Birinchi mexanik hisoblash mashinaslni yaratgan Blez Paskal bu ajoyib qurilmani otasining hisoblash ishlarini yengillashtirish maqsadida yaratgan edi. Bu bilan Paskal otasining ishini ma’lum darajada mexanizatsiyalashtirgan edi. Demak, Paskal yaratgan mexanik hisoblash mashinasi dastlabki mexanizatsiyalashtirilgan (bugungi tushunchada “avtomatlashtirilgan”) ish joyiga misol bo‘la oladi.

Bu — inson yaratgan birinchi avtomatlashtirilgan ish joyi emas, albatta. Avtomatlashtirilgan ish joylarining tarixi ancha qadimga borib taqaladi.

Umuman, avtomatlashtirilgan ish joylari deganda, biror mehnat faoliyati samarasini oshirish va shu mehnat faoliyati bilan shug’ullanuvchiga qulayliklar yaratish maqsadida qo‘llaniladigan qurilmalar, asbob-uskunalar majmuyi tushuniladi.

Masalan, kotibaning ish joyi deganda, uning o‘z vazifasini bajarishi uchun zarur bolgan vositalar, masalan, kompyuter, chop etish qurilmasi, chop etish uchun qog‘oz, stol, stul kabi bir qancha narsalarni tushunamiz. Chop etish qurilmasi hujjatlarni bir vaqtda bir necha nusxada chop etish imkonini beradi va, shuning bilan, kotiba ishini ma’lum darajada avtomatlashtiradi. Bu kabi misollarni (turli mehnat faoliyati bilan mashg‘ul bo‘lgan mutaxassislarning avtomatlashtirilgan ish joylarini) ko‘plab keltirishimiz mumkin.

Turli stanoklarning yaratilishi ishchilarning mehnatini avtomatlashtirgan bo‘lsa, kompyuter bilan boshqariladigan stanok­larning yaratilishi uni yanada yuqori darajaga ko‘tardi.

Zamonaviy avtomatlashtirilgan ish joylari turli kasb egalaridan bevosita jismoniy mehnat qilishini emas, balki ko‘proq bu jarayonni boshqarishini talab qiladi.

Umuman, shaxsiy kompyuterlarning yaratilishi va hayotga tatbiq etilishi ishlab chiqarishning o‘zinigina emas, balki uni “boshqarish” bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarni avtomatlashtirishga ham keng yo‘l ochib berdi.

Boshqarishning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, uning xomashyosi ham, ishlab chiqarish mahsuloti ham axborotdan iborat.

Odatda boshqaruv jarayonida ishtirok etuvchilar moddiy boyliklar, sanoat yoki qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda bevosita qatnashmaydilar.

Umumiy holda aytganda, boshqarishning asosiy vazifasi kerakli axborotni kerakli joyga, kerakli hajmda, kerakli ko‘rinishda yetkazib berishdan iboratdir. Sizga ma’lumki, axborot hajmining ko‘pligi ularni qayta ishlashda insondan ko‘p vaqtni va mehnatni talab qiladi.

Lekin, aksariyat hollarda, bu ishlarni qisqa vaqt ichida bajarish zarur bo’ladi. Hozirgi kunda mazkur ishlarni kompyuterlarsiz bajarishni tasavvur qilish qiyin.

Zamonaviy kompyuterlar asosida yangi informatsion texnologiyalar yaratilmoqdaki, u zamonaviy ish yuritishning qog‘ozsiz usuli, elektron pochta, mashina grafikasi, optik disklar orqali ilgari mavjud bo‘lgan alohida informatsion texnologiya vositalarini birlashtirish va ularni yuqori moslashuvchanlik xususiyati bilan ta’minlash imkonini beradi.

Zamonaviy kompyuterlar hozirda faqatgina hisoblash vositasi bo’libgina qolmay, boshqarish, nazorat qilish, qaror qabul qilish kabi turli ishlarni bajarishdagi vosita hamdir.

Kompyuterlar yordamida ish yuritishning samarali va yangi omillaridan biri bo‘lib avtomatlashtirilgan ish joylari hisoblanadi.

Avtomatlashtirilgan ish joyi deganda, faqatgina kompyuter emas, balki uning uchun yaratilgan maxsus uskunaviy dasturlar va turli texnik vositalar yoki qurilmalar majmuyini tushunish kerak. Masalan, kotiba avtomatlashtirilgan ish joyida kompyuter bilan birgalikda printerning bo‘lishi ham zarru. Bundan tashqari matn muharrirlaridan hech bo‘lmaganda bittasi bo‘lishi shart.

Avtomatlashtirilgan ish joylari alohida olingan bir tashkilotda emas, balki shu tashkilot bilan bog‘liq barcha muassasalarda mavjud bo‘lsa, uning samaradorligi yanada yuqori bo‘ladi.

Shaxsiy kompyuterlar yordamida mutaxassislarning ish faoliyatini avtomatlashtirishga qaratilgan e’tibor kun sayin ortib bormoqda. Chunki shaxsiy kompyuterlar nisbatan arzon, ish stoliga bemalol joylashadi va foydalanuvchilardan maxsus tayyoigarlikni talab etmaydi. Foydalanuvchi o‘z ish stolidagi kompyuterlarning ichki tuzilishi va ishlash tamoyillari bilan tanish bo‘lishi shart emas. Yaratilayotgan avtomatlashtirilgan ish joylarida mutaxassisning ishiga doir axborotlar va ko‘rsatmalar tushunarli va ixcham ko‘rinishda ekranda yoritib boriladi.

Fovdalanuvchi avtomatlashtirilgan ish joyidan foydalanishi uchun o‘z mutaxassisligini mukammal bilishi yetarli. Avtomatlashtirilgan ish joylari, odatda, yuqori malakali dasturchilar tomonidatt yaratilib, foydalanuvchi bu dasturning ishlash texnologiyasi bilan tanishlb chiqishi kifoya. Avtomatlashtirilgan ish joylaridan foydalanlsh, odatda, qiyinchilik keltirib chiqarmaydi. Bunda asosan display ekranida chiqarilgan savollarga klaviatura yordamida javob yozish, axborotni qayta ishlash uchun ekranda ko’rsatilgan bir necha usullardan birini tanlash, natijani qaysi shaklda chiqarishni belgilash kabi ishlar amalga oshiriladi.

Mazkur amallar foydalanuvchining mutaxassisligi bilan bog‘liq bo’lib, aniq va tushunarli shaklda beriladi. Mabodo, zarurat tug‘ilgudek bo’lsa, har bir ko‘rsatma yoki „menyu“ bo‘yicha yordamchi axborotni ekranga chiqarish imkoniyati ham mavjud. Bu, odatda, maxsus belgilangan bir klavishni bosish bilan amalga oshiriladi. Yordamchi axborotni ekranga chiqarish hamda shu kabi boshqa amallarni bajarish uchun qaysi klavishlardan foydalanish kerakligi doimiy ravishda ekranda ko‘rinib turadi.

Avtomatlashtirilgan ish joylarini tashkil etish bir tizimlilik, moslanuvchanlik, turg’unlik va samaradorlik xususiyatlariga ega bo’lishi zarur. Bir tizimlilik xususiyatiga ko‘ra avtomatlashtirilgan ish joyi yagona tizim sifatida qaralishi lozim. Moslanuvchanlik xususiyati shundan iboratki, uning barcha tizimlari va elementlari kiritilishi mumkin bo‘lgan o‘zgartirishlarga tez moslasha olish imkoniyatidir. Tashqi va ichki ta’sirlarning natijasidan qat’iy nazar, avtomatlashtirilgan ish joyining o‘z asosiy vazifalarini bajara olish hossasi turg‘unlik xususiyati deb tushuniladi. Ya’ni, yaroqsiz holga kelgan qismlarini tez va oson almashtirish imkoniyatiga egaligidir.

Oqituvchi” avtomatlashtirilgan ish joyi

O’qituvchi avtomatlashtirilgan ish joyi o’qituvchining o’z ish faoliyatida bajariladigan ishlarni avtomatlashtirishga mo’ljallangan dasturlar, texnik vositalar. Qonun-qoidalar uslublar, tamioyillarning majmuidan iborat. O’qituvchining ish faoliyati bilan bog’liq hamma ishlar ham avtomatlashtirilmaydi. Avtomatlashtirilgan ish joyi o’qituvchining ish faolivatidagi barcha vazifalarni qamrab olimsdan, balki uning tna’lum bir yo’nalishdagi ishini avtomatlashririshga mo’ljallangan boladi.

O’quvchilarning bilimini obyektiv aniqlash va baholashda qo’llaniladigan usullardan biri bo’lgan test sinovini tashkil etish va o’tkazish jarayonini atomatlashtirish yuqori samara beradi.

Quyida shu masala va uni hal qilish bilan hogiiq vazfalar bilan yaqindan tanishamiz.

Bugungi kunda maktablarimizda nazorat ishlarini o’tkazish jarayonini avtomatlashtirishda turli kompyuterlar va ular uchun moijallangan ko’plab dasturlardan foydalanilmoqda. “iSpring”, “MyTest”, “S_Test”, “Ta’limiy Test” dasturlari shular jumlasidandir.

Mavzuni kengroq yoritish maqsadida maktab kompyuterlari uchun yaratilgan “Ta’limiy Test” – test o’tkazish ish joyining testni o’tkazish vositasi sifatidagi xususiyatlari bilan keyingi maqolada yaqindan tanishamiz.

Muallif F. Mansurov

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan