Summativ baholash haqida
Summativ baholash — o’qishning ma’lum bir davrida (o’quv dasturining bolim va boblari, choraklik, o’quv yili oxirida) o’quvchining davlat ta’lim standarti va o’quv dasturlarida belgilangan kompetensiyalarni egallaganlik darajasini rasmiy baholash jarayoni bo’lib, test, yozma ish, og’zaki suhbat, loyiha ishi, taqdimot ishlari, amaliy mashg’ulot, laboratoriya ishi, ijodiy ishlar va shu kabi boshqa shakllar yordamida amalga oshiriladi.
Bunda, o’qituvchi summativ baholash natijasida o’quvchining o’zlashtirishidagi ehtimoliy bo’shliqlarni aniqlaydi, ularni o’quvchi bilan birgalikda bartaraf qilish bo’yicha ishlaydi.
Bob bo’yicha summativ baholash uchun olingan nazorat ishlari natijasi yuzasidan topshirilishi kerak bo’ladigan hisobot tayyorlash uchun elektron jadval namunasi.