Dars maqsadi:
- Ta’limiy: O’quvchilarga hujjatlarga tasvir va hoshiya qo’shish mavzusini o’rgatish;
- Tarbiyaviy: O’quvchilarni vatanga sodiq va fidoiy qilib, milliy va umummadaniy qadriyatlarimiz asosida tarbiyalash;
- Rivojlantiruvchi: O’quvchilarda hujjatlarga tasvir va hoshiya qo’shish mavzusi bo’yicha bilim, ko’nikma, malaka va kompetensiyalarini rivojlantirish.
Dars uchun umumiy kompetensiya:
- Axborotlar bilan ishlash;
- O’z-o’zini rivojlantirish;
- Milliy va umummadaniy;
- Kompyuter savodxonlik.
Fanga oid kompetensiya:
O’quvchilarda hujjatlarga tasvir va hoshiya qo’shish mavzusi yuzasidan ko’nikmalari rivojlangan. Ixtiyoriy kompyuterda hujjatlar tayyorlay oladi.
Darsning borishi:
- Tashkiliy qism:
- Salomlashish:
- Davomatni aniqlash:
- Siyosiy daqiqa (Bugungi kundagi axborot texnologiya yangiliklari)
Yangi mavzu bayoni:
Tasvir qoʻshish
Tasvirni joylashtirish uchun kursor kerakli qatorga joylashtiriladi va Insert (Вставка – kiritish) menyusi tanlanadi.
Pictures (Картинки – Rasmlar) tugmasi orqali qoʻshmoqchi boʻlgan rasmni topishingiz mumkin. Tanlashingiz uchun oʻqituvchi tomonidan rasmlar toʻplami yaratilgan bo’lsa, shu to’plamdan foydalanishingiz mumkin.
Agar Insert (Вставить-kritmoq) tugmasini bossangiz, hujjatga rasm joylashganini koʻrasiz.
Kalit so’zlar |
Tasvir: rasm, fotosurat yoki diagramma. Joylashtirish: ma’lum bir joyga biror narsa joylashtirish. |
Hoshiya qoʻshish
Design (Дизайн – Dizayn) menyusi orqali hujjatga hoshiya qoʻshish mumkin.
Page Borders (Границы страниц – Sahifa chegaralari) tugmasi orqali sahifa uchun hoshiyani joylashtirsangiz bo‘ladi.
Bu yerda sahifa uchun hoshiya va shu hoshiya uchun ko‘rinish, rang va uning qalinligini tanlash mumkin.
Yangi mavzuni mustahkamlash:
1-mashg‘ulot
Oʻqituvchi tomonidan berilgan “Menyu.docx” hujjatini oching. “Bizda tanlashingiz uchun turli sabzavotlar ham mavjud” va “Bizning taomlarimiz sizga yoqadi, deb umid qilamiz” qatorlari orasiga “Sabzavotlar.jpg” rasmini joylashtiring.
2-mashg‘ulot
“Menyu.docx” hujjatiga hoshiya qoʻshing. Quyidagi ko‘rinishdagi (nuqtadan iborat chiziq) hoshiyani tanlang: ………………
Hoshiyani 1pt kenglikda va koʻk rangga o‘zgartiring.
3-mashg‘ulot
“Menyu.docx” hujjatida hoshiyani oʻzgartiring. Yulduzlardan tashkil topgan bezakli hoshiyani tanlang.Uyga vazifa:Mavzuga oid atamalarni o’zlashtirish. Qo’shimcha ravishda mustaqil mashqlar bajarish.