Python dasturlash tilini yaratilishi 1980-yil oxiri 1990-yil boshlaridan boshlangan. O`sha paytlarda uncha taniqli bo`lmagan Gollandiyaning CWI instituti xodimi Gvido van Rossum ABC tilini yaratilish loyihasida ishtirok etgan edi. ABC tili Basic tili o`rniga talabalarga asosiy dasturlash konsepsiyalarini o`rgatish uchun mo`ljallangan til edi. Bir kun Gvido bu ishlardan charchadi va 2 hafta davomida o`zining Macintoshida boshqa oddiy tilning interpretatorini yozdi, bunda u albatta ABC tilining ba’zi bir g`oyalarini o`zlashtirdi. Shuningdek, Python 1980-1990-yillarda keng foydalanilgan Algol-68, C, C++, Modul3 ABC, SmallTalk tillarining ko`plab xususiyatlarini o`ziga olgandi. Gvido van Rossum bu tilni internet orqali tarqata boshladi. Bu paytda o`zining “Dasturlash tillarining qiyosiy taqrizi” veb sahifasi bilan internetda to 1996-yilgacha Stiv Mayevskiy ismli kishi taniqli edi. U ham Macintoshni yoqtirardi va bu narsa uni Gvido bilan yaqinlashtirdi. O`sha paytlarda Gvido BBC ning “Monti Paytonning havo sirki” komediyasining muxlisi edi va o`zi yaratgan tilni Monti Payton nomiga Python deb atadi (ilon nomiga emas).

Til tezda ommalashdi. Bu dasturlash tiliga qiziqqan va tushunadigan foydalanuvchilar soni ko`paydi. Boshida bu juda oddiy til edi. Shunchaki kichik interpretator bir nechta funksiyalarga ega edi. 1991-yil birinchi OYD (Obyektga Yo`naltirilgan Dasturlash) vositalari paydo bo`ldi.

Bir qancha vaqt o`tib Gvido Gollandiyadan Amerikaga ko`chib o`tdi. Uni CNRI korparatsiyasiga ishlashga taklif etishdi. U o`sha yerda ishladi va korparatsiya shug`ullanayotgan loyihalarni Python tilida yozdi va bo`sh ish vaqtlarida tilni interpretatorini rivojlantirib bordi. Bu 1990-yil Python 1.5.2 turkumi paydo bo`lguncha davom etdi.

Gvidoning asosiy vaqti korparatsiyani loyihalarini yaratishga ketardi bu esa unga yoqmasdi. Chunki uning Python dasturlash tilini rivojlantirishga vaqti qolmayotgandi. Shunda u o`ziga tilni rivojlantirishga imkoniyat yaratib bera oladigan homiy izladi va uni o`sha paytlarda endi tashkil etilgan BeOpen firmasi qo`llab quvvatladi. U CNRI dan ketdi, lekin shartnomaga binoan u Python 1.6 turkumini yakunlab berishga majbur edi. BeOpen da esa u Python 2.0 turkumni yaratdi.

Python 2.0 turkumi bu oldinga qo`yilgan katta qadamlardan edi. Bu turkumda eng asosiysi til va interpretatorni rivojlanish jarayoni ochiq ravishda bo`ldi.

Shunday qilib 1.0 turkumi 1994-yil chiqarilgan bo`lsa, 2.0 turkumi 2000-yil, 3.0 turkumi esa 2008-yil ishlab chiqarildi. Hozirgi vaqtda uchinchi turkumi keng qo`llaniladi.

PYTHON DASTURLASH TILI IMKONIYATLARI

Python – bu o’rganishga oson va shu bilan birga imkoniyatlari yuqori bo’lgan oz sonlik zamonaviy dasturlash tillari qatoriga kiradi. Python yuqori darajadagi ma’lumotlar strukturasi va oddiy lekin samarador obyektga yo’naltirilgan dasturlash uslublarini taqdim etadi.

Pythonning o’ziga xosligi

  • Oddiy, o’rganishga oson, sodda sintaksisga ega, dasturlashni boshlash uchun qulay, erkin va ochiq kodli dasturiy ta’minot.
  • Dasturni yozish davomida quyi darajadagi detallarni, misol uchun xotirani boshqarishni hisobga olish shart emas.
  • Ko’plab platformalarda hech qanday o’zgartirishlarsiz ishlay oladi.
  • Kengayishga (Расширяемый) moyil til. Agar dasturni biror joyini tezroq ishlashini  xoxlasak shu qismni C yoki C++ dasturlash tillarida yozib keyin shu qismni python kodi orqali ishga tushirsa (chaqirsa) bo’ladi.
  • Juda ham ko’p xilma-xil kutubxonalarga ega.
  • xml/html fayllar bilan ishlash
  • http so`rovlari bilan ishlash
  • GUI(grafik interfeys)
  • Web ssenariy tuzish
  • FTP bilan ishlash
  • Rasmli audio video fayllar bilan ishlash
  • Robot texnikada
  • Matematik va ilmiy hisoblashlarni programmalash

Pythonni katta loyihalarda ishlatish mumkin. Chunki, uni chegarasi yo`q, imkoniyati yuqori. Shuningdek, u sodda va universalligi bilan dasturlash tillari orasida eng yaxshisidir. 

PYTHON-NI O’RNATISH

Python-ni Windows-ga o’rnatish uchun avval uni rasmiy saytdan yuklab olamiz. Pythonni boshqa saytlardan yuklab olishni tavsiya etmayman. Pyton boshqa saytlardan yoki torrent orqali olingan bo’lsa, ularda virus bo’lishi mumkin.

Dasturtur bepul, https://python.org/downloads/windows/ saytiga o’tib, pythonni so’ngi turkumini yuklab oling.

Yuqorida rasmda ko’rsatilgan havolani faollashtirsangiz Python dasturi so’ngi turkumini yuklab olish uchun mo’ljallangan sahifasiga o’tasiz.

Ko’rib turganingizdek ushbu qo’llanma tayyorlanayotganda web-sahifada Python ning 3.8.5 turkumi berilgan.

Sichqonchadan foydalanib sahifani pastki qismiga o’tamiz. Bilsangiz kerak Windows operatsion tizimi ikki hil razryadli bo’ladi. 32(86) yoki 64, shunga ko’ra kompyuteringizga o’rnatilgan operatsion tizm razryadiga qarab kerakli turkumdagi havolani tanlaysiz.  

Pythonni yuklab olgan bo’lsangiz endi uni o’rnatamiz. Buning uchun quyidagi rasmda berilgandek Payton o’rnatuvchisi ustiga sichqoncha ko’rsatgichi olib kelib chap tugmachasini ikki marta bosamiz.   

Operatsion tizim ogohlantiryapti – “Internetdan olingan fayllar foydalidir, lekin kompyuterni ishdan chiqarishi mumkin”. Biz faylni ishonchli manbadan olganimiz uchun Запустить tugmasini bosamiz.  Natijada dastur o’rnatuvchisi ishga tushadi. Undan ko’rib turganingiz ‘Install Now’ bandini tanlaymiz

O’rnatish jarayoni boshlandi…

Ma’lum vaqt o’tgach ekranda quyidagi qutlov oynasi paydo bo’ladi. Bu Python dasturini kompyuterga o’rnatilganligini bildiradi.

‘Close’ tugmasini bosib oynani yopamiz.

Mana hurmatli o’quvchilar siz ham huddi shu ketma-ketlikda amallarni bajarishni uddalagan bo’lsangiz, tabriklayman, Python dasturi kompyutreringizga o’rnatildi!

Muallif F. Mansurov

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan