Dars maqsadi:

  • “Mantiqiy amallar va mantiqiy elementlar” mavzusi nazariyasini o’rganish
  • O’quvchilarda mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, muloqot qilishga o’rgatish, olgan bilimlarni amalda qo’llash ko’nikmasini o’stirish.

Dars turi: Kombinatsiyalashtirilgan dars.

  • Ko’rgazmali qurollar va tarqatmali vositalar:
  • Kompyuter;
  • Video proyektor;
  • MS PowerPoint dasturida tayyorlangan dars taqdimoti;
  • “Kompyuter texnikasi vositalari” mavzusida tayyorlangan test savollari;
  • O’tilgan mavzuni mustahkamlash uchun tarqatmalar;
  • Uy vazifasi uchun tarqatmali vositalar.

Dars rejasi:

  1. Tashkiliy qism (1 min.)
  2. O’tgan mavzuni (mustahkamlash) tekshirish  (10 min.)
  3. Yangi mavzuni o’rganish (20 min.)
  4. O’tilgan mavzuni mustahkamlash (устная работа, 5 min.)
  5. Dars yuzasidan xulosa (2 min.)
  6. Uyga vazifa berish (2 min.)

Darsning borishi

1. Tashkiliy qism.

Maqsad: o’quvchilarni darsga tayyorlash.

Dars mavzusi e’lon qilinadi. O’quvchilar oldiga vazifa qo’yiladi: kompyuter texnikasi vositalari haqida gapirib berish.

2. O’tgan mavzuni mustahkamlash.

“Ta’limiy Test” dasturi yordamida “Kompyuter texnikasi vositalari” mavzusiga oid test sinovi o’tkazish

3. Yangi mavzuni o’rganish.

O’rganish uchun savollar:

  1. Sodda va murakkab mulohazalr.
  2. Mantiqiy amallar.

Yangi mavzuni tushuntirishda PPT taqdimot slaydlaridan foydalaniladi.

1. Sodda va murakkab mulohazalr.

Mulohazalar sodda va murakkab bo’lishi mumkin. Biror shart yoki usul bilan bog’lanmagan hamda faqat bir holatni ifodalovchi mulohazalar sodda mulohazalar deyiladi. Sodda mulohazalar ustida amallar bajarib, murakkab mulohazalarni hosil qilish mumkin.

2. Mantiqiy amallar.

Yangi mavzuni tushuntirish jarayonida o’quvchilar daftarda quyidagi jadvalni chizib, uni ma’lumot bilan to’ldiradilar.

Mantiqiy amalning nomiMantiqiy amal belgisiMantiqiy amal bajarilishi natijasiRostlik jadvaliMisollar
Ko’paytirish    
Qo’shish    
Inkor    

Odatda murakkab mulohazalar sodda mulohazalardan “VA”, “YOKI” kabi bog’lovchilar, “EMAS” shaklidagi ko’makchilar yordamida tuziladi. Shunga ko’ra mantiqiy amallar sifatida quyidagilardan foydalaniladi:

  • VA (mantiqiy ko’paytirish, konyunksiya)
  • EMAS (mantiqiy inkor, inversiya);
  • YOKI (mantiqiy qo’shish, dizyunksiya);

Mantiqiy ko’paytirish amali (Konyunksiya)

A va B sodda mulohazalar bir paytda rost bo’lgandagina rost bo’ladigan yangi (murakkab) mulohazani hosil qilish amali mantiqiy ko’paytirish amali deb ataladi.

Bu amalni konyunksiya (lot. Conjunction – bog’layman) deb ham atashadi. Mantiqiy ko’paytirish amali ikki yoki undan ortiq sodda mulohazalarni “VA” bog’lovchisi bilan bog’laydi hamda “A va B”, “A and B”, “A ˄ B”, “A ∙ B” kabi ko’rinishda yoziladi. Mantiqiy ko’paytirishni ifodalaydigan quyidagi jadval rostlik jadvali deb ataladi:

ABA˄B
111
100
010
000

Mantiqiy qo’shish amali (Dizyunksiya)

A va B mulohazalaming kamida bittasi rost bo’lganda rost bo’ladigan yangi murakkab mulohazani hosil qilish amali mantiqiy qo’shish amali deb ataladi.

Bu amalni dizyunksiya (lot. Disjunction – ajrataman) deb ham atashadi. Mantiqiy qo’shish amali ikki yoki undan ortiq sodda mulohazalarni “YOKI” bog’lovchisi bilan bog’laydi hamda “A yoki B”, “A or B” , “A˅B”, “A+B” kabi ko’rinishlarda yoziladi.

Mantiqiy qo’shish amalining rostlik jadvali quyidagicha:

ABA˅B
111
101
011
000

Mantiqiy inkor amali (Inversiya)

A mulohaza “rost” bo’lganda “yolg’on”, “yolg’on” bo’lganda esa “rost” qiymat oladigan mulohaza hosil qilish amali mantiqiy inkor amali deb ataladi.

Bu amalni inversiya (lot. Inversion – to’ntaraman) deb ham atashadi. Mantiqiy inkor amali “A EMAS”, “not A”, “˥A”, “A” ko’rinishlarda yoziladi. Mantiqiy inkor amalining rostlik jadvali quyidagicha:

A˥A
10
01

Ko’rinib turibdiki, mantiqiy o’zgaruvchilar, munosabatlar, mantiqiy amallar va qavslar yordamida mantiqiy ifodalar hosil qilish mumkin ekan.

Mantiqiy ifodalarda mantiqiy amallar quyidagi tartibda bajariladi: inkor (˥), mantiqiy ko’paytirish (˄), mantiqiy qo’shish (˅).

Teng kuchli yoki bir xil amallar ketma-ketligi bajarilayotganda amallar chapdan o’ngga qarab tartib bilan bajariladi. Ifodada qavslar ishtirok etganda dastlab qavslar ichidagi amallar bajariladi. Ichma-ich joylashgan qavslarda eng ichkaridagi qavs ichidagi amallar birinchi bajariladi.

4. O’tilgan mavzuni mustahkamlash

Mavzuni mustahkamlash uchun o’quvchilarga quyidagicha tarqatma tarqatiladi.

5. Dars yuzasidan xulosa

Aytigchi, bugungi dars sizlarga tushunarli bo’ldimi?

Darsda ko’proq nima esingizda qoldi?

6. Uyga vaziva berish

  1. Darslikda berilgan mavzuga oid 1,2,3 – mashqlarni bajarish
  2. Test sinoviga tayyorgarlik ko’rish.
  3. Quyidagi savollar javobini o’rganish:
    • Qanday mulohazalarni bilasiz?
    • Qanday mulohazar sodda mulohazalar deyiladi?
    • Qanday mulohazar murakkab mulohazalar deyiladi?
    • Mantiqiy amallar va ularning hususiyatlari.

Muallif F. Mansurov

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan