Simsiz klaviatura – bu foydalanuvchiga Wi-Fi va Bluetooth kabi radio chastotasi (RF) yoki infraqizil (IR) texnologiyasidan foydalangan holda kompyuterlar, planshetlar yoki noutbuklar bilan muloqot qilish imkonini beruvchi kompyuter klaviaturasi. Bugungi kunda bozorda simsiz klaviaturalar odatda simsiz sichqoncha bilan birga keladi.

Infraqizil texnologiyaga asoslangan simsiz klaviaturalar signallarni boshqa infraqizil qurilmalarga uzatish uchun yorug’lik to’lqinlaridan foydalanadi. Radio chastotali (RF) texnologiya bilan esa simsiz klaviatura 27 MGts dan 2,4 GGts oraliqda bo’lgan signallar yordamida aloqa qiladi. Bugungi kunda simsiz klaviaturalarning aksariyati 2,4 gigagertsli radiochastotada ishlaydi. Bluetooth simsiz klaviaturalar tomonidan keng qo’llaniladigan yana bir texnologiyadir. Bu klaviaturalar asos (kompyuterlar, planshetlar yoki noutbuklar) qurilmaga Bluetooth yordamida ulanadi va maʼlumotlar almashadi.

Simsiz klaviatura ikki qismdan foydalangan holda RF texnologiyasi yordamida ulanishi mumkin: uzatuvchi (1, 3) va qabul qiluvchi moslam (2). Radio uzatgich simsiz klaviatura ichida joylashgan. Radio qabul qiluvchi moslama (2) kompyuterning USB portiga ulanadi. Qabul qiluvchi moslama va uzatuvchi qurilma ulangandan so’ng, kompyuter klaviatura va sichqonchani xuddi kabel orqali ulangandek taniydi.

            Har qanday qurilmada bo’lgani kabi simsiz kalviatura va sichqonchalarda ham o’ziga hos afzallik va kamchilliklari mavjud.

Afzalliklari:

  • sim yo’q – qurilma stol atrofida erkin harakatlanishi yoki hatto uni xonaning istalgan boshqa joyiga qo’yish orqali ham foydalanish mumkin;
  • ish joyining yanada estetik ko’rinishi;
  • mebelni tozalash yoki qayta tartiblashda simning uzilishi xavfi yo’q.

Kamchiliklari:

  • ma’lumotni simsiz uzatishda biroz kechikishlar bo’lishi mumkin – bu oddiy foydalanuvchilar uchun muhim emas, lekin geymerlar va dizaynerlar uchun biroz noqulaylik tug’dirishi mumkin;
  • qurilmaning unumdorligi batareya zaryadiga bog’liq – agar siz batareyani qayta zaryadlashni yoki batareyani o’z vaqtida o’zgartirishni unutib qo’ysangiz, gadjet o’chadi;
  • noutbuk bilan birgalikda foydalanilganda simsiz klaviaturani usb qabul qiluvchi moslamasini yo’qotish xavfi bor – siz shunchaki kichik gadjetni noutbukni olib yurish uchun sumkaga solib, uni kafe yoki boshqa birovning ofisida unitib qoldirishingiz mumkin.

Yuqorida keltirilgan kamchilliklardan tashqari yana eslab o’tish kerak bo’ladigan nosozlik ham bor bo’lib, u kam hollarda uchrab tursada yechimi qiyinroq muammo hisoblanadi. Quyida shu muammoni bartaraf qilish usullarini ko’rib chiqamiz.

Klaviaturani USB signal qabul qiluvchi moslama (Dongle) bilan ulash

Quyidagi mahsulotga tegishli:

Simsiz Slim-Duo klaviatura va sichqoncha – (JK-WR0S12-S1)
Simsiz Extra-Duo klaviatura va sichqoncha – (JK-WR0T12-S1)

Simsiz klaviatura va sichqoncha – (LIMEIDE)

Tavsif:

Sichqoncha ishlayapti, lekin klaviatura ishlamayapti, klaviaturani tuzatish uchun biror narsa qila olamanmi?

Yechim:
Klaviatura simsiz signal qabul qiluvchi moslama (dongle)ga ulanmagan bo’lishi mumkin. Quyidagi ulanish bosqichlarini sinab ko’ring.

1-ulash usuli:

  1. Klaviaturadan batareyani chiqarib oling;
  2. USB moslama (dongle)ni kompyuterning USB portidan olib qayta joylashtiring;
  3. Batareyani klaviaturaga o’rnating;
  4. Klaviaturada ESC + K tugmalarini bosing;
  5. Klaviaturani sinab ko’ring;
  6. 1-5-bosqichlarni yana bir necha marta bajaring;
  7. Agar ulanish bosqichlari muammoni hal qilmasa, klaviatura nuqsonli.

2-ulash usuli:

  1. Klaviaturadan batareyani chiqarib oling;
  2. USB moslama (dongle)ni kompyuterning USB portidan olib qayta joylashtiring;
  3. Batareyani klaviaturaga o’rnating;
  4. Klaviaturada ESC + Q + K tugmalarini bosing;
  5. Klaviaturani sinab ko’ring;
  6. 1-5-bosqichlarni yana bir necha marta bajaring;
  7. Agar ulanish bosqichlari muammoni hal qilmasa, klaviatura nuqsonli.

3-ulash usuli:

  1. Klaviaturadan batareyani chiqarib oling;
  2. USB moslama (dongle)ni kompyuterning USB portidan olib qayta joylashtiring;
  3. Batareyani klaviaturaga o’rnating;
  4. Klaviaturada ESC + Q tugmalarini bosing;
  5. Klaviaturani sinab ko’ring;
  6. 1-5-bosqichlarni yana bir necha marta bajaring;
  7. Agar ulanish bosqichlari muammoni hal qilmasa, klaviatura nuqsonli.

Muallif F. Mansurov

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan