Bugungi kundagi zamonaviy axborot texnologiyalariga asoslangan jamiyatimiz yoshlariga Informatika va axborot texnologiyalari fanini albatta interfaol pedagogik metodlardan, ko‘rgazmali dasturlardan foydalangan holda o‘rgatish har bir Informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchisining asosiy vazifasi bo‘lib hisoblanmoqda.
Ushbu taqdimot slaydlaridan iborat dars ishlanma 8-sinf o‘quvchilari Informatika va axborot texnologiyalari darsligining “Kompyuter tarmoqlaridan maqsadli foydalanish” moduli “Tarmoqni loyihalash” mavzusi asosida tayyorlangan. Dars ishlanmada o‘quvchilarning avvalgi darsdalarda o‘tilgan mavzularni takrorlash va bilimlarini tekshirish uchun online testlar va taqdimot slaydlaridan foydlanish ko’zda tutilgan. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun esa mavzuga mos amaliy topshiriqlar joylashtirilgan.
Informatika darslarini ko’proq amaliy shaklda o‘tilishi o‘quvchilarining ijodiy rivojlanishiga ham ta’sir qiladi. Sinfdagi kompyuter nafaqat o‘quvchining ishini nazorat qilibgina qolmay, balki unlarning bilim, ko‘nikma va malakalari kuchli va mukammal bo’lib rivojlanishiga yordam beradi.