Salom do‘stlar. Bugun sizlar bilan ko‘pchiligingizga m’alum va tanish bo‘lgan jarayon kompyuter sinf xonasidagi kompyuterlarga qanday qilib bir hil va kerakli dasturlari bilan birga windows operatsion tizimini o‘rnatish bo‘yicha foydali bo‘lgan dastur haqida fikrlashmoqchiman.

Bu Dism tizim konsolining grafik interfeysi bo‘lgan Dism++ dasturi. Dastur konsol vositasining barcha xususiyatlarini emas, balki ularning faqat bir qismini amalga oshiradi. Va bundan tashqari, u Windows-ni optimallashtirish va uning ba’zi muammolarini hal qilish uchun qo‘shimcha funktsiyalarni ham taqdim etadi. Do‘stlar keling dastlab Dism++ nima ekanligini, uning imkoniyatlarini ko‘rib chiqamiz.

Demak, Dism++ dasturi bu Windows Dism standart konsol vositasining (dism.exe) ba’zi imkoniyatlarini amalga oshiradigan grafik interfeys. Dasturni o‘rganishdan avval uning konsolli ko‘rinishi bilan tanishib chiqish mantiqan to‘g’ri bo‘ladi.

Dism nima?

Dism (Deployment Image Servicing and Management) – bu Windows operatsioan tizimining Vista turkumidan mavjud bo‘lgan obrazlariga xizmat ko‘rsatish va boshqarish tizimi.

Ushbu vosita yordamida ko‘plab jiddiy jarayonlarni bajarish mumkin. Masalan:

  • Windows o‘rnatuvchisini tahrirlash (drayverlarni, tarkibiy qismlarni, yangilanishlarni, til paketlarini olib tashlash / birlashtirish, nashrlarni olib tashlash / qo‘shish, WIMBoot kabi texnologiyalarni qo‘llash va hk);
  • Windows o‘rnatuvchisi fayllari (WIM, ESD, SWM) formatlarini almashtirish;
  • Tizimning zaxira nusxasini yoki moslashtirilgan turkumini yaratish uchun Windows-ni o‘rnatilgan holatidan WIM yoki ESD obraz faylga yozib olish;
  • Disk bo‘limlariga WIM-yoki ESD-Windows obrazlarini joylashtirish;
  • Drayverlarni o‘rnatish / olib tashlash, ularni eksport qilish;
  • Tizim papkalarini tozalash;
  • Va hokazo.

Dism bilan ishlash buyruq satri yordamida amalga oshiriladi va bu ushbu vositadan foydalanishda tushunmovchiliklarni keltirib chiqaradi. Agar siz buyruq satri bilan ishlashning o‘ziga xos xususiyatlarini yaxshi bilmasangiz, shunchaki dastur buyruqlari haqidagi ma’lumot yetarli bo‘lmaydi. O‘rganish uchun sizga aniq bosqichma-bosqichli qo‘llanma kerak bo‘ladi. Dism++ dasturi esa Dism standart konsolining grafik interfeysi bo‘lib, yuqorida aytilgan muammoni to‘liq bo‘lmasada bartaraf etadi.

Dism++ – bu boshlang’ich kodli ochiq bepul dastur bo‘lib, xitoylik ishlab chiquvchilar tomonidan yaratilgan. Dastur Windowsning barcha amaldagi versiyalarida ishlaydi.

Shu joyda dastur haqidagi ma’lumotlarni to‘xtatib tursakda, maqolaning asl maqsadi, kompyuter sinf xonasidagi kompyuterlarga qanday qilib bir xil va kerakli dasturlari bilan birga windows operatsion tizimini o‘rnatish bo‘yicha amallarni bajarishga o‘tsak.

Agar siz sistema administratori yoki informatika xonasi mudiri bo‘lsangiz zimmangizga sinf xonasidagi kompyuterlar sozligini ta’minlash yuklatilgan bo‘ladi. O‘quvchilar kompyuterlardan foydalanish vaqtida bilib yoki bilmasdan operatsion tizim fayllarini o‘chirib tashlashi yoki tizimni o‘zgartirib yuborishlari mumkin. Buning oqibatida keyingi o‘quvchi amaliy darslarni o‘zlashtirishi yoki o‘rganishida noqulaylik tug’diradi. Nosozliklarni to‘g’rilash mumkin albatta, lekin, kompyuter tizimdan chiqib ketgan bo‘lsa uni qayta o‘rnatish kerak bo‘ladi. Bu esa sizdan ortiqcha vaqt va mehnat sarf qilishingizni talab etdi. Dsim++ dasturi sizni ushbu muammodan xalos etadi.

Demak maqasadimiz operatsion tizimni qayta o‘rnatish va shu bilan birga barcha kerakli dastur va drayverlarni ham o‘rnatish bo‘lsa quyidagilarni ketma-ket bajarib ko‘ring.

Dastlab sinfxonada yaxshi ishlaydigan kompyuterga operatsion tizim o‘rnatiladi. Buning uchun windows o‘rnatuvchisi maxsus usul bilan yo‘zilgan flesh disk (fleshka) bo‘lishi kerak. Kerakli drayver va dasturlar to‘plami o‘rnatilib kompyuter sozlanadi. Dism++ dasturini ishga tushirib rasmda ko‘rsatilgandek Управление загрузкой → Бекап системы buyrug’I beriladi. Natijada rasmda ko‘rib turganingiz, muloqot oynasi ochiladi. Undan Обзор tugmasini bosib zaxira fayl yoziladigan, C:\ diskdan boshqa manzilni ko‘rsatamiz. 

Masalan D:\ install.wim. E’tibor bering, zahira faylni nomi albatta “Install” bo‘lishi shart. Kengaytmani esa dasturni o‘zi qo‘yadi. “Ok” tugmasi bosilgach Dism++ dasturi o‘rnatilgan operatsion tizimdan nusxa ko‘chirishnni boshlaydi.

         Jarayon ko‘mpyuter tezligi va o‘rnatilgan operatsion tizimni dasturlari bilan egallaydigan xajmidan kelib chiqib uzoqroq davom etishi mumkin.

         Sizda avval boshida tizimni o‘rnatish uchun foydalangan windows o‘rnatuvchi yozilgan flesh disk (fleshka) dagi fayllar va papkalar ichidan “Sources” papkasini toping. Dsim++ dasturi saqlagan “Install.wim” faylini anashu “Sources” papka ichiga eskisini almashtirish yo‘li bilan ko‘chiring.

Barchasini to‘g’ri bajargan bo‘lsangiz endi sizda sinfingizdagi kompyuterlar uchun windows operatsion tizimini kerakli drayver va dasturlar to‘plamiga ega turkumi mavjud bo‘di. Undan har gal foydalanganingizda operatsion tizim kerakli dasturlaringiz bilan birga o‘rnaydi! 

Ha yana bir eslatma! Ba’zi windows o‘rnatuvchi dasturlar to‘plami “Install.wim” fayliga ega bo‘lmasligi mumkin. Uning o‘rniga ESD yoki boshqa kengaytmali fayl bo‘lishi mumkin.

Muallif F. Mansurov

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan