Bugungi kunga kelib deyarli barcha ta’lim muassasalarida elektron doskalardan faol foydalanilmoqda. Ulardan foydalanish jarayonida turli xil kutilmagan nosozliklar ham kuzatilmoqda. Bunga quyidagicha misollar keltirish mumkin:

  • Elektron doskani qulflanib qolishi;
  • Elektron doskaga biriktrilgan mini kompyuterni ishlamay qolishi;
  • Mini kompyuter operatsion tizimidagi xatolik va uni yuklanmasligi.

Hozirgi fikrlashadigan ma’lumotlarim ham aynan anashu mini kompyuter operatsion tizimi haqida bo’ladi. Aslida elektron doskadan mini kompyuterni ajratib olsangiz ham doska (androd tizimida) ishlayveradi, faqat unda windows (operatsion tizimi) bo’lmaydi.

      Kimgadir bu noqulaylik keltirishi mumkin. Ta’lim jarayonida elektron doska to’liq va mukammal ishlab turgani ma’qul. Agar kimdadir shunday nosozlik bo’lsa uni o’zi mustaqil bartaraf etishi mumkin.

Agar yuqoridagi kabi elektron doskada windows bilan bog’liq muammo bo’lsa va sizda uni bartaraf etishni imkoni bo’lmasa, o’ylab o’tirmasdan windows operatsion tizimini qayta o’rnating. Windows operatsion tizimi elektron doskaga emas, balki undagi mini kompyuterga o’rnatiladi. Shuning uchun xech ham havotirga o’rin yo’q, elektron doska ishdan chiqib yaroqsiz bo’lib qolmaydi.

“Windows” ni oddiy holatda shaxsiy kompyuterlarga qanday o’rnatgan bo’lsangiz, elektron dokada ham shunday amallarni bajarasiz. Dastlab quyidagi kerakli anjomlarni tayyorlab olish kerak:

  • Tizimli flesh disk (Operatsion tizim o’rnatuvchisi);
  • Klaviatura va sichqoncha.

Ishni “BIOS” ni sozlashdan boshlaymiz. Buning uchun elektron doskadan kompyuter rejimiga o’tib olamiz. Klaviaturadan Ctrl+Alt+Del tugmalarini bosib kompyuterni (Перезагрузка) qayta yoqamiz. “BIOS”ga kirish uchun klaviaturadagi F2 yoki Del tugmalaridan foydalanamz. “BIOS” muhitida “BOOT” bo’limiga o’tib yuklanish uchun birinchi qurilma sifatida flesh diskni belgilab qo’yamiz.

         “BIOS”da bajarilgan o’zgarishlarni saqlab undan chiqamiz. Natijada elektron doska kompyuter rejimida qayta o’chib yonadi va operatsion tizimni o’rnatish jarayoni boshlanadi.

         Agar siz usbu maqolani shu yergacha o’qigan bo’lsangiz demak sizda kompyuterlarga operatsion tizim o’rnatish bo’yicha ko’nikma bor. Shuning uchun jarayonni qolgan qismini tushuntirib o’tirishga xojat yo’q deb o’ylayman!

Muallif F. Mansurov

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan