Dars maqsadi:

  1. Ta’limiy: O’quvchilarga “Veb-sahifaga matn kiritish” mavzusini o’rgatish;
  2. Tarbiyaviy: O’quvchilarni vatanga sodiq va umummadaniy qadriyatlarimiz asosida tarbiyalash;
  3. Rivojlantiruvchi: O’quvchilarda “Veb-sahifaga matn kiritish” mavzusi bo’yicha bilim, ko’nikma, malaka va kompetensiyalarini rivojlantirish.

Dars uchun umumiy kompetensiya:

  1. Axborotlar bilan ishlash;
  2. O’z-o’zini rivojlantirish;
  3. Milliy va umummadaniy;
  4. Kompyuter savodxonlik.

Fanga oid kompetensiya:

O’quvchilarda “Veb-sahifaga matn kiritish” mavzusi yuzasidan ko’nikmalari rivojlangan. Ixtiyoriy kompyuterda veb-sahifa tayyorlab unda HTML buyruqlaridan foydalana oladi.

Darsning borishi:

  • Tashkiliy qism:
  • Salomlashish:
  • Davomatni aniqlash:
  • Siyosiy daqiqa (Bugungi kundagi axborot texnologiya yangiliklari)

Yangi mavzu bayoni:

Qiziqarli va ajoyib veb-sahifa yaratish uchun unga matn kiritish talab etiladi. Ikki xil matn turi mavjud: sarlavha matni va paragraf matni.

Bunday matnlar veb-sahifaning asosiy qismini shakllantirib, ular <body> ochish tegi va </body> yopish tegi orasiga kiritiladi.

Sarlavha matni – veb-sahifaga kiritiladigan har qanday sarlavha yoki tagsarlavhadir.

Paragraf matni – veb-sahifaga kiritiladigan sarlavhadan boshqa barcha matnlardir.

Veb-sahifaga sarlavha kiritish uchun <h1> sarlavha tegidan foydalaniladi. Veb-sahifaga tagsarlavha kiritish uchun <h2> sarlavha tegidan foydalaniladi. Bular asosiy matn teglari bilan birga kiritiladi.

Masalan:

Veb-brauzerda ko’rinishi

Veb-sahifaga boshqa matnni kiritish uchun paragraf <p> tegidan foydalaniladi.

Masalan:

Veb-brauzerda ko’rinishi

Sarlavha tegi va paragraf teglarini formatlash uchun birlamchi sozlamalar ko’zda tutilgan. Ammo ularning ikkalasi uchun formatlash sozlamalarini almashtirish imkoni mavjud. Bu haqda amaliy ko’nikmada bilib olasiz.

Kalit so’zlar
Birlamchi sozlama: elementga dastlab qo’llaniladigan sozlamalar. Formatlash: veb- sahifaning uslubini o’zgartirish. Masalan, shriftni rangini o’zgartirish

Yangi mavzuni mustahkamlash:

1-mashq

Birlamchi veb-sahifani oching va <hl> va </hl> asosiy matn teglari orasiga biror matnni kiriting.

2-mashq

Bu sahifa boshidagi skrinshotga qarang hamda <p> va </p> asosiy matn teglari orasiga biror matnni kiriting. “Veb-sahifalar yaratish juda maroqli, chunki…” degan jumla bilan matnni yakunlang.

Uyga vazifa:

Mavzuga oid atamalarni o’zlashtirish. Qo’shimcha ravishda mustaqil mashqlar bajarish.

Muallif F. Mansurov

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan