Disk sektor va yo‘llardan iborat bo‘lib, har bir sektor va yo‘l adres yoki ma’lumotlar maydonidan iborat bo’ladi. Adres maydoniga disk, yo‘l, sektor tartiblari va nazorat yig‘indisi deb ataluvchi kod yoziladi. Bu ma’lumotlar diskdan kerakli axborot topishni ta’minlaydi. Ma’lumotlar maydoniga esa foydalanuvchining axboroti, amaliy dastur qismi, matnli axborot yoki boshqa biror ma’lumot yoziladi va diskda alohida baytlar to‘plamlari shaklida saqlanadi. Bu baytlar to‘plamining butunligini saqlash uchun foydalanuvchi va operatsion sistema tomonidan tanilish belgisi, ya’ni nomi bo‘lishi kerak. Nomlangan baytlar to‘plami fayl (ing. file – ma’lumot) tushunchasi bilan bog’liq.

Muallif F. Mansurov

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan