{"id":40470,"date":"2025-05-18T20:09:46","date_gmt":"2025-05-18T15:09:46","guid":{"rendered":"https:\/\/dars-ishlanma.uz\/?p=40470"},"modified":"2026-04-08T15:15:24","modified_gmt":"2026-04-08T10:15:24","slug":"tarmoqni-loyihalash","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/dars-ishlanma.uz\/ru\/tarmoqni-loyihalash\/","title":{"rendered":"\u0421\u0415\u0422\u0415\u0412\u041e\u0419 \u0414\u0418\u0417\u0410\u0419\u041d"},"content":{"rendered":"<p><strong>TARMOQNING MAQSADI VA UNI TASHKIL ETUVCHI JIXOZLAR<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>Bir yoki bir nechta qurilmalar o\u02bbzaro ulanganda tarmoq hosil bo\u02bbladi. Tarmoqlarga misol qilib Bluetooth yordamida \u043e\u02bbz\u0430r\u043e ulangan ikkita mobil telefon, maktab ichida o\u02bbzaro ulangan 100 ta kompyuter, internet orqali va butun dunyo bo\u02bbylab bir-biriga ulanadigan millionlab qurilmalarni keltirish mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Tarmoqning maqsadi<\/strong><strong><\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>Kompyuterlarni o\u02bbzaro ulashning sabablari turlicha bo\u02bblsa ham, tarmoqlarning tag zamirida kommunikatsiya yotadi. Kompyuterlar bir-biri bilan ma\u02bblumot almashadi. Matn, tasvir yoki video &#8211; bularning barchasi ma\u02bblumot bo\u02bblib, ular tarmoq orqali yuborilishi mumkin. Tarmoqlar bir yoki ko\u02bbp maqsadli bo\u02bbladi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Bir maqsadli tarmoq<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>Bu turdagi tarmoqqa noutbuk va printerning o\u02bbzaro ulanishi misol bo\u02bbladi. Noutbuk printerga chop etish uchun ma\u02bblumot jo\u02bbnatadi. O\u02bbz navbatida, printer noutbukka qog\u02bboz tugaganligi haqtda ma\u02bblumot jo\u02bbnatadi.<\/p>\n\n\n<div class=\"wp-block-image\">\n<figure class=\"aligncenter size-full\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" width=\"281\" height=\"78\" src=\"https:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/Picture1.png\" alt=\"\" class=\"wp-image-40471\" srcset=\"https:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/Picture1.png 281w, https:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/Picture1-18x5.png 18w\" sizes=\"auto, (max-width: 281px) 100vw, 281px\" \/><\/figure>\n<\/div>\n\n\n<p><strong>Ko\u02bbp maqsadli tarmoq<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>Kompaniyaning kompyuter tarmog\u02bbi ko\u02bbp maqsadli bo\u02bbladi. U orqali xodimlar markaziy serverda fayl almashadi (fayl serveri), markazlashgan elektron pochtada yozishmalar olib boradi (elektron pochta serveri) yoki internetdan foydalanadi.<\/p>\n\n\n<div class=\"wp-block-image\">\n<figure class=\"aligncenter size-full\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" width=\"572\" height=\"218\" src=\"https:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/Picture2.png\" alt=\"\" class=\"wp-image-40472\" srcset=\"https:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/Picture2.png 572w, https:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/Picture2-300x114.png 300w, https:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/Picture2-18x7.png 18w\" sizes=\"auto, (max-width: 572px) 100vw, 572px\" \/><\/figure>\n<\/div>\n\n\n<p><strong>Tarmoq turlari<\/strong><\/p>\n\n\n\n<ul class=\"wp-block-list\">\n<li>Shaxsiy hududiy tarmoq (PAN)<\/li>\n\n\n\n<li>Lokal hududiy tarmoq (LAN)<\/li>\n\n\n\n<li>Global hududiy tarmoq (WAN)<\/li>\n<\/ul>\n\n\n\n<p><strong>Shaxsiy hududiy tarmoq (Personal Area Network) \u2013<\/strong> odatda kam sonli qurilmalar orasidagi kichik tarmoq. PANdan Bluetooth orqali ikkita mobil telefon o\u02bbrtasida aloqa o\u02bbrnatish yoki noutbuk, printer va skanerni o\u02bbzaro ulash kabi maqsadlarda foydalaniladi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Lokal hududiy tarmoq (Local Area Network) \u2013<\/strong> kichik geografik hudud doirasida o\u02bbzaro ulangan kompyuterlar to\u02bbplami. Tarmoqda foydalaniladigan qo\u02bbshimcha qurilmalar muayyan shaxs yoki kompaniyaga tegishli bo\u02bbladi. Masalan, foydalanuvchi kompyuterga ulanshi uchun o\u02bbz kabelidan foydalanadi. LAN tarmoqqa uy ichida yoki bitta binoda o\u02bbzaro ulangan qurilmalar kiradi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Global hududiy tarmoq (Wide Area Network) \u2013<\/strong> butun mamlakat yoki dunyo miqyosida, katta geografik hudud doirasida o\u02bbzaro ulangan kompyuterlar to\u02bbplami. WAN tarmog\u02bbida foydalaniladigan qo\u02bbshimcha qurilmalar muayyan shaxs yoki kompaniyaga tegishli bo\u02bblmaydi. Foydalanuvchilar telefon liniyalari va optik totali kabellar &#8211; <strong>internet<\/strong> yordamida ma\u02bblumot almashadi. Bir necha filiallarga ega milliy yoki xalqaro bank WAN tarmog\u02bbiga misol bo\u02bbladi. Tarmoqqa ulanish uchun odatda <strong>foydalanuvchi nomi<\/strong> va <strong>parol <\/strong>talab qilinadi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Internet<\/strong> \u2013 axborot saqlash va almashishga xizmat qiladigan kompyuter tarmoqlarining birlashgan tizimi. Ingtiz tilida ba\u02bbzida <strong>World Wide Web<\/strong> (Butunjohon Internet larmog\u02bbi \u2013to\u02bbg\u02bbridan-to\u02bbg\u02bbri tarjima) sinonimi ham qo\u02bbllanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Veb saytlarning manzili boshiga qo\u02bbyiladigan <strong><em>www<\/em><\/strong> qisqartmasi aynan shu nomdan kelib chiqqan, biroq zamonaviy brauzerlarda bu qisqartmani yozish shart emas.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Tarmoqni tashkil etuvchi jixozlar<\/strong><strong><\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>Tarmoq turli texnik qurilmalardan tashkil topadi. Ular tarmoq tashkil etuvchilari hisoblanadi. Har bir qurilma tarmoq ichida o\u02bbz vazifasiga ega. Har bir tarmoq o\u02bbziga xos qurilmadan foydalanadi. Tarmoqqa ulangan barcha kompyuterlar va ularni o\u02bbzaro ulovchi qurilmalarning barchasi (masalan, switch, hub) tarmoq nuqtasi yoki <strong>nod<\/strong> deb ataladi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Kabel<\/strong> ikkita qurilmani jismonan ulaydi. Uning ikki turi mavjud: mis simli kabel va optik tolali kabel.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Mis simli kabel<\/strong> ma\u02bblumotlarni elektr signallari yordamida uzatib, asosan quyidagi turlarga bo\u02bblinadi:<\/p>\n\n\n\n<ul class=\"wp-block-list\">\n<li><strong>Himoyalanmagan o\u02bbzaro o\u02bbrilgan juft sim (UTP).<\/strong> Bir-biriga o\u02bbrilgan misli kabel.<\/li>\n\n\n\n<li><strong>Himoyalangan o\u02bbzaro o\u02bbrilgan juft sim (STP).<\/strong> Interferensiya (tashqi elektr shovqin) himoyalovchi mato bilan qoplanib, bir-biriga o\u02bbrilgan mis kabel.<\/li>\n<\/ul>\n\n\n<div class=\"wp-block-image\">\n<figure class=\"aligncenter size-full\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" width=\"615\" height=\"340\" src=\"https:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/Picture3.png\" alt=\"\" class=\"wp-image-40473\" srcset=\"https:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/Picture3.png 615w, https:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/Picture3-300x166.png 300w, https:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/Picture3-18x10.png 18w\" sizes=\"auto, (max-width: 615px) 100vw, 615px\" \/><\/figure>\n<\/div>\n\n\n<p>Tarmoq yaratishda foydalaniladigan kabel <strong>Ethernet<\/strong> kabeli deb ataladi. Bu kabelni turli uzunliklarda va ranglarda topish mumkin. Ethernet kabeli ulanadigan port <strong>jek <\/strong>deyiladi.<\/p>\n\n\n<div class=\"wp-block-image\">\n<figure class=\"aligncenter size-full\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" width=\"610\" height=\"457\" src=\"https:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/Picture4.jpg\" alt=\"\" class=\"wp-image-40474\" srcset=\"https:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/Picture4.jpg 610w, https:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/Picture4-300x225.jpg 300w, https:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/Picture4-16x12.jpg 16w\" sizes=\"auto, (max-width: 610px) 100vw, 610px\" \/><\/figure>\n<\/div>\n\n\n<p><strong>Optik tolali kabel \u2013 <\/strong>Ma\u02bblumotlarni yorug\u02bblik yordamida uzatadi va mis kabelga nisbatan tezroq ishlaydl. Chunki uning <strong>o\u02bbtkazuvchanlik qobiliyati<\/strong> juda yuqori. Shunga yarasha, optik tolali kabelning narxi mis kabelga qaraganda qimmat turadi.<\/p>\n\n\n<div class=\"wp-block-image\">\n<figure class=\"aligncenter size-full\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" width=\"418\" height=\"125\" src=\"https:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/Picture5.png\" alt=\"\" class=\"wp-image-40475\" srcset=\"https:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/Picture5.png 418w, https:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/Picture5-300x90.png 300w, https:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/Picture5-18x5.png 18w\" sizes=\"auto, (max-width: 418px) 100vw, 418px\" \/><\/figure>\n<\/div>\n\n\n<p><strong>Hub<\/strong> \u2013 Tarmoqdagi kompyuterlarning har birini hubga ulash mumkin. Hubda bir necha port bo\u02bbladi. Bir portga kelgan signal barcha portlarga bir xil tarqaladi. Agar <strong>A<\/strong> kompyuter <strong>\u0412<\/strong> kompyuterga xabar yuborsa, hub bu xabarni hamma kompyuterlarga tarqatadi, biroq faqat <strong>\u0412<\/strong> kompyuter bu xabarni o\u02bbqiy oladi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Switch<\/strong> ham hubga o\u02bbxshab bir necha kompyuterlarni bir-biriga ulaydi. Farqli jihati, switchning bir portiga kelgan signal barcha portlarga bir xil tarqalmaydi, balki tegishli portga uzatiladi. Bu jarayon quyidagicha yuz beradi: agar <strong>A<\/strong> kompyuter xabar yuborsa, switch uning manzilini xotirasiga saqlab oladi. Kelasi safar <strong>\u0412<\/strong> kompyuter <strong>A<\/strong> kompyuterga xabar yuborsa, switch xotirasidagi ma\u02bblumotdan foydalanib xabarni to\u02bbg\u02bbri manzilga yuboradi. Bu xabarlar almashuvini tezlashtiradi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Router <\/strong>(ba\u02bbzida marshrutizator deb yuritiladi) nafaqat kompyuterlarni, balki kompyuter tarmoqlarini ham bir-biriga ulovchi qurilma. Agar <strong>A<\/strong> tarmoqdagi kompyuter <strong>\u0412<\/strong> tarmoqdagi kompyuterga xabar yuborsa, router bu ikki kompyuter ulangan tarmoqni bog\u02bblashi kerak. Bu vaziyatda router <strong>A<\/strong> tarmoqning xabarini qabul qiladi va <strong>\u0412<\/strong> tarmoqdagi tegishli kompyuterga yuboradi. Uyga o\u02bbrnatiladigan routerlarning ichida modem ham mavjud.<\/p>\n\n\n<div class=\"wp-block-image\">\n<figure class=\"aligncenter size-full\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" width=\"532\" height=\"221\" src=\"https:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/Picture6.png\" alt=\"\" class=\"wp-image-40476\" srcset=\"https:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/Picture6.png 532w, https:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/Picture6-300x125.png 300w, https:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/Picture6-18x7.png 18w\" sizes=\"auto, (max-width: 532px) 100vw, 532px\" \/><\/figure>\n<\/div>\n\n\n<p><strong>Modem <\/strong>(inglizcha \u201cmodulator-demodulator\u201d so\u02bbzining qisqartmasi) \u2013 qurilmalarni simli telefon kabeli yordamida internetga ulaydi. U telefon simi orqali uzatilayotgan analog signallarni raqamli signalga (yoki aksincha) o\u02bbgirib beradi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Tarmoq interfeys kartasi (NIC) \u2013 <\/strong>Ethernet kabeli qurilmaga ulanishi uchun Tarmoq interfeysi kartasi (NIC &#8211; Network Interface Card). <strong>NIC<\/strong> aksariyat kompyuterlarning ichiga o\u02bbrnatlladi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Simsiz ulanish nuqtasi (WAP) \u2013 <\/strong>Simsiz ulanish turida qurilmalar ma\u02bblumot almashish uchun radioto\u02bblqindan foydalanadi. <strong>Simsiz ulanish nuqtasi<\/strong> (WAP \u2013 Wireless Access Point) ma\u02bblumotlarni simsiz uzatish imkoniyatini yaratadi. Hozirda WAPlar boshqa qurilmalarning tarkibiy qismi sifatida ham ishlab chiqariladi. Masalan, switch yoki routerlarning ichidagi WAP ularning boshqa qurilmalarga simsiz ulanishini ta\u02bbminlaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Kompyuterlar ham ma\u02bblumoilarni simsiz almasha oladi <strong>Simsiz tarmoq interfeys kartasi (WNIC \u2013 Wireless Network Interface Card)<\/strong> ma\u02bblumotlarni radioto\u02bblqinlar yordamida yuborishni va qabul qilisbni ta\u02bbminlaydi. WNIC ham odatda qurilmalar ichiga o\u02bbrnatiladi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Server \u2013 <\/strong>tarmoq uchun juda ko\u02bbp vazifalarni bajaruvchi markaziy kompyuter. Masalan, ma\u02bblumotlar oqimini (trafik) boshqarish, foydalanuvchi nomlari, parollar va kirish huquqlari orqali tarmoqqa ulanishni nazorai qilish va h.k.<\/p>\n\n\n\n<p>Serverning funksiyalari turlicha:<\/p>\n\n\n\n<ul class=\"wp-block-list\">\n<li><strong>Fayl serveri: <\/strong>ma\u02bblumotlarni saqlaydi va tarmoqdagi boshqa qurilmalarga uzatadi.<\/li>\n\n\n\n<li><strong>Printer serveri: <\/strong>bir yoki bir nechta printerni boshqaradi. Tarrnoqdagi istalgan kompyuterning printerdan foydalanishini ta\u02bbminlaydi.<\/li>\n\n\n\n<li><strong>Elektron pochta serveri: <\/strong>elektron xabarlarni qabul qilish, jo\u02bbnatish, foydalanuvchi haqida malumotlarni saqlash kabi amallarni bajaradi. Elektron pochta serveri elektron pochta akkauntlarini boshqaradi va barcha elektron pochta xabarlarini saqlaydi.<\/li>\n<\/ul>\n\n\n<div class=\"wp-block-image\">\n<figure class=\"aligncenter size-large\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" width=\"1024\" height=\"369\" src=\"https:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/Picture7-1024x369.jpg\" alt=\"\" class=\"wp-image-40477\" srcset=\"https:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/Picture7-1024x369.jpg 1024w, https:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/Picture7-300x108.jpg 300w, https:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/Picture7-768x277.jpg 768w, https:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/Picture7-18x6.jpg 18w, https:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/Picture7.jpg 1314w\" sizes=\"auto, (max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/figure>\n<\/div>\n\n\n<p><strong>\u0421\u0415\u0422\u0415\u0412\u041e\u0419 \u0414\u0418\u0417\u0410\u0419\u041d<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>Turli tarmoq komponentlari vazifasini tushunib olgach, yangi tarmoq yaratishda <strong>ularning <\/strong>qaysi biridan foydalanish belgilanadi. Buni amalga oshirish uchun avvalo quyidagi savollarga javob berishimiz kerak:<\/p>\n\n\n\n<p><strong>1. Tarmoq uchun server kerakmi?<\/strong><\/p>\n\n\n\n<ul class=\"wp-block-list\">\n<li>Server har doim ham shart emas.<\/li>\n\n\n\n<li>Katta tashkilotlar fayllar, elektron pochta xabarlari va boshqa ma\u02bblumotlarni saqlash, har bir kompyuterga alohida printer sotib olmaslik uchun serverdan foydalanadi.<\/li>\n\n\n\n<li>Uydagi kichik tarmoq uchun server shart emas. Har bir kompyuter o\u02bbz ma\u02bblumotlarini o\u02bbz xotirasida saqlaydi va elektron pochtaga internet orqali ulanishi mumkin.<\/li>\n\n\n\n<li>Serverlar qimmat turadi va ularga xizmat ko\u02bbrsatish uchun texnik ko\u02bbnikmalar talab etiladi.<\/li>\n<\/ul>\n\n\n\n<p><strong>2. Simli, simsiz yoki aralash usulda ulanish?<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>Kabellar yordarmda ulanish simsiz ulanishga nisbatan yuqori o\u02bbtkazuvchanlikni ta\u02bbminlaydi. Bu esa qo\u02bbshimcha tezlik beradi. Ma\u02bblumotlar almashinuvining tezhgi, shuningdek, kompyuterlar soniga ham bog\u02bbliq.<\/p>\n\n\n\n<ul class=\"wp-block-list\">\n<li>Tarmoqqa yuzlab kompyuterlar ulansa, yuqori o\u02bbtkazuvchanlik zarur bo\u02bbladi. Katta hajmli fayllarni, masalan, videofayllarni tezroq uzatish va yuklab olish ham yuqori o\u02bbtkazuvchanlikni talab qiladi.<\/li>\n\n\n\n<li>Tarmoqda uchta yoki to\u02bbrtta kompyuter bo\u02bblsa va kichik fayllar almashilsa, simsiz ulanish yetarli.<\/li>\n\n\n\n<li>Simsiz ulanish orqali tarmoqda mobil kompyuterlar, masalan, noutbuk yoki planshetdan osongina foydalanish mumkin.<\/li>\n<\/ul>\n\n\n\n<ul class=\"wp-block-list\">\n<li>Simsiz ulanishning xavfsizlik tizimi simli ulanishga qaraganda zaifroq bo\u02bbladi. Simsiz ulanish orqali uzatilayotgan ma\u02bblumotlarni buzib kinsh imkoniyati katta.<\/li>\n\n\n\n<li>Qalin devorlar yoki boshqa elektr jihozlari simsiz ulanishga to\u02bbsqinhk qiladi. Shuning uchun ba\u02bbzi komponentlarni simli, ba\u02bbzilarini simsiz ulash maqsadga muvofiq.<\/li>\n<\/ul>\n\n\n\n<p><strong>3. Tarmoq internet va boshqa tarmoqlarga ulanishi kerakmi?<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>Internetga ulanish uchun (telefon liniyalaridan foydalangan holda) modem yoki ichki modemga ega router kerak. Bir tarmoqni boshqa tarmoqqa, masalan, boshqa binodagi LANga ulash uchun ham router zarur.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>4. <\/strong><strong>Tarmoqda kompyuterlar nimaga ulanadi?<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>Hub, switch va routerlarning barchasi kompyuterlarni bir-biriga ulaydi. Ular orasidan munosibi ehtiyojlardan kelib chiqqan holda tanlanadi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Hub<\/strong> \u00ad\u2013 narxi arzon, ammo samaradorligi yuqori emas. Undan oz sonli kompyuterlarni ulashda foydalangan ma\u02bbqul.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Switch<\/strong> \u2013 hubdan ko\u02bbra samaraliroq, ammo narxi ham qimmat. Undan ko\u02bbp sonli kompyuterlarni, masalan, bitta qurilmaga 20 ta kompyuterni ulashda foydalangan ma\u02bbqul. Router eng samarali qurilma, lekin uni sozlash uchun qo\u02bbshimcha texnik bilimlar kerak. Undan juda ko\u02bbp kompyuterlarni ulashda foydalangan ma\u02bbqul.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>TARMOQ DIAGRAMMALARI<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>Tarmoq diagrammasida tarmoqni yaratish uchun zarur barcha jixozlar, jumladan, kompyuterlarni ulovchi kabellar va qurilmalar ko\u02bbrsatiladi. Quyida ikki xil tarmoq tasvirlangan. Shuningdek, yaratilayotgan tarmoq qurilmalari va jixozlarini belgilash uchun savol-javob namunalari keltirilgan.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>1-tarmoq: <\/strong>uy uchun kichik tarmoq. Oilada bitta stol kompyuteri, ikkita noutbuk, bitta planshet va ikkita mobil telefon bor.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>1-qadam: <\/strong>savollar ko\u02bbrib chiqiladi.<\/p>\n\n\n\n<ol class=\"wp-block-list\">\n<li><strong>Tarmoqqa server kerakmi?<\/strong><\/li>\n<\/ol>\n\n\n\n<p>Yo\u02bbq, bu kichik tarmoq. Har bir kompyuter o\u02bbzi ma\u02bblumotlarini saqlaydi.<\/p>\n\n\n\n<ul class=\"wp-block-list\">\n<li><strong>Simli, simsiz yoki aralash usulda ulanish.<\/strong><\/li>\n<\/ul>\n\n\n\n<p>Noutbuklar, planshetlar va mobil telefonlarning barchasi mobil qurilmalar, shuning uchun ular simsiz ulanishi kerak. Stol kompyuteri simli yoki simsiz ulanishi mumkin.<\/p>\n\n\n\n<ul class=\"wp-block-list\">\n<li><strong>Tarmoq internet va boshqa tarmoqlarga ulanishi kerakmi?<\/strong><\/li>\n<\/ul>\n\n\n\n<p>Qurilmalarning barchasi internetga ulanadi. Shuning uchun modem kerak.<\/p>\n\n\n\n<ul class=\"wp-block-list\">\n<li><strong>Tarmoqda kompyuterlar nimaga ulanadi?<\/strong><\/li>\n<\/ul>\n\n\n\n<p>Kompyuterlar soni kam. Shuning uchun <strong>hub<\/strong>dan foydalangan ma\u02bbqul.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>2-qadam: <\/strong>oilaviy qurilmalar va belgilangan komponentlarning rasmi chiziladi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>3-qadam: <\/strong>chiziqlar yordamida qurilmalarning ulanishi belgilanadi: yaxlit chiziqlar kabellarni, uzilgan chiziqlar esa simsiz ulanishni ifodalaydi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>4-qadam: <\/strong>har bir komponent va qurilmaning nomi hamda ulanish usuli yozib chiqiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yuqorida keltirilgan ma\u02bblumotlarga asoslanib tarmoq diagrammasini qurishni boshlaymiz. Asosan 2, 3, 4 &#8211; qadamlarni bajarishda <strong>Microsoft Visio<\/strong> dasturidan foydalanish maqsadga mos keladi. Shu o\u02bbrinda Microsoft Visiodasturi haqida qisqacha ma\u02bblumot berib o\u02bbtmoqchiman.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Microsoft Visio<\/strong> \u2013 bu diagrammalar va chizmalarni yaratish uchun mo\u02bbljallangan dastur bo\u02bblib, asosan biznes jarayonlarini tasvirlash, axborot tizimlarini loyihalash, tarmoq sxemalarini yaratish va boshqalar uchun ishlatiladi. Visio, Microsoft Office paketining bir qismi bo\u02bblib, ko\u02bbplab foydalanuvchilar uchun qulay interfeys va kengaytirilgan vositalar taqdim etadi. Dastur odatda murakkab ma\u02bblumotlar va tizimlarni vizual tarzda tasvirlashga yordam beradi, bu esa ish jarayonlarini tushunishni osonlashtiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Microsoft Visio dasturida ishlaganda dastlab kerakli shablon tanlab olinadi Create tugmasi bosiladi.<\/p>\n\n\n<div class=\"wp-block-image\">\n<figure class=\"aligncenter size-full\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" width=\"718\" height=\"388\" src=\"https:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/Picture8.png\" alt=\"\" class=\"wp-image-40478\" srcset=\"https:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/Picture8.png 718w, https:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/Picture8-300x162.png 300w, https:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/Picture8-18x10.png 18w\" sizes=\"auto, (max-width: 718px) 100vw, 718px\" \/><\/figure>\n<\/div>\n\n\n<p>Isni dasturni chap tomonida joylashgan paneldan kerakli jixozlarni tanlab, ish maydoniga tortib, kerakli joyga joylashtirishdan boshlaymiz.<\/p>\n\n\n<div class=\"wp-block-image\">\n<figure class=\"aligncenter size-full\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" width=\"718\" height=\"389\" src=\"https:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/Picture9.png\" alt=\"\" class=\"wp-image-40479\" srcset=\"https:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/Picture9.png 718w, https:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/Picture9-300x163.png 300w, https:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/Picture9-18x10.png 18w\" sizes=\"auto, (max-width: 718px) 100vw, 718px\" \/><\/figure>\n<\/div>\n\n\n<p>&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; Jixozlar joylashtirilgach ularni kerkali tarmoq qurilmalari bilan bog\u02bblab chiqamiz. Buning uchun <strong>Connector<\/strong> uskunasi ishlatiladi. Connector jixozlar orasida chiziq hosil qiladi. Simli va simsiz aloqa shaklini belgilash uchun <strong>Line<\/strong> uskunasidan foydalanamiz. Line uskunasi chiziq turi rangi va qalinligini tanlashda yordam beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sxema tayyor bo\u02bblgach tarmoqdagi jixozlar nomini yozib chiqishimiz kerak. Buning uchun kerakli jixoz ustida sichqoncha o\u02bbng tugmasi bosilsa qalqib chiquvchi menyu ochiladi. Menyu bo\u02bblimlaridan <strong>Edit Text<\/strong> buyrug\u02bbi tanlanadi va jixoz nomi yoziladi. Hammasi tayyor bo\u02bblgach natijani rasm ko\u02bbrinishida saqlab olamiz va loyiha ishimizga joylashtiramiz.<\/p>\n\n\n<div class=\"wp-block-image\">\n<figure class=\"aligncenter size-full\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" width=\"718\" height=\"405\" src=\"https:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/Picture10.png\" alt=\"\" class=\"wp-image-40480\" srcset=\"https:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/Picture10.png 718w, https:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/Picture10-300x169.png 300w, https:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/Picture10-18x10.png 18w\" sizes=\"auto, (max-width: 718px) 100vw, 718px\" \/><\/figure>\n<\/div>\n\n<div class=\"wp-block-image\">\n<figure class=\"aligncenter size-full\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" width=\"718\" height=\"420\" src=\"https:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/Picture11.jpg\" alt=\"\" class=\"wp-image-40481\" srcset=\"https:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/Picture11.jpg 718w, https:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/Picture11-300x175.jpg 300w, https:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/Picture11-18x12.jpg 18w\" sizes=\"auto, (max-width: 718px) 100vw, 718px\" \/><\/figure>\n<\/div>\n\n\n<p><strong>2-tarmoq: do\u02bbkon uchun tarmoq.<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>Do\u02bbkon o\u02bbz ma\u02bblumotlarini markaziy kompyuterda saqlashi kerak. Do\u02bbkondagi beshta kassaning har biri uchun alohida kompyuter o\u02bbrnatilgan. Do\u02bbkonning orqa tarafida ofis joylashgan. U yerda uchta stol kompyuteri va ikkita planshet bor. Stol kompyuterlari internetga kirishi kerak. Serverda barcha kompyuterlar uchun bitta printer mavjud. Menejer mobil telefondan foydalanadi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>1. Tarmoqqa server kerakmi?<\/strong> <em>Ha. Ma\u02bblumotlar markazlashtirilgan holda saqlanishi kerak.<\/em><\/p>\n\n\n\n<p><strong>2. Simli, simsiz yoki aralash usulda ulanish.<\/strong> <em>Kassalarda ma\u02bblumotlar xavfsizligini ta\u02bbminlash uchun (masalan, plastik karta raqamlari) ishonchli ulanish tarmog\u02bbi kerak. Shuning uchun simli ulanishni tanlash ma\u02bbqul tanlov. Stol kompyuterlari simli yoki simsiz ulanishi mumkin. Planshetlar va mobil telefon simsiz ulanadi.<\/em><\/p>\n\n\n\n<p><strong>3. Tarmoq internet va boshqa tarmoqlarga ulanishi kerakmi?<\/strong> <em>Qurilmalar internetga ulanadi. Shuning uchun modem kerak.<\/em><\/p>\n\n\n\n<p><strong>4. Tarmoqda kompyuterlar nimaga ulanadi?<\/strong> <em>Do\u02bbkonda kompyuterlar soni kam, ammo markaziy server mavjud. Shuning uchun tarmoqni boshqaradigan mutaxassis kerak. Tarmoq yanada samarali ishlashi uchun switch yoki routerdan foydalangan ma\u02bbqul.<\/em><\/p>\n\n\n\n<p>Ushbu tarmoq ikkita alohida hududga ega. Hududlarning har biri uchun alohida tarmoq yaratib, alohida ulab, so\u02bbng ularni birlashtirish mumkin.<\/p>\n\n\n<div class=\"wp-block-image\">\n<figure class=\"aligncenter size-full\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" width=\"718\" height=\"519\" src=\"https:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/Picture12.png\" alt=\"\" class=\"wp-image-40482\" srcset=\"https:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/Picture12.png 718w, https:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/Picture12-300x217.png 300w, https:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/Picture12-18x12.png 18w\" sizes=\"auto, (max-width: 718px) 100vw, 718px\" \/><\/figure>\n<\/div>\n\n\n<p><strong>AMALIY MASH\u02bbULOT<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p><strong>1-topshiriq<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>Universitetning uchta talabasi bir uyda ijarada yashaydi. Ularning barchasi internetga kirishi kerak. Talabalardan birining stol kompyuteri yuqori o\u02bbtkazuvchanlikka ega ulanishni talab qiladi. Qolgan ikki talabada noutbuk bor. Har bir talaba mobil telefondan foydalanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Talabalarga mos tarmoq qurilmalari va komponentlarini belgilash uchun quyidagi savollarga javob bering:<\/p>\n\n\n\n<ol class=\"wp-block-list\">\n<li><strong>Ularga server kerakmi?<\/strong><\/li>\n<\/ol>\n\n\n\n<p>Javob: Yo\u02bbq kerak emas.<\/p>\n\n\n\n<ul class=\"wp-block-list\">\n<li><strong>Simli, simsiz yoki aralash usulda ulanish.<\/strong><\/li>\n<\/ul>\n\n\n\n<p>Javob: Aralash usul.<\/p>\n\n\n\n<ul class=\"wp-block-list\">\n<li><strong>Tarmoq internet va boshqa tarmoqlarga ulanishi kerakmi?<\/strong><\/li>\n<\/ul>\n\n\n\n<p>Javob: Internetga kirishi kerak.<\/p>\n\n\n\n<ul class=\"wp-block-list\">\n<li><strong>Tarmoqda kompyuterlar nimaga ulanadi?<\/strong><\/li>\n<\/ul>\n\n\n\n<p>Javob: Uyda bo\u02bblgani uchun va kompyuterlar kam sonli bo\u02bblgani uchun routerni o\u02bbzi yetarli<\/p>\n\n\n\n<p>Yuqoridagi shartlar asosida uy uchun tarmoq diagrammasini ishlab chiqing. Barcha qurilma va komponentlarning nomi hamda ulanish usulini yozing.<\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-table\"><table class=\"has-fixed-layout\"><tbody><tr><td><strong>T\/R<\/strong><\/td><td><strong>Jixoz nomi<\/strong><\/td><td><strong>Soni<\/strong><\/td><td><strong>Tarmoqqa ulanish usuli<\/strong><\/td><\/tr><tr><td>1<\/td><td>Modem router<\/td><td>1<\/td><td>Optik tolali kabelga<\/td><\/tr><tr><td>2<\/td><td>Stol kompyuteri<\/td><td>1<\/td><td>yuqori o\u02bbtkazuvchanlikka ega ulanishni (simli)<\/td><\/tr><tr><td>3<\/td><td>Noutbuk<\/td><td>2<\/td><td>Simsiz ulanish<\/td><\/tr><tr><td>4<\/td><td>Mobil telefon<\/td><td>3<\/td><td>Simsiz ulanish<\/td><\/tr><\/tbody><\/table><\/figure>\n\n\n<div class=\"wp-block-image\">\n<figure class=\"aligncenter size-full\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" width=\"600\" height=\"435\" src=\"https:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/Picture13.png\" alt=\"\" class=\"wp-image-40483\" srcset=\"https:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/Picture13.png 600w, https:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/Picture13-300x218.png 300w, https:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/Picture13-18x12.png 18w\" sizes=\"auto, (max-width: 600px) 100vw, 600px\" \/><\/figure>\n<\/div>\n\n\n<p><strong>2-topshiriq<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>Korxonada o\u02bbn nafar xodim ishlaydi. Uch nafar rahbarning har biri ofisning stol kompyuteri va planshetidan foydalanadi. Yetti nafar xodimning har birida noutbuk bor. Korxona tarmoqda boshqariladigan elektron pochta tizimiga ega va barcha xodimlar markazlashgan holda saqlanuvchi fayllardan erkin foydalanishi kerak. Korxona xodimlari internetga ulanishi kerak. Korxonaga mos tarmoq qurilmalari va komponentlarini belgilash uchun quyidagi savollarga javob bering:<\/p>\n\n\n\n<ol class=\"wp-block-list\">\n<li><strong>Ularga server kerakmi?<\/strong><\/li>\n<\/ol>\n\n\n\n<p>Ha kerak.<\/p>\n\n\n\n<ul class=\"wp-block-list\">\n<li><strong>Simli, simsiz yoki aralash usulda ulanish.<\/strong><\/li>\n<\/ul>\n\n\n\n<p>Aralash usulda ulanish.<\/p>\n\n\n\n<ul class=\"wp-block-list\">\n<li><strong>Tarmoq internet va boshqa tarmoqlarga ulanishi kerakmi?<\/strong><\/li>\n<\/ul>\n\n\n\n<p>Ha ulanishi kerak.<\/p>\n\n\n\n<ul class=\"wp-block-list\">\n<li><strong>Tarmoqda kompyuterlar nimaga ulanadi?<\/strong><\/li>\n<\/ul>\n\n\n\n<p>Hab yoki routerga<\/p>\n\n\n\n<p>Korxona uchun tarmoq diagrammasini ishlab chiqing. Barcha qurilma va komponentlarning nomi hamda ulanish usulini yozing.<\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-table\"><table class=\"has-fixed-layout\"><tbody><tr><td><strong>T\/R<\/strong><\/td><td><strong>Jixoz nomi<\/strong><\/td><td><strong>Soni<\/strong><\/td><td><strong>Tarmoqqa ulanish usuli<\/strong><\/td><\/tr><tr><td>1<\/td><td>Modem<\/td><td>1<\/td><td>Optik tolali kabelga<\/td><\/tr><tr><td>2<\/td><td>Server<\/td><td>1<\/td><td>Simli ulanish<\/td><\/tr><tr><td>3<\/td><td>Simsiz ulanish nuqtasi<\/td><td>1<\/td><td>Simli ulanish<\/td><\/tr><tr><td>4<\/td><td>Stol kompyuteri<\/td><td>3<\/td><td>yuqori o\u02bbtkazuvchanlikka ega ulanishni (simli)<\/td><\/tr><tr><td>5<\/td><td>Planshet<\/td><td>3<\/td><td>Simsiz ulanish<\/td><\/tr><tr><td>6<\/td><td>Nourbuk<\/td><td>7<\/td><td>Simsiz ulanish<\/td><\/tr><\/tbody><\/table><\/figure>\n\n\n<div class=\"wp-block-image\">\n<figure class=\"aligncenter size-full\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" width=\"718\" height=\"418\" src=\"https:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/Picture14.png\" alt=\"\" class=\"wp-image-40484\" srcset=\"https:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/Picture14.png 718w, https:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/Picture14-300x175.png 300w, https:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/Picture14-18x10.png 18w\" sizes=\"auto, (max-width: 718px) 100vw, 718px\" \/><\/figure>\n<\/div>\n\n\n<p><strong>3-topshiriq<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>Doniyor yaqinda oilasi bilan yangi uyga ko\u02bbchib o\u02bbtdi. U uydan masofaviy ishlaydi, shuning uchun internetga kirishi kerak. Unining uyida ikkita stol kompyuteri bor. Doniyorning oila a\u02bbzolari ikkita noutbuk, ikkita planshet va to\u02bbrtta mobil telefondan foydalanadi. Bularning barchasi tarmoqqa ulanishi hamda uy hududida internetdan foydalanishi kerak.<\/p>\n\n\n\n<p>Ushbu tarmoq uchun quyidagi savollarga javob bering:<\/p>\n\n\n\n<ol class=\"wp-block-list\">\n<li><strong>Tarmoqqa server kerakmi?<\/strong><\/li>\n<\/ol>\n\n\n\n<p>Javob: Yo\u02bbq kerak emas;<\/p>\n\n\n\n<ul class=\"wp-block-list\">\n<li><strong>Simli, simsizyoki aralash usulda ulanish.<\/strong><\/li>\n<\/ul>\n\n\n\n<p>Javob: Simsiz;<\/p>\n\n\n\n<ul class=\"wp-block-list\">\n<li><strong>Tarmoq internet va boshqa tarmoqlarga ulanishi kerakmi?<\/strong><\/li>\n<\/ul>\n\n\n\n<p>Javob; Ha ulanish kerak;<\/p>\n\n\n\n<ul class=\"wp-block-list\">\n<li><strong>Tarmoqda kompyuterlar nimaga ulanadi?<\/strong><\/li>\n<\/ul>\n\n\n\n<p>Javob: Modemga, simsiz ulanish nuqtasiga.<\/p>\n\n\n\n<p>Doniyorga tarmoq diagrammasidagi har bir komponentning vazifasini tushuntirish uchun jadval tuzing.<\/p>\n\n\n\n<p>Jadvaldagi ma\u02bblumotlar yordamida Doniyorning uyi uchun tarmoq diagrammasini tuzing. Tarmoq diagrammasidagi komponentlarning nomi va ulanish usulini yozing.<\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-table\"><table class=\"has-fixed-layout\"><tbody><tr><td><strong>T\/R<\/strong><\/td><td><strong>Jixoz nomi<\/strong><\/td><td><strong>Soni<\/strong><\/td><td><strong>Tarmoqqa ulanish usuli<\/strong><\/td><\/tr><tr><td>1<\/td><td>Modem<\/td><td>1<\/td><td>Optik tolali kabelga<\/td><\/tr><tr><td>2<\/td><td>Simsiz ulanish nuqtasi<\/td><td>1<\/td><td>Simli ulanish<\/td><\/tr><tr><td>3<\/td><td>Mobil telefon<\/td><td>4<\/td><td>Simli ulanish<\/td><\/tr><tr><td>4<\/td><td>Stol kompyuteri<\/td><td>2<\/td><td>yuqori o\u02bbtkazuvchanlikka ega ulanishni (simli)<\/td><\/tr><tr><td>5<\/td><td>Planshet<\/td><td>2<\/td><td>Simsiz ulanish<\/td><\/tr><tr><td>6<\/td><td>Nourbuk<\/td><td>2<\/td><td>Simsiz ulanish<\/td><\/tr><\/tbody><\/table><\/figure>\n\n\n<div class=\"wp-block-image\">\n<figure class=\"aligncenter size-full\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" width=\"718\" height=\"398\" src=\"https:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/Picture15.png\" alt=\"\" class=\"wp-image-40485\" srcset=\"https:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/Picture15.png 718w, https:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/Picture15-300x166.png 300w, https:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/Picture15-18x10.png 18w\" sizes=\"auto, (max-width: 718px) 100vw, 718px\" \/><\/figure>\n<\/div>\n\n\n<p>Yuqoridagi chizmada bazi jixozlar ulanish nuqtasiga chiziq bilan bog\u02bblanmagan, demak u simsiz ulanuvchi qurilmalar turiga kiradi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>XULOSA<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>MS Visio dasturida tarmoq diagrammalarini yaratish \u2014 tarmoqni loyihalash, boshqarish va optimallashtirish uchun samarali vositadir. Bu diagrammalar tarmoq arxitekturasini aniq aks ettirishi, muammolarni tezda aniqlash va tarmoqni samarali boshqarishga yordam beradi. MS Visio intuitiv interfeysi va kengaytirilgan imkoniyatlari bilan tarmoq mutaxassislarining eng sevimli vositalaridan biriga aylangan. Tarmoq diagrammalarini yaratishda Visio dasturining imkoniyatlaridan to\u02bbliq foydalanish tarmoqning optimalligi va samaradorligini ta\u2019minlashga yordam beradi.<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu metodik tavsiya umumiy o\u02bbrta ta\u02bblim va ixtisoslashtirilgan maktablarda 8-sinfda amaliy dars mashg\u02bbulotida foydalanish uchun mo\u02bbljallangan. Metodik tavsiyadan informatika va axborot texnologiyalari fanida \u201cKompyuter tarmoqlaridan maqsadli foydalanish\u201dga oid bobni o\u02bbqitishda amaliy yechim sifadida foydalanish mumkin. Metodik tavsiya Davlat ta\u02bblim standartlariga mos keladi, ilmiy jihatdan to\u02bbg\u02bbri, o\u02bbquvchi yoshi va imkoniyatlarini hisobga olingan holda yozilgan.<\/p>","protected":false},"author":1,"featured_media":40477,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[37],"tags":[340,346,341,339,135,342,348,345,347,344,343],"class_list":["post-40470","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-maqola","tag-bir-maqsadli-tarmoq","tag-hub","tag-kop-maqsadli-tarmoq","tag-lan","tag-lokal-tarmoq","tag-pan","tag-router","tag-stp","tag-switch","tag-utp","tag-wan"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/dars-ishlanma.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/40470","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/dars-ishlanma.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/dars-ishlanma.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dars-ishlanma.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dars-ishlanma.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=40470"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/dars-ishlanma.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/40470\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":40487,"href":"https:\/\/dars-ishlanma.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/40470\/revisions\/40487"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dars-ishlanma.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/40477"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/dars-ishlanma.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=40470"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/dars-ishlanma.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=40470"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/dars-ishlanma.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=40470"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}