Dars maqsadi:
- Ta’limiy: O’quvchilarga axborotli olam muammolari va internet mavzusini o’rgatish;
- Tarbiyaviy: O’quvchilarni vatanga sodiq va fidoiy qilib tarbiyalash, milliy va umummadaniy qadriyatlarimiz asosida tarbiyalash;
- Rivojlantiruvchi: O’quvchilarda axborotli olam muammolari va internet mavzusi bo’yicha bilim, ko’nikma, malaka va kompetensiyalarini rivojlantirish.
Dars uchun umumiy kompetensiya:
- Axborotlar bilan ishlash;
- O’z-o’zini rivojlantirish;
- Milliy va umummadaniy;
- Matematik savodxonlik.
Fanga oid kompetensiya:
O’quvchilarda hujjatlarda internetdan foydalanish ko’nikmalari rivojlangan. Ixtiyoriy kompyuterda internetda ishlay olish.
Darsning borishi:
- Tashkiliy qism
- Salomlashish:
- Davomatni aniqlash:
- Siyosiy daqiqa (Bugungi kun axborot va texnologiya yangiliklari):
- Yangi mavzu bayoni:
Internetdan hamma foydalanishni xohlaydi. Internet – dunyo bo‘ylab joylashgan va yagona tarmoqqa birlashtirilgan minglab kompyuter tarmoqlarining majmuidir. Internetda axborot almashish standart qoidalar asosida amalga oshiriladi.
INTERNET TARIXI
O‘zgarib va rivojlanib turuvchi olam yoki jamiyat haqidagi turli xil ko‘rinishga ega katta hajmdagi axborotlar dunyoning deyarli hamma mamlakatlarida yig‘ilib bormoqda. Bu ma’lumotlardan foydalanish zamonaviy axborot texnologiyasi vositalarisiz katta mablag‘ va vaqt talab etadi. Bunday muammolar Internet (ingliz tilidagi interconnected network iborasining qisqartmasi, ma’nosi: Xalqaro kompyuter tarmog‘i) ning tashkil etilishi bilan hal etildi.
Internet dastlab bir necha harbiy tadqiqotchilik markazlari o‘rtasida axborot resurslaridan birgalikda foydalanish maqsadida tashkil etildi. Bunga XX asrning 70yillari boshlarida AQSH Mudofaa Vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan ARPANet aloqa tarmog‘i asos bo‘lgan. ARPANet – buzilgan aloqa bo‘g‘inlarini avtomatik ravishda aylanib o‘tishga va tarmoqdagi kompyuterlarning ma’lumot almashishiga imkon beruvchi tuzilmadir.
Birinchi marta 1969yil 29oktyabrda ishga tushirilgan ARPANet tarmog‘ida oraliq masofa 640 km bo‘lgan LosAnjeles universiteti bilan Stenford tadqiqot markazi orasida bor yo‘g‘i 2 minut davomida axborot almashinilgan. Avvaliga bu tarmoq maxfiy hisoblangan. Keyinchalik bu tarmoqqa AQSHning boshqa universitet, kollej va tashkilotlari ham ulangan. 1973yilda transatlantik telefon kabeli o‘tkazilganidan keyin ARPENet tarmog‘iga Yevropaning o‘quv yurtlari va tashkilotlari ulandi. Shu tariqa bu tarmoq Internet tarmog‘iga aylandi.
Internet tarmog‘i biror tashkilotga bo‘ysunmaydi, lekin davlatlar, ilmiy va ta’lim muassasalari, tijorat strukturalari va millionlab xususiy shaxslar tomonidan moliyalashtiriladi. Tarmoq taklif etilgan ko‘ngillilar tomonidan tashkil etilgan «Internet arxitekturasi bo‘yicha kengash» tomonidan boshqariladi.
INTERNET VA WWW
Internet dunyo bo‘ylab joylashgan va yagona tarmoqqa birlashtirilgan minglab kompyuter tarmoqlarining majmuidir. Hozirgi kunda Internet dunyo bozorini o‘rganishda va savdosotiq ishlarini tashkil etishda zamonaviy biznesning eng muhim vositalaridan biriga aylanib bormoqda. Internet o‘zaro aloqa bog‘lash yoki ma’lumotlar almashish tarmog‘i bo‘libgina qolmasdan, unda mavjud bo‘lgan ma’lumotlar ombori dunyo bilimlar omborini tashkil etadi.
Internetning kompyuterlar bilan bog‘liq bo‘lgan narsalardan muhim farqi shundaki, u o‘zi haqidagi ma’lumotlarni ham o‘zida saqlay oladi.
Kompyuterlarning axborotlarni telefon tarmoqlari orqali yubora olishiga imkon beruvchi modem qurilmasi sababli shaxsiy komp yuteri va telefoni bor millionlab kishilar tarmoqning maxsus qurilmalarisiz ham Internetdan foydalana olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Internetda axborot almashish standart qoidalar asosida amalga oshiriladi. Internetdagi ma’lumotlarni uzatish qoidalari protokollar (masalan, TCP/IP – TRANSMISSON CONTROL PROTOKOL / INTERNET PROTOKOL) deb ataladi.
TCP/IP protokolining axborotni uzatish usuli quyidagicha:
Internet xizmatlari foydalanuvchiga keng imkoniyatlar ochib beradi. Masalan:
– elektron pochta (Email) – bir nechta foydalanuvchi orasida ma’lumot almashish imkoniyati;
– chat – real vaqtda ma’lumot almashish imkoniyati;
– telekonferensiya – jamoa bilan ma’lumot almashish imkoniyati;
– WWW (World Wide Web) – turli ko‘rinish va shakldagi axborot manbalarini birlashtirgan yagona axborot olamidan foydalanish imkoniyati.
1992–93yillarda axborot texnologiyasining rivojlanishi sababli tasviriy va tovushli axborotlarni olis masofalardan qisqa vaqtda uzatishning shunday imkoniyati yaratilganki, u World Wide Web debnomlangan.
World Wide Web (ma’nosi: xalqaro o‘rgimchak to‘ri)ning yaratilishiga 1989yil Shveysariyadagi Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Kengashining loyihasi asos bo‘ldi. Bu loyihaning maqsadi Internetda axborot tarqatishning samarali usullarini izlash va uning oqibatlarini kuzatishdan iborat edi. Hozirgi kunda World Wide Web Internetning eng tez rivojlanayotgan sohalaridan biri bo‘lib qoldi. World Wide Web multimedia (multimedia – rasm va matnli axborotni tovushli va harakatdagi shakllardan iborat axborot bilan birlashtirish texnologiyasi) imkoniyatlariga ega bo‘lgani uchun foydalanuvchilar e’tiborini juda tez qozondi.
WWW TARKIBI
WWWda axborot maxsus sahifalarda, ya’ni Web-sahifalarda joylashadi. Websahifaga matn, rasm, tovush, videotasvir va hokazo ko‘rinishdagi axborotlarni joylashtirish mumkin. Bu esa o‘z navbatida, reklama, tijorat, ta’lim va boshqa ko‘pgina soha vakillariga beqiyos imkoniyatlar ochib berdi.
WWWning ommalashishiga yana bir omil gipermatndir. Gipermatn websahifaning biror qismiga yoki boshqa Websahifaga bog‘liqligini ko‘rsatuvchi ilova bo‘lib, u so‘z yoki rasm bo‘lishi mumkin. Gipermatn yordamida Websahifaning kerakli qismiga yoki boshqa Websahifaga tez va oson o‘tiladi, bu hol kerakli qism yoki Websahifaga gipermurojaat deb ataladi. Websahifada rasmga, ismsharifga, tug‘ilgan mamlakati nomiga gipermurojaat joylashtirilgan bo‘lib, gipermurojaat tanlangach, yangi websahifa ochiladi.
Bitta tashkilot yoki xususiy shaxsga tegishli va mazmuniga ko‘ra o‘zaro bog‘langan bir nechta Websahifalar majmui Web-sayt deyiladi. Masalan, quyidagi rasmda ziyonet.uz websaytining 100 dan ortiq websahifalaridan biri – «Arboblar» deb nomlangan websahifa aks etgan:
Websaytni kitobga, websahifani esa kitobning sahifasiga o‘xshatish mumkin. Websaytdagi websahifalar o‘zaro gipermatn yordamida bog‘lanadi. Websaytlar ham, Websahifalar ham Web-server deb ataluvchi Internetga ulangan maxsus kompyuterlarda saqlanadi va o‘z manziliga ega bo‘ladi. Bu manzil URL (ingliz tilida: Uniform Resourse Locator – zahiraning takrorlanmas ko‘rsatkichi ma’nosini anglatadi) deb ataladi. URL Internetga murojaat qilishning eng oddiy va qulay usuli bo‘lib, u takrorlanmas manzilni ifodalaydi. URL bir necha bo‘g‘indan iborat bo‘lgan Internet tarmog‘idagi axborot zahirasi manzilidir.
Masalan: http://www.eduportal.uz/webmaktab.html
URL manzil quyidagilardan tashkil topadi:
http – bog‘lanish protokoli; www.eduportal.uz – axborot saqlanayotgan provayder (server) nomi; webmaktab.html – sayt (fayl) nomi.
Provayderlar (ingl. provide – imkon berish, ta’minlash) – Internetning ba’zi qismlaridan foydalanishga imkon beruvchi va foydalanuvchilarga turli xizmatlarni ko‘rsatuvchi firmalardir. Provayderlar bir necha yuz ming mijozga xizmat ko‘rsatish va axborotlarni yuborish uchun maxsus yuqori tezlikdagi aloqa kanallaridan foydalanadilar. Har bir davlatda Internet tizimining ishlash sifati kanallarning o‘tkazuvchanlik kuchiga bog‘liq.
O‘zbekistonda Internetdan foydalanish boshlangan dastlabki davrlarda ma’lumot yuborish va qabul qilish tezligi unchalik kata bo‘lmagan. Masalan, 2002yilda 8,5 Mb/s ni tashkil etgan bo‘lsa, hozirgi kunda Internet tarmog‘ida ulanishni ta’minlovchi xalqaro kanallar o‘tkazuvchanlik qobiliyatining rivojlanishi natijasida 2,5 Gb/s dan oshdi.
QISQACHA QIZIQARLI MA’LUMOT
Internetning foydali jihatlari ko‘p. Bugun u bilim manbayi hamdir. O‘zbekistonda bu – ZiyoNET ta’lim tarmog‘i. O‘zbekist on Respublikasi Birinchi Prezidentining 2005yil 28sentyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq 2006yilda «ZiyoNET» jamoat axborot ta’lim tarmog‘i tashkil etildi. «ZiyoNET» ta’lim tarmog‘i o‘qituvchi, talaba va o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan webmanbalar orasida eng yirigidir. Uning asosiy maqsadlari – yoshlarni, murabbiylarni, shun ingdek, aholining turli qatlamini kerakli axborot bilan ta’minlash, ularga axborot texnologiyalari sohasidagi kerakli ma’lumotlarni olish, muloqot qilish va tajriba almashinishlar uchun zarur imkoniyatlar berish. Bu tarmoqdan ma’lumot olish uchun ziyonet.uz webportaliga kirish kifoya.
Yangi mavzuni mustahkamlash:
1. Internet deganda nimani tushunasiz?
2. Internetda axborot uzatish protokoli deganda nimani tushunasiz?
3. Internet xizmatlari haqida o‘z tajribangiz asosida qisqacha ma’lumot bering.
4. World Wide Web haqida ma’lumot bering.
5. Websahifa va gipermatn bog‘liqligi haqida so‘zlab bering.
6. Websayt nima?
7. Internetdagi websahifalar qayerda saqlanadi?
8. Provayder haqida so‘zlab bering.
9. «http://ziyonet.uz/arboblar/fan/astonomlar» URL manzilini tahlil etib bering.
Uyga vazifa: Yangi mavzuga tayyorgarlik ko’rish.