Dars maqsadi:
- Ta’limiy: O’quvchilarga “Veb-sahifaga matn kiritish” mavzusini o’rgatish;
- Tarbiyaviy: O’quvchilarni vatanga sodiq va umummadaniy qadriyatlarimiz asosida tarbiyalash;
- Rivojlantiruvchi: O’quvchilarda “Veb-sahifaga matn kiritish” mavzusi bo’yicha bilim, ko’nikma, malaka va kompetensiyalarini rivojlantirish.
Dars uchun umumiy kompetensiya:
- Axborotlar bilan ishlash;
- O’z-o’zini rivojlantirish;
- Milliy va umummadaniy;
- Kompyuter savodxonlik.
Fanga oid kompetensiya:
O’quvchilarda “Veb-sahifaga matn kiritish” mavzusi yuzasidan ko’nikmalari rivojlangan. Ixtiyoriy kompyuterda veb-sahifa tayyorlab unda HTML buyruqlaridan foydalana oladi.
Darsning borishi:
- Tashkiliy qism:
- Salomlashish:
- Davomatni aniqlash:
- Siyosiy daqiqa (Bugungi kundagi axborot texnologiya yangiliklari)
Yangi mavzu bayoni:
Qiziqarli va ajoyib veb-sahifa yaratish uchun unga matn kiritish talab etiladi. Ikki xil matn turi mavjud: sarlavha matni va paragraf matni.
Bunday matnlar veb-sahifaning asosiy qismini shakllantirib, ular <body> ochish tegi va </body> yopish tegi orasiga kiritiladi.
Sarlavha matni – veb-sahifaga kiritiladigan har qanday sarlavha yoki tagsarlavhadir.
Paragraf matni – veb-sahifaga kiritiladigan sarlavhadan boshqa barcha matnlardir.
Veb-sahifaga sarlavha kiritish uchun <h1> sarlavha tegidan foydalaniladi. Veb-sahifaga tagsarlavha kiritish uchun <h2> sarlavha tegidan foydalaniladi. Bular asosiy matn teglari bilan birga kiritiladi.
Masalan:
Veb-brauzerda ko’rinishi
Veb-sahifaga boshqa matnni kiritish uchun paragraf <p> tegidan foydalaniladi.
Masalan:
Veb-brauzerda ko’rinishi
Sarlavha tegi va paragraf teglarini formatlash uchun birlamchi sozlamalar ko’zda tutilgan. Ammo ularning ikkalasi uchun formatlash sozlamalarini almashtirish imkoni mavjud. Bu haqda amaliy ko’nikmada bilib olasiz.
Kalit so’zlar |
Birlamchi sozlama: elementga dastlab qo’llaniladigan sozlamalar. Formatlash: veb- sahifaning uslubini o’zgartirish. Masalan, shriftni rangini o’zgartirish |
Yangi mavzuni mustahkamlash:
1-mashq
Birlamchi veb-sahifani oching va <hl> va </hl> asosiy matn teglari orasiga biror matnni kiriting.
2-mashq
Bu sahifa boshidagi skrinshotga qarang hamda <p> va </p> asosiy matn teglari orasiga biror matnni kiriting. “Veb-sahifalar yaratish juda maroqli, chunki…” degan jumla bilan matnni yakunlang.
Uyga vazifa:
Mavzuga oid atamalarni o’zlashtirish. Qo’shimcha ravishda mustaqil mashqlar bajarish.