1. Fayllar va printerlar kabi umumiy resurslarni ta’minlovchi kompyuter nomini ko‘rsating.
A) NIC; B) Server; C) Ish stansiyasi; D) Tarmoq xavfsizligi;
2. …– uzatishni boshqarish protokoli.
A) IP; B) SMTP; C) TCP; D) POP3;
3.Tarmoqqa ulangan barcha kompyuterlar nima deb ataladi?
A) Ish stansiyalari; B) Serverlar; C) Kirish moslamalari; D) Tarmoq dasturlari;
4. … – ma’lumotlarni Internet orqali yetkazib berishni belgilaydigan qoidalar to‘plami.
A) WWW; B) Internet protokoli; C) TCP; D) POP3;
5. Aloqa qilish uchun kabel emas, balki radio to‘lqinlaridan foydalanadigan tarmoq nima deb ataladi?
A) WAN; B) LAN; C) GAN; D) WLAN;
6. … – veb-sahifa manzili.
A) URL; B) Protocol; C) Faks; D) HTML;
7. Quyidagilardan qaysi biri faqat tashkilot xodimlari uchungina mavjud bo‘lgan xususiy tarmoq?
A) Internet; B) WLAN; C) Intranet; D) LAN;
8. …– brauzerda veb-sahifalarni ko‘rish uchun standartlashtirilgan belgilash tili.
A) FTP; B) Protocol; C) Faks; D) HTML;
9. Quyidagilardan qaysi biri maktab yoki offis binosi kabi kichik maydonni o‘z ichiga olgan kompyuterlar tarmog’i?
A) WAN; B) LAN; C) GAN; D) PAN;
10. …– tarmoq har bir tugunini yagona identifikatsiyalash uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan yagona manzil.
A) IP; B) Internet protokoli; C) TCP; D) POP3;
11. Quyidagilardan qaysi biri tezkor xabar almashish dasturiga misol bo‘la oladi?
A) Wikipediya; B) Facebook; C) Telegram; E) YouTube;
12. …– skanerlangan va telekommunikatsiya aloqasi orqali ma’lumotlar sifatida uzatilgan hujjat (matn yoki rasm)ning aniq nusxasi.
A) Internet; B) SMTP; C) Faks; D) HTML;
13. Quyidagilardan qaysi biri FTP xizmatlarining dasturi emas?
A) Sof FTPd; B) FileZilla Server; C) ProFTPd; D) FT protokoli;
14. …– qurilmalar o‘rtasida ma’lumotlar uzatish uchun qoidalar majmui.
A) WWW; B) Protocol; C) Faks; D) HTML;
15. Internet orqali ixtiyoriy vaqtda TV dasturlarini ko‘rish imkoniyatini beruvchi xizmat turini ayting:
A) Streaming; B) WWW; C) VoIP; D) sun’iy yo‘ldosh televideniyesi;
16. …– yagona andaza asosida yuqori darajadagi kommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi jahon global kompyuter tarmog‘i.
A) Internet; B) Protocol; C) Faks; D) HTML;
17. HTTP – … .
A) gipertipni tashish protokoli; B) gipermatnni uzatish protokoli; C) gipermatnni uzatish jarayoni; D) gipertipni uzatish protokoli;
18. Shaxs dunyoning qayerida turganligini aniqlash uchun qo‘ldagi qurilma orqali sun’iy yo‘ldoshga asoslangan radionavigatsiyadan foydalanuvchi raqamli aloqa shakli?
A) GPS; B) HTTP; C) FTP; D) SMTP;
19. Kompyuter va tarmoq serverlari o‘rtasida (odatda, Internet orqali) fayllarni uzatish uchun ishlatiladigan standart tarmoq protokoli?
A) GPS; B) HTTP; C) FTP; D) WWW;
20. VoIP – ovozni raqamli signalga aylantiruvchi, to‘g‘ridan to‘g‘ri kompyuter, VoIP telefoni yoki boshqa ma’lumot uzatuvchi qurilmadan qo‘ng‘iroq qilish imkonini beruvchi texnologiya:
A) GPS; B) HTTP; C) FTP; D) VoIP;
21. DNS nimani anglatadi?
A) Domain Name System; B) Domen Noting Server; C) Domain Noting System; D) Domain Name Server;
22. IP-manzillar tarmoqda foydalanilishiga ko‘ra necha xil bo‘ladi?
A) 5 xil; B) 4 xil; C) 3 xil; D) 2 xil;
23. Tavsif qaysi topologiyaga tegishli?
«Agar markaziy kabel ishlamay qolsa, butun tarmoq ishlamay qoladi».
A) halqa; B) shina; C) yulduz; D) tо‘rli;
24. Svitch – … qurilma.
A) tarmoqdagi boshqa kompyuterlarni jalb qilmagan holda ma’lum kompyuterlar o‘rtasida ma’lumot almashuvchi; B) tarmoq orqali o‘tadigan barcha xabarlar to‘g‘risida qaror qabul qiluvchi; C) kompyuter yoki tarmoqni Internetga ulovchi; D) tarmoq qurilmalariga simsiz tarmoqqa simsiz ulanish imkonini beruvchi.
25. Simsiz tarmoq interfeys kartasi – _______ qurilma.
A) tarmoqdagi boshqa kompyuterlarni jalb qilmagan holda ma’lum kompyuterlar o‘rtasida ma’lumot almashuvchi; B) tarmoq orqali o‘tadigan barcha xabarlar to‘g‘risida qaror qabul qiluvchi; C) kompyuter yoki tarmoqni Internetga ulovchi; D) tarmoq qurilmalariga simsiz tarmoqqa simsiz ulanish imkonini beruvchi;