1. …– har qanday qurilma ekrani orqali har qanday raqamli ma’lumot (rasm, video, matn, grafika va h. k.) ni proeksiyalash.

A) AR (ing. Augmented reality – to‘ldirilgan voqelik); B) QR-kod (ingl. Quick Response – tezkor javob);

C) GPS (ing. Global Positioning System; – global joylashishni aniqlash tizimi); D) Virtual voqelik shlemi.

2. … –  turli ijtimoiy tarmoqlar (telegram, skayp) yordamida chat orqali xabar almashish.

A) Mobil internet; B) mobil aloqaning xizmat doirasi; C) SMS (ingl. Short Message Service); D) Tezkor xabarlar;

3. … – maxsus tarzda kodlangan, kvadrat ko‘rinishida tasvirlangan ma’lumot.

A) AR (ing. Augmented reality – to‘ldirilgan voqelik); B) QR-kod (ingl. Quick Response – tezkor javob);

C) GPS (ing. Global Positioning System; – global joylashishni aniqlash tizimi); D) Virtual voqelik shlemi.

4. … – qisqa xabarlar xizmati. Mobil aloqa tarmoqlarida abonentlar bir-birlariga matnli qisqa xabar uzatishi va qabul qilishi bo‘yicha xizmat hisoblanadi.

A) Mobil internet; B) mobil aloqaning xizmat doirasi; C) SMS (ingl. Short Message Service); D) Tezkor xabarlar;

5. … – dunyo bo‘ylab masofa, vaqt va joylashishni belgilaydigan sun’iy yo‘ldosh navigatsiya tizimi.

 A) AR (ing. Augmented reality – to‘ldirilgan voqelik); B) QR-kod (ingl. Quick Response – tezkor javob);

C) GPS (ing. Global Positioning System; – global joylashishni aniqlash tizimi); D) Virtual voqelik shlemi.

6. Tayanch stansiyaning qamrab olingan bir tekis yuzasi doirani tashkil etadi, shuning uchun u orqali tashkil etilgan tarmoq oltiburchakli katak ko‘rinishida bo‘ladi hamda u … deb yuritiladi.

A) Mobil internet; B) mobil aloqaning xizmat doirasi; C) SMS (ingl. Short Message Service); D) Tezkor xabarlar;

7. … – tasvirni chap va o‘ng ko‘z uchun namoyish etuvchi bir yoki bir nechta displey, tasvir

geometriyasini sozlash uchun obyektiv tizimi, qurilmaning fazoda yo‘nalishini kuzatuvchi

nazorat tizimi.

A) AR (ing. Augmented reality – to‘ldirilgan voqelik); B) QR-kod (ingl. Quick Response – tezkor javob);

C) GPS (ing. Global Positioning System; – global joylashishni aniqlash tizimi); D) Virtual voqelik shlemi;

8. Ko‘chma modem (masalan, planshet va smartfon)lardan foydalanuvchi mobil telefon stansiyalari va boshqa raqamli qurilmalar orqali simsiz Internetga ulanishni ta’minlovchi tizim.

A) Mobil internet; B) Mobil aloqaning xizmat doirasi 

9. Insonning o‘z tajribasidan kelib chiqqan holda kompyuter orqali virtual muhitdagi qahramon yoki harakatlarni boshqarishi:

A) Immersiv bo‘lmagan virtual voqelik; B) To‘liq immersiv virtual voqelik; C) Yarim immersiv virtual voqelik; D) Kengaytirilgan voqelik;

10. … – paketni yuqori tezlikda uzatish standarti.

A) TACS (ingl. Total Access Communications System); B) GSM (ing. Global Systems for Mobile Communication); C) HSDPA (ing. High Speed Downlink Packet Access); D) GPRS (ing. General Packet Radio Service);

11. Immersiv bo‘lmagan virtual voqelikning aksi. Bunday voqelik haqiqiy virtual tajribani ta’minlaydi. Bunda odam o‘zini virtual dunyoda jismonan mavjuddek, u yerda sodir bo‘layotgan voqealarda ishtirok etayotgandek sezadi.

A) Immersiv bo‘lmagan virtual voqelik; B) To‘liq immersiv virtual voqelik; C) Yarim immersiv virtual voqelik; D) Kengaytirilgan voqelik;

12. … – universal mobil telekommunikatsion tizimi standarti

A) TACS (ingl. Total Access Communications System); B) UMTS (ing. Universal Mobile Telecommunications System); C) CDMA (ing. Code Division Multiple Access); D) GPRS (ing. General Packet Radio Service); 

13. Immersiv bo‘lmagan va to‘liq immersiv virtual voqelik o‘rtasidagi jarayon. Kompyuter ekrani yoki VR ko‘zoynaklaridan foydalanib, virtual muhitda harakat qilish mumkin, ammo vizuallikni yaxshilash uchun jismoniy hislar yetishmaydi.

A) Immersiv bo‘lmagan virtual voqelik; B) To‘liq immersiv virtual voqelik; C) Yarim immersiv virtual voqelik; D) Kengaytirilgan voqelik;

14. … – global evolyutsiya uchun kengaytirilgan ma’lumotlar tizimi standarti.

A) EDGE (ing. Enhanced Data for Global Evolution); B) GSM (ing. Global Systems for Mobile Communication); C) CDMA (ing. Code Division Multiple Access); D) GPRS (ing. General Packet Radio Service); 

15. Foydalanuvchiga telefon ekrani orqali real dunyoni ko‘rish va unga ekranda virtual o‘zgarishlar kiritish imkonini beruvchi virtual voqelikning bir turi.

A) Immersiv bo‘lmagan virtual voqelik; B) To‘liq immersiv virtual voqelik; C) Yarim immersiv virtual voqelik; D) Kengaytirilgan voqelik;

16. ….– ma’lumotlarni radioto‘lqin orqali paketli uzatish  standarti.

A) TACS (ingl. Total Access Communications System); B) GSM (ing. Global Systems for Mobile Communication); C) CDMA (ing. Code Division Multiple Access); D) GPRS (ing. General Packet Radio Service); 

17. Foydalanuvchilarning turli manzillardan turib, virtual muhitda 3D proeksiyalangan qahramonlar shaklida birlashishi. Masalan, PlayerUnknowns Battlegrounds (PUBG) kabi mobil o‘yinning virtual muhiti bunga misol bo‘la oladi.

A) Immersiv bo‘lmagan virtual voqelik; B) To‘liq immersiv virtual voqelik; C) Yarim immersiv virtual voqelik; D) Hamkorlikdagi virtual voqelik;

18. … – kanallarni kodlar orqali ajratuvchi raqamli aloqa standarti.

A) TACS (ingl. Total Access Communications System); B) GSM (ing. Global Systems for Mobile Communication); C) CDMA (ing. Code Division Multiple Access); D) GPRS (ing. General Packet Radio Service); 

19. … – sezgi (ko’rish, eshitish va sezish) organlari orqali sun’iy dunyoni anglash axborot muhiti; axborotni foydalanuvchi ongiga yetkazish imkonini beruvchi dasturiy va texnik vositalar to’plami.

A) Virtual voqelik (ingl. virtual reality – VR); B) Periferik qurilma; C) Immersivlik; D) Interfaollik;

20. … – mobil aloqaning global tizimi standarti.

A) TACS (ingl. Total Access Communications System); B) GSM (ing. Global Systems for Mobile Communication); C) CDMA (ing. Code Division Multiple Access); D) GPRS (ing. General Packet Radio Service); 

21. … – kompyuterga tashqi tomondan ulanib, uning imkoniyatlarini kengaytiruvchi qurilma.

A) Virtual voqelik; B) Periferik qurilma; C) Immersivlik; D) Interfaollik;

22. … – jami kirish aloqalari tizimi standarti.

A) TACS (ingl. Total Access Communications System); B) GSM (ing. Global Systems for Mobile Communication); C) CDMA (ing. Code Division Multiple Access); D) GPRS (ing. General Packet Radio Service); 

23. … – insonning o’zini virtual voqelikda his qilishi.

A) Virtual voqelik (ingl. virtual reality – VR); B) Periferik qurilma; C) Immersivlik; D) Interfaollik;

24. Tarmoqdagi boshqa qurilmalar bilan aloqa o‘rnatish yoki ma’lumot almashishga mo‘ljallangan apparat va dasturiy ta’minotga ega qurilmalar tarmog‘i.

A) Buyumlar Interneti (ing. Internet of things – IoT); B) Smart qurilma; C) TACS (ingl. Total Access Communications System); D) GSM (ing. Global Systems for Mobile Communication)   

25. … – insonning real vaqtda virtual voqelikdagi obyektlar bilan o’zaro muloqotda bo’lishi, ularga ta’sir ko’rsatishi.

 A) Virtual voqelik (ingl. virtual reality – VR); B) Periferik qurilma; C) Immersivlik; D) Interfaollik;

Muallif F. Mansurov

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan