{"id":543,"date":"2023-08-05T11:42:32","date_gmt":"2023-08-05T11:42:32","guid":{"rendered":"https:\/\/dars-ishlanma.uz\/?p=543"},"modified":"2024-06-25T08:35:23","modified_gmt":"2024-06-25T03:35:23","slug":"axborotli-olam-muammolari-va-internet","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/dars-ishlanma.uz\/ru\/axborotli-olam-muammolari-va-internet\/","title":{"rendered":"AXBOROTLI OLAM MUAMMOLARI VA INTERNET"},"content":{"rendered":"<p><strong>Dars maqsadi:<\/strong><\/p>\n\n\n\n<ol class=\"wp-block-list\" style=\"list-style-type:lower-alpha\">\n<li>Ta\u2019limiy: O\u2019quvchilarga axborotli olam muammolari va internet mavzusini o\u2019rgatish;<\/li>\n\n\n\n<li>Tarbiyaviy: O\u2019quvchilarni vatanga sodiq va fidoiy qilib tarbiyalash, milliy va umummadaniy qadriyatlarimiz asosida tarbiyalash;<\/li>\n\n\n\n<li>Rivojlantiruvchi: O\u2019quvchilarda axborotli olam muammolari va internet mavzusi bo\u2019yicha bilim, ko\u2019nikma, malaka va kompetensiyalarini rivojlantirish.<\/li>\n<\/ol>\n\n\n\n<p><strong>Dars uchun umumiy kompetensiya:<\/strong><\/p>\n\n\n\n<ol class=\"wp-block-list\" style=\"list-style-type:1\">\n<li>Axborotlar bilan ishlash;<\/li>\n\n\n\n<li>O\u2019z-o\u2019zini rivojlantirish;<\/li>\n\n\n\n<li>Milliy va umummadaniy;<\/li>\n\n\n\n<li>Matematik savodxonlik.<\/li>\n<\/ol>\n\n\n\n<p><strong>Fanga oid kompetensiya:<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019quvchilarda hujjatlarda internetdan foydalanish ko\u2019nikmalari rivojlangan. Ixtiyoriy kompyuterda internetda ishlay olish.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Darsning borishi:<\/strong><\/p>\n\n\n\n<ul class=\"wp-block-list\">\n<li><strong>Tashkiliy qism<\/strong>\n<ul class=\"wp-block-list\">\n<li><strong>Salomlashish:<\/strong><\/li>\n\n\n\n<li><strong>Davomatni aniqlash:<\/strong><\/li>\n\n\n\n<li><strong>Siyosiy daqiqa (Bugungi kun axborot va texnologiya yangiliklari):<\/strong><\/li>\n<\/ul>\n<\/li>\n\n\n\n<li><strong>Yangi mavzu bayoni:<\/strong><\/li>\n<\/ul>\n\n\n\n<p>Internetdan hamma foydalanishni xohlaydi. Internet \u2013 dunyo bo\u2018ylab joylashgan va yagona tarmoqqa birlashtirilgan minglab kompyuter tarmoqlarining majmuidir. Internetda axborot almashish standart qoidalar asosida amalga oshiriladi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>INTERNET TARIXI<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>O\u2018zgarib va rivojlanib turuvchi olam yoki jamiyat haqidagi turli xil ko\u2018rinishga ega katta hajmdagi axborotlar dunyoning deyarli hamma mamlakatlarida yig\u2018ilib bormoqda. Bu ma\u2019lumotlardan foydalanish zamonaviy axborot texnologiyasi vositalarisiz katta mablag\u2018 va vaqt talab etadi. Bunday muammolar Internet (ingliz tilidagi interconnected network iborasining qisqartmasi, ma\u2019nosi: Xalqaro kompyuter tarmog\u2018i) ning tashkil etilishi bilan hal etildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Internet dastlab bir necha harbiy tadqiqotchilik markazlari o\u2018rtasida axborot resurslaridan birgalikda foydalanish maqsadida tashkil etildi. Bunga XX asrning 70\u00adyillari boshlarida AQSH Mudofaa Vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan ARPANet aloqa tarmog\u2018i asos bo\u2018lgan. ARPANet \u2013 buzilgan aloqa bo\u2018g\u2018inlarini avtomatik ravishda aylanib o\u2018tishga va tarmoqdagi kompyuterlarning ma\u2019lumot almashishiga imkon beruvchi tuzilmadir.<\/p>\n\n\n\n<p>Birinchi marta 1969\u00adyil 29\u00adoktyabrda ishga tushirilgan ARPANet tarmog\u2018ida oraliq masofa 640 km bo\u2018lgan Los\u00adAnjeles universiteti bilan Stenford tadqiqot markazi orasida bor yo\u2018g\u2018i 2 minut davomida axborot almashinilgan. Avvaliga bu tarmoq maxfiy hisoblangan. Keyinchalik bu tarmoqqa AQSHning boshqa universitet, kollej va tashkilotlari ham ulangan. 1973\u00adyilda transatlantik telefon kabeli o\u2018tkazilganidan keyin ARPENet tarmog\u2018iga Yevropaning o\u2018quv yurtlari va tashkilotlari ulandi. Shu tariqa bu tarmoq Internet tarmog\u2018iga aylandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Internet tarmog\u2018i biror tashkilotga bo\u2018ysunmaydi, lekin davlatlar, ilmiy va ta\u2019lim muassasalari, tijorat strukturalari va millionlab xususiy shaxslar tomonidan moliyalashtiriladi. Tarmoq taklif etilgan ko\u2018ngillilar tomonidan tashkil etilgan \u00abInternet arxitekturasi bo\u2018yicha kengash\u00bb tomonidan boshqariladi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>INTERNET VA WWW<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>Internet&nbsp; dunyo bo\u2018ylab joylashgan va yagona tarmoqqa birlashtirilgan minglab kompyuter tarmoqlarining majmuidir. Hozirgi kunda Internet dunyo bozorini o\u2018rganishda va savdo\u00adsotiq ishlarini tashkil etishda zamonaviy biznesning eng muhim vositalaridan biriga aylanib bormoqda. Internet o\u2018zaro aloqa bog\u2018lash yoki ma\u2019lumotlar almashish tarmog\u2018i bo\u2018libgina qolmasdan, unda mavjud bo\u2018lgan ma\u2019lumotlar ombori dunyo bilimlar omborini tashkil etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Internetning kompyuterlar bilan bog\u2018liq bo\u2018lgan narsalardan muhim farqi shundaki, u o\u2018zi haqidagi ma\u2019lumotlarni ham o\u2018zida saqlay oladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Kompyuterlarning axborotlarni telefon tarmoqlari orqali yubora olishiga imkon beruvchi modem&nbsp; qurilmasi sababli shaxsiy komp yuteri va telefoni bor millionlab kishilar tarmoqning maxsus qurilmalarisiz ham Internetdan foydalana olish imkoniyatiga ega bo\u2018ldilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Internetda axborot almashish standart qoidalar asosida amalga oshiriladi. Internetdagi ma\u2019lumotlarni uzatish qoidalari protokollar (masalan, TCP\/IP \u2013 TRANSMISSON CONTROL PROTOKOL \/ INTERNET PROTOKOL) deb ataladi.<\/p>\n\n\n\n<p>TCP\/IP protokolining axborotni uzatish usuli quyidagicha:<\/p>\n\n\n<div class=\"wp-block-image\">\n<figure class=\"aligncenter size-full\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" width=\"582\" height=\"498\" src=\"https:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/08\/Axborot-Almashish.png\" alt=\"\" class=\"wp-image-544\" srcset=\"https:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/08\/Axborot-Almashish.png 582w, https:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/08\/Axborot-Almashish-300x257.png 300w\" sizes=\"auto, (max-width: 582px) 100vw, 582px\" \/><\/figure>\n<\/div>\n\n\n<p>Internet xizmatlari foydalanuvchiga keng imkoniyatlar ochib beradi. Masalan:<\/p>\n\n\n\n<p>\u2013 elektron pochta (E\u00admail) \u2013 bir nechta foydalanuvchi orasida ma\u2019lumot almashish imkoniyati;<\/p>\n\n\n\n<p>\u2013 chat \u2013 real vaqtda ma\u2019lumot almashish imkoniyati;<\/p>\n\n\n\n<p>\u2013 telekonferensiya \u2013 jamoa bilan ma\u2019lumot almashish imkoniyati;<\/p>\n\n\n\n<p>\u2013 WWW (World Wide Web) \u2013 turli ko\u2018rinish va shakldagi axborot manbalarini birlashtirgan yagona axborot olamidan foydalanish imkoniyati.<\/p>\n\n\n\n<p>1992\u201393\u00adyillarda axborot texnologiyasining rivojlanishi sababli tasviriy va tovushli axborotlarni olis masofalardan qisqa vaqtda uzatishning shunday imkoniyati yaratilganki, u World Wide Web debnomlangan.<\/p>\n\n\n\n<p>World Wide Web (ma\u2019nosi: xalqaro o\u2018rgimchak to\u2018ri)ning yaratilishiga 1989\u00adyil Shveysariyadagi Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Kengashining loyihasi asos bo\u2018ldi. Bu loyihaning maqsadi Internetda axborot tarqatishning samarali usullarini izlash va uning oqibatlarini kuzatishdan iborat edi. Hozirgi kunda World Wide Web Internetning eng tez rivojlanayotgan sohalaridan biri bo\u2018lib qoldi. World Wide Web multimedia (multimedia \u2013 rasm va matnli axborotni tovushli va harakatdagi shakllardan iborat axborot bilan birlashtirish texnologiyasi) imkoniyatlariga ega bo\u2018lgani uchun foydalanuvchilar e\u2019tiborini juda tez qozondi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>WWW TARKIBI<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>WWWda axborot maxsus sahifalarda, ya\u2019ni Web-sahifalarda joylashadi. Web\u00adsahifaga matn, rasm, tovush, videotasvir va hokazo ko\u2018rinishdagi axborotlarni joylashtirish mumkin. Bu esa o\u2018z navbatida, reklama, tijorat, ta\u2019lim va boshqa ko\u2018pgina soha vakillariga beqiyos imkoniyatlar ochib berdi.<\/p>\n\n\n\n<p>WWWning ommalashishiga yana bir omil gipermatndir. Gipermatn web\u00adsahifaning biror qismiga yoki boshqa Web\u00adsahifaga bog\u2018liqligini ko\u2018rsatuvchi ilova bo\u2018lib, u so\u2018z yoki rasm bo\u2018lishi mumkin. Gipermatn yordamida Web\u00adsahifaning kerakli qismiga yoki boshqa Web\u00adsahifaga tez va oson o\u2018tiladi, bu hol kerakli qism yoki Web\u00adsahifaga gipermurojaat deb ataladi. Web\u00adsahifada rasmga, ism\u00adsharifga, tug\u2018ilgan mamlakati nomiga gipermurojaat joylashtirilgan bo\u2018lib, gipermurojaat tanlangach, yangi web\u00adsahifa ochiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bitta tashkilot yoki xususiy shaxsga tegishli va mazmuniga ko\u2018ra o\u2018zaro bog\u2018langan bir nechta Web\u00adsahifalar majmui Web-sayt deyiladi. Masalan, quyidagi rasmda ziyonet.uz web\u00adsaytining 100 dan ortiq web\u00adsahifalaridan biri \u2013 \u00abArboblar\u00bb deb nomlangan web\u00adsahifa aks etgan:<\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image size-large\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" width=\"1024\" height=\"640\" src=\"https:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/08\/arboblar-1024x640.png\" alt=\"\" class=\"wp-image-545\" srcset=\"https:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/08\/arboblar-1024x640.png 1024w, https:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/08\/arboblar-300x188.png 300w, https:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/08\/arboblar-768x480.png 768w, https:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/08\/arboblar.png 1440w\" sizes=\"auto, (max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/figure>\n\n\n\n<p>Web\u00adsaytni kitobga, web\u00adsahifani esa kitobning sahifasiga o\u2018xshatish mumkin. Web\u00adsaytdagi web\u00adsahifalar o\u2018zaro gipermatn yordamida bog\u2018lanadi. Web\u00adsaytlar ham, Web\u00adsahifalar ham Web-server deb ataluvchi Internetga ulangan maxsus kompyuterlarda saqlanadi va o\u2018z manziliga ega bo\u2018ladi. Bu manzil URL (ingliz tilida:&nbsp; Uniform Resourse Locator \u2013 zahiraning takrorlanmas ko\u2018rsatkichi ma\u2019nosini anglatadi) deb ataladi. URL Internetga murojaat qilishning eng oddiy va qulay usuli bo\u2018lib, u takrorlanmas manzilni ifodalaydi. URL bir necha bo\u2018g\u2018indan iborat bo\u2018lgan Internet tarmog\u2018idagi axborot zahirasi manzilidir.<\/p>\n\n\n\n<p>Masalan: http:\/\/www.eduportal.uz\/webmaktab.html<\/p>\n\n\n\n<p>URL manzil quyidagilardan tashkil topadi:<\/p>\n\n\n\n<p>http \u2013 bog\u2018lanish protokoli; www.eduportal.uz \u2013 axborot saqlanayotgan provayder (server) nomi; webmaktab.html \u2013 sayt (fayl) nomi.<\/p>\n\n\n\n<p>Provayderlar (ingl. provide \u2013 imkon berish, ta\u2019minlash) \u2013 Internetning ba\u2019zi qismlaridan foydalanishga imkon beruvchi va foydalanuvchilarga turli xizmatlarni ko\u2018rsatuvchi firmalardir. Provayderlar bir necha yuz ming mijozga xizmat ko\u2018rsatish va axborotlarni yuborish uchun maxsus yuqori tezlikdagi aloqa kanallaridan foydalanadilar. Har bir davlatda Internet tizimining ishlash sifati kanallarning o\u2018tkazuvchanlik kuchiga bog\u2018liq.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2018zbekistonda Internetdan foydalanish boshlangan dastlabki davrlarda ma\u2019lumot yuborish va qabul qilish tezligi unchalik kata bo\u2018lmagan. Masalan, 2002\u00adyilda 8,5 Mb\/s ni tashkil etgan bo\u2018lsa, hozirgi kunda Internet tarmog\u2018ida ulanishni ta\u2019minlovchi xalqaro kanallar o\u2018tkazuvchanlik qobiliyatining rivojlanishi natijasida 2,5 Gb\/s dan oshdi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>QISQACHA QIZIQARLI MA\u2019LUMOT<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>Internetning foydali jihatlari ko\u2018p. Bugun u bilim manbayi hamdir. O\u2018zbekistonda bu \u2013 ZiyoNET ta\u2019lim tarmog\u2018i. O\u2018zbekist on Respublikasi Birinchi Prezidentining 2005\u00adyil 28\u00adsentyabrdagi \u00abO\u2018zbekiston Respublikasining jamoat ta\u2019lim axborot tarmog\u2018ini tashkil etish to\u2018g\u2018risida\u00bbgi qaroriga muvofiq 2006\u00adyilda \u00abZiyoNET\u00bb jamoat axborot ta\u2019lim tarmog\u2018i tashkil etildi. \u00abZiyoNET\u00bb ta\u2019lim tarmog\u2018i o\u2018qituvchi, talaba va o\u2018quvchilar uchun mo\u2018ljallangan web\u00admanbalar orasida eng yirigidir. Uning asosiy maqsadlari \u2013 yoshlarni, murabbiylarni, shun ingdek, aholining turli qatlamini kerakli axborot bilan ta\u2019minlash, ularga axborot texnologiyalari sohasidagi kerakli ma\u2019lumotlarni olish, muloqot qilish va tajriba almashinishlar uchun zarur imkoniyatlar berish. Bu tarmoqdan ma\u2019lumot olish uchun ziyonet.uz web\u00adportaliga kirish kifoya.<\/p>\n\n\n<div class=\"wp-block-image\">\n<figure class=\"aligncenter size-large\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" width=\"1024\" height=\"640\" src=\"https:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/08\/ziyonet-1024x640.png\" alt=\"\" class=\"wp-image-546\" srcset=\"https:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/08\/ziyonet-1024x640.png 1024w, https:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/08\/ziyonet-300x188.png 300w, https:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/08\/ziyonet-768x480.png 768w, https:\/\/dars-ishlanma.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/08\/ziyonet.png 1440w\" sizes=\"auto, (max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/figure>\n<\/div>\n\n\n<p><strong>Yangi mavzuni mustahkamlash:<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>1. Internet deganda nimani tushunasiz?<\/p>\n\n\n\n<p>2. Internetda axborot uzatish protokoli deganda nimani tushunasiz?<\/p>\n\n\n\n<p>3. Internet xizmatlari haqida o\u2018z tajribangiz asosida qisqacha ma\u2019lumot bering.<\/p>\n\n\n\n<p>4. World Wide Web haqida ma\u2019lumot bering.<\/p>\n\n\n\n<p>5. Web\u00adsahifa va gipermatn bog\u2018liqligi haqida so\u2018zlab bering.<\/p>\n\n\n\n<p>6. Web\u00adsayt nima?<\/p>\n\n\n\n<p>7. Internetdagi web\u00adsahifalar qayerda saqlanadi?<\/p>\n\n\n\n<p>8. Provayder haqida so\u2018zlab bering.<\/p>\n\n\n\n<p>9. \u00abhttp:\/\/ziyonet.uz\/arboblar\/fan\/astonomlar\u00bb URL manzilini tahlil etib bering.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Uyga vazifa:<\/strong> Yangi mavzuga tayyorgarlik ko\u2019rish.<\/p>\n\n\n\n<!-- Yandex.RTB R-A-2562262-5 -->\n<div id=\"yandex_rtb_R-A-2562262-5\"><\/div>\n<script>window.yaContextCb.push(()=>{\n\tYa.Context.AdvManager.render({\n\t\t\"blockId\": \"R-A-2562262-5\",\n\t\t\"renderTo\": \"yandex_rtb_R-A-2562262-5\"\n\t})\n})\n<\/script>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Dars maqsadi: Dars uchun umumiy kompetensiya: Fanga oid kompetensiya: O\u2019quvchilarda hujjatlarda internetdan foydalanish ko\u2019nikmalari rivojlangan. Ixtiyoriy kompyuterda internetda ishlay olish. Darsning borishi: Internetdan hamma foydalanishni xohlaydi. Internet \u2013 dunyo bo\u2018ylab joylashgan va yagona tarmoqqa birlashtirilgan minglab kompyuter tarmoqlarining majmuidir. Internetda axborot almashish standart qoidalar asosida amalga oshiriladi. INTERNET TARIXI O\u2018zgarib va rivojlanib turuvchi olam yoki [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":547,"comment_status":"open","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[142],"class_list":["post-543","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-dars-ishlanma","tag-internet"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/dars-ishlanma.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/543","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/dars-ishlanma.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/dars-ishlanma.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dars-ishlanma.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dars-ishlanma.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=543"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/dars-ishlanma.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/543\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1216,"href":"https:\/\/dars-ishlanma.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/543\/revisions\/1216"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dars-ishlanma.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/547"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/dars-ishlanma.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=543"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/dars-ishlanma.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=543"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/dars-ishlanma.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=543"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}