog <strong>joriy katalog<\/strong> deyiladi. Biror faylga operatsion sistema buyrug\u2018i qo\u2018llanilsa, sistema bu faylni joriy katalogdan izlaydi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>3. Yangi mavzuni mustaxkamlash:<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p><strong>Savol va topshiriqlar<\/strong><\/p>\n\n\n\n<ol class=\"wp-block-list\" style=\"list-style-type:1\">\n<li><em>Fayl deganda nimani tushunasiz?<\/em><\/li>\n\n\n\n<li><em>Faylning nomi haqida to\u2018liq ma\u2019lumot bering.<\/em><\/li>\n\n\n\n<li><em>Fayl kengaytmasining qanday turlarini bilasiz?<\/em><\/li>\n\n\n\n<li><em>Fayl sistemasi haqida gapirib bering.<\/em><\/li>\n\n\n\n<li><em>Katalog nima? Katalog osti-chi?<\/em><\/li>\n\n\n\n<li><em>Bosh katalog va joriy kataloglarning farqi nimada?<\/em><\/li>\n\n\n\n<li><em>\u201cOna\u201d katalog deganda nimani tushunasiz?<\/em><\/li>\n\n\n\n<li><em>Nima uchun turli kataloglarda bir xil nomdagi fayllarni saqlash mumkin, bir katalogda mumkin emas?<\/em><\/li>\n\n\n\n<li><em>Faylga borish yo\u2018li va uning to\u2019liq nomi haqida so\u2018zlab bering.<\/em><\/li>\n\n\n\n<li><em>Windows operatsion sistemasida katalogning grafik ko\u2018rinishi qanday?<\/em><\/li>\n<\/ol>\n\n\n\n<!-- Yandex.RTB R-A-2562262-5 -->\n<div id=\"yandex_rtb_R-A-2562262-5\"><\/div>\n<script>window.yaContextCb.push(()=>{\n\tYa.Context.AdvManager.render({\n\t\t\"blockId\": \"R-A-2562262-5\",\n\t\t\"renderTo\": \"yandex_rtb_R-A-2562262-5\"\n\t})\n})\n<\/script>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Fayl \u2013 biror nomga ega bo\u2018lgan va kompyuterning tashqi xotirasida joylashgan baytlar majmuidir. Fayl sistemasi esa biror axborot saqlovchi vositada ma\u2019lumotlarni joylashtirishni tashkil etish vositasidir. Bundan kelib chiqadiki, fayl sistemasi ma\u2019lumotlarni tashqi xotiraning qaysi joyiga va qanday usulda yozilishini belgilar ekan. Fayl sistemalariga misol qilib FAT32 yoki NTFS ni aytish mumkin.<\/p>","protected":false},"author":1,"featured_media":169,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[26,25,28,27],"class_list":["post-168","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-dars-ishlanma","tag-fat32","tag-fayl","tag-kengaytma","tag-ntfs"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/dars-ishlanma.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/168","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/dars-ishlanma.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/dars-ishlanma.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dars-ishlanma.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dars-ishlanma.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=168"}],"version-history":[{"count":10,"href":"https:\/\/dars-ishlanma.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/168\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1237,"href":"https:\/\/dars-ishlanma.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/168\/revisions\/1237"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dars-ishlanma.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/169"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/dars-ishlanma.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=168"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/dars-ishlanma.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=168"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/dars-ishlanma.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=168"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}