Dars maqsadi:

  1. Ta’limiy: O’quvchilarga hujjatlarga tasvir va hoshiya qo’shish mavzusini o’rgatish;
  2. Tarbiyaviy: O’quvchilarni vatanga sodiq va fidoiy qilib, milliy va umummadaniy qadriyatlarimiz asosida tarbiyalash;
  3. Rivojlantiruvchi: O’quvchilarda hujjatlarga tasvir va hoshiya qo’shish mavzusi bo’yicha bilim, ko’nikma, malaka va kompetensiyalarini rivojlantirish.

Dars uchun umumiy kompetensiya:

  1. Axborotlar bilan ishlash;
  2. O’z-o’zini rivojlantirish;
  3. Milliy va umummadaniy;
  4. Kompyuter savodxonlik.

Fanga oid kompetensiya:

O’quvchilarda hujjatlarga tasvir va hoshiya qo’shish mavzusi yuzasidan ko’nikmalari rivojlangan. Ixtiyoriy kompyuterda hujjatlar tayyorlay oladi.

Darsning borishi:

  • Tashkiliy qism:
  • Salomlashish:
  • Davomatni aniqlash:
  • Siyosiy daqiqa (Bugungi kundagi axborot texnologiya yangiliklari)

Yangi mavzu bayoni:

Tasvir qoʻshish

Tasvirni joylashtirish uchun kursor kerakli qatorga joylashtiriladi va Insert (Вставка – kiritish) menyusi tanlanadi.

Pictures (Картинки – Rasmlar) tugmasi orqali qoʻshmoqchi boʻlgan rasmni topishingiz mumkin. Tanlashingiz uchun oʻqituvchi tomonidan rasmlar toʻplami yaratilgan bo’lsa, shu to’plamdan foydalanishingiz mumkin.

Agar Insert (Вставить-kritmoq) tugmasini bossangiz, hujjatga rasm joylashganini koʻrasiz.

Kalit so’zlar
Tasvir: rasm, fotosurat yoki diagramma. Joylashtirish: ma’lum bir joyga biror narsa joylashtirish.

Hoshiya qoʻshish

Design (Дизайн – Dizayn) menyusi orqali hujjatga hoshiya qoʻshish mumkin.

Page Borders (Границы страниц – Sahifa chegaralari) tugmasi orqali sahifa uchun hoshiyani joylashtirsangiz bo‘ladi.

Bu yerda sahifa uchun hoshiya va shu hoshiya uchun ko‘rinish, rang va uning qalinligini tanlash mumkin.

Yangi mavzuni mustahkamlash:

1-mashg‘ulot

Oʻqituvchi tomonidan berilgan “Menyu.docx” hujjatini oching. “Bizda tanlashingiz uchun turli sabzavotlar ham mavjud” va “Bizning taomlarimiz sizga yoqadi, deb umid qilamiz” qatorlari orasiga “Sabzavotlar.jpg” rasmini joylashtiring.

2-mashg‘ulot

“Menyu.docx” hujjatiga hoshiya qoʻshing. Quyidagi ko‘rinishdagi (nuqtadan iborat chiziq) hoshiyani tanlang: ………………

Hoshiyani 1pt kenglikda va koʻk rangga o‘zgartiring.

3-mashg‘ulot

“Menyu.docx” hujjatida hoshiyani oʻzgartiring. Yulduzlardan tashkil topgan bezakli hoshiyani tanlang.Uyga vazifa:Mavzuga oid atamalarni o’zlashtirish. Qo’shimcha ravishda mustaqil mashqlar bajarish.

Muallif F. Mansurov

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan