Ta’limiy Test Server dasturi mijoz server texnologiyasi asosida qurilgan va u tarmoqdagi kompyuterlarda ishlayotgan Ta’limiy Test (mijoz) dasturining boshqaruv qismi hisoblanadi. Uning yordamida sinov jarayoni boshqariladi, sinov uchun test variantlari tayyorlanadi va tahrir qilinadi. Dasturning qulay interfeysga egaligi, unda menyular satri va unga mos uskunalar panelining mavjudligi, dasturdan foydalanishda ortiqcha bilim va malaka talab qilmaydi.

Dastur ikkita yo’nalish asosida qurilgan:

  • Ta’limiy Test Server – Sinov jarayonini nazorat qilish va boshqarish (monitoring);
  • Ta`limiy Test Editor – Sinov jarayoni uchun savol variantlarini tayyorlash hamda tahrirlash.

Ta’limiy Test Server

Ta’limiy Test Server (monitoring) – Sinov jarayonini nazorat qilish va boshqarish. Dastur bu yo’nalishda ishlaganda tarmoqdagi boshqa kompyutrerlarga o’rnatilgan  dasturning mijoz (Ta’limiy Test) komponentidan kelayotgan murojaatlarni qabul qiladi va ularni qayta ishlab, sinov monitoringi sifatida ma’lumotlarni jadvalga qayd etib boradi. Jadvalda qayd etilgan ma’lumotlardan sinov jarayoni yuzasidan hisobot tayyorlashda foydalanish mumkin.

Undan tashqari sinov jarayonida o’quvchilar tomonidan bajarilayotgan savollar natijasini monitoring holatida kuzatib borish ham mumkin. Monitoring holatida dastur jadvalga to’g’rijavoblar uchun 1 noto’g’ri javoblarga esa 0 qo’yib boradi.

Hisobotni tayyorlash uchun menyular satrining Test bo’limidan Elektron jadvalga o’tkazish buyrug’i beriladi yoki uskunalar panelidan uskunasi tanlanadi. Test dasturi hisoboti  Excell dasturiga ko’chib o’tadi.

Ta’limiy Test Server (monitoring) yordamida sinov vaqtida tarmoqdagi boshqa kompyuterlarga o’rnatilgan Ta’limiy Test (mijoz) dasturi ishini boshqariladi. Boshqarish bilan bog’liq amallarni menyular satri buyruqlari yoki uskunalar panelidan buyruqlarga mos tugmachalar yordamida boshqariladi.

         Office dasturlaridagi kabi tez-tez foydalaniladigan buyruqlar qulaylik sifatida uskunalar panelida piktogramma ko’rinishida tasvirlangan, ulardan foydalanish dastur ishi samaradorligini yanada oshiradi. Misol uchun  sinovdagi o’quvchi uchun qo’shimcha vaqt qo’shib berish, o’quvchini og’ohlantirish, o’quvchidan jarima sifatida sinov vaqtdan olib tashlash.

Ta`limiy Test Editor

            Ta’limiy Test Server dasturi Ta’limiy Test Editor yo’nalishida ishlaganda undan sinov uchun test variantlarni tayyorlash hamda ularni tahrir qilish uchun foydalaniladi. Dasturning bu qismidan xuddi matn muharrirlari kabi foydalaniladi. Uning yordamida Ta’limiy Test uchun maxsus savol variantli fayllar yaratiladi.

Dasturning ba’zi imkoniyatlaridan namunalar

Ba’zan sinov jarayonida o’quvchilarni tartibga chaqirish va ogohlantirishga to’g’ri keladi. Agar sinov jarayoni boshqa xonada o’tkazilayotgan bo’lsa va u server tomonidan nazorat qilinsa, ogohlantirish va jarima kabi amaliyotni sinov oluvchi o’quvchining oldiga bormay turib amalga oshirishi mumkin.

Sinovdagi o’quvchiga berilgan vaqtni boshqarish
Sinovdagi o’quvchiga ogohlantirish uchun xabar jo’natish

Muallif F. Mansurov

One thought on “TA’LIMIY TEST SERVER DASTURI”

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan