Dars maqsadi:
- “MS Acces da matematik amallar bajarish” mavzusi nazariyasini o’rganish
- O’quvchilarda AS Acces da matematik amallardan foydalanish qobiliyatini rivojlantirish, olgan bilimlarni amalda qo’llash ko’nikmasini o’stirish.
Dars turi: Kombinatsiyalashtirilgan dars.
- Ko’rgazmali qurollar va tarqatmali vositalar:
- Kompyuter;
- Video proyektor;
- Mavzusida mos tayyorlangan test savollari;
- O’tilgan mavzuni mustahkamlash uchun tarqatmalar;
- Uy vazifasi uchun tarqatmali vositalar.
Dars rejasi:
- Tashkiliy qism (1 min.)
- O’tgan mavzuni (mustahkamlash) tekshirish (10 min.)
- Yangi mavzuni o’rganish (20 min.)
- O’tilgan mavzuni mustahkamlash ( 5 min.)
- Dars yuzasidan xulosa (2 min.)
- Uyga vazifa berish (2 min.)
Darsning borishi
1. Tashkiliy qism.
Maqsad: o’quvchilarni darsga tayyorlash.
Dars mavzusi e’lon qilinadi. O’quvchilar oldiga vazifa qo’yiladi: ma’lumotlar ombori va ularni tashkil etish haqida gapirib berish.
2. O’tgan mavzuni mustahkamlash.
“Ta’limiy Test” dasturi yordamida avval otilgan mavzularga oid test sinovi o’tkazish
3. Yangi mavzuni o’rganish.
O’rganish uchun savollar:
- MS Acces 210 dasturini ishga tushirish va yangi ma’lumotlar omborini taskil etish.
- MS Acces 210 dasturida matematik amallardan foydalanish.
MS Access 2010 da ma’lumotlar omborini hosil qilib, ular ustida ba’zi – bir matematik hisob – kitob ishlarini amalga oshirishimizga to‘g‘ri keladi. Ushbu ishlarni amalga oshirish matematik va statistik funksiyalar yordamida amalga oshiriladi. Matematik hisob ishlarini Создание menyusining Конструктор запросов bo‘limi orqali amalga oshirishimiz mumkin.
MS Acces 2010 da ham MS Excel 2010 kabi matematik va munosabat amallari, matematik va statistik funksiyalardan, mantiqiy amallardan foydalanish imkoniyatlari mavjud.
MS Access 2010 dasturida matematik amallar
№ | Belgi | Vazifasi |
1 | + | Qo’shish |
2 | – | Ayrish |
3 | * | Ko’paytirish |
4 | / | Bo’lish |
5 | ^ | Darajaga oshirish |
MS Access 2010 da matematik munosabat amallari
№ | Belgi | Vazifasi |
1 | > | Katta |
2 | < | Kichik |
3 | = | Teng |
4 | >= | Katta yoki teng |
5 | <= | Kichik yoki teng |
6 | < > | Teng emas |
MS Access 2010 da matematik funksiyalar
№ | Funksiya | Vazifasi |
1 | ABS | Sonning modulini hisoblaydi |
2 | SQR | Sonni kvadrat ildizini hisoblaydi |
3 | COS | Sonni cosinusini hisoblaydi |
4 | SIN | Sonni sinusinusini hisoblaydi |
5 | TAN | Sonni tangnsini hisoblaydi |
6 | ATN | Sonni arktangnsini hisoblaydi |
7 | LOG | Sonni logarifmini hisoblaydi |
8 | RND | 0 va 1 oraliqdagi istalgan sonni tanlab olish |
9 | INT | Haqiqiy sonni butun qismini olish |
MS Access 2010 da statistik funksiyalar
№ | Funksiya | Vazifasi |
1 | NOT | Inkor |
2 | AND | Va |
3 | OR | Yoki |
1-mashq. Uchta ustunda berilgan sonlarning yig‘indisini to‘rtinchi ustunga hosil qiling.
Bajarish:
- jadval quyidagicha hosil qilinadi:
- hosil qilingan jadvalni “Qo‘shish” nomi bilan saqlaymiz;
- saqlangan jadvalni yuklanadi va quyidagi tartibda to‘ldiriladi:
- to‘ldirilgan jadvalni yopib, menyular satridan Создания-Конструкор запросов ketma-ketligi tanlanadi;
- “Qo‘shish” nomli jadval belgilanadi va Добавить tugmasi bosiladi.
- ishchi oynani quyidagicha to‘ldiramiz:
- jadvalning navbatdagi ustunga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib kontekst menyudan построить bandi tanlanadi:
- hosil bo‘lgan oyna ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi oynada matematik hisob ishlarining formulalari kiritiladi. Ikkinchi oynada matematik, statistik funksiyalar va mantiqiy amallarni qo‘llash usullari beriladi. Berilgan uchta ustundagi sonlarning yig‘indisi uchunchi ustunda hosil qilish uchun birinchi oynaga quyidagi kodni kiritamiz: A+B+C: [A]+[B]+[C]
- bajarilgan amallarni “Sonlarni qo‘shish” nomi bilan saqlab, jadvalni yuklasak, quyidagi ko‘rinish hosil bo‘ladi:
Ushbu jadvalning uchta ustunidagi sonlarning yig‘indisi to‘rtinchi ustunda aks etgan.
4. O’tilgan mavzuni mustahkamlash
Mavzuni mustahkamlash uchun o’quvchilarga darslikdagi mavzuga oid savollardan iborat tarqatma tarqatiladi.
5. Dars yuzasidan xulosa
Aytigchi, bugungi dars sizlarga tushunarli bo’ldimi?
Darsda ko’proq nima esingizda qoldi?
6. Uyga vaziva berish
- Darslikda berilgan mavzuga oid 1,2 – mashqlarni bajarish
- Quyidagi savollar javobini o’rganish:
- MS Access 2010 da qanday matematik amallari mavjud?
- MS Access 2010 da qanday munosabat amallari mavjud?
- MS Access 2010 da matematik funksiyalarni yozing.
- MS Access 2010 da statistik funksiyalarni yozing.
- MS Access 2010 da mantiqiy amallarni yozing.
- Berilgan to‘rtta sonning ko‘paytmasini hisoblovchi jadval hosil
- qiling.
- Ustundagi sonlarning ildizini hisoblovchi jadval hosil qiling.
A’lo