Dars maqsadi:

  1. Ta’limiy: O’quvchilarga hujjatlarning asosiy parametrlari mavzusini o’rgatish;
  2. Tarbiyaviy: O’quvchilarni vatanga sodiq va fidoiy qilib tarbiyalash, milliy va umummadaniy qadriyatlarimiz asosida tarbiyalash;
  3. Rivojlantiruvchi: O’quvchilarda hujjatlarning asosiy parametrlari mavzusi bo’yicha bilim, ko’nikma, malaka va kompetensiyalarini rivojlantirish.

Dars uchun umumiy kompetensiya:

  1. Axborotlar bilan ishlash;
  2. O’z-o’zini rivojlantirish;
  3. Milliy va umummadaniy;
  4. Matematik savodxonlik.

Fanga oid kompetensiya: O’quvchilarda hujjatlarning asosiy parametrlari mavzusi yuzasidan ko’nikmalari rivojlangan. Ixtiyoriy kompyuterda hujjatlar tayyorlay oladi.

Darsning borishi:

Tashkiliy qism:

Salomlashish:

Davomatni aniqlash:

Siyosiy daqiqa (Bugungi kun axborot va texnologiya yangiliklari)

Yangi mavzu bayoni:

Word matn protsessorida ish boshlaganda avval hujjatning ko‘rinishini ko‘z oldimizga keltirishimiz kerak. Chunki, hujjatning ko‘rinishiga qarab qog‘oz o‘lchami, sahifa yo‘nalishi, satrlar orasidagi masofa avvaldan belgilab olinadi.

Kalit so‘zlar: sahifa parametrlari, shrift parametrlari, abzas parametrlari.

HUJJAT PARAMETRLARI

Biz hayotimizda turli-tuman hujjatlarga duch kelamiz. Masalan, tug‘ilganlik haqida guvohnoma, tibbiy varaqa, tibbiy yoki o‘qishdan olingan ma’lumotnomalar, o‘quvchi tabeli va hokazo. Ular bir-biridan faqat mazmuni bilan emas, balki boshqa jihatlari bilan, jumladan hujjatlarning o‘lchamida ham farq qiladi. Turli hujjatlar turli o‘lchamdagi qog‘ozga yozilganini ko‘p kuzatgansiz. Bundan tashqari, matn yozilganda sahifaning chap, o‘ng, yuqori va pastki qismidan turlicha masofa qoldiriladi. Turli hujjatlarda satrlar orasidagi masofa ham har xil bo‘lishi mumkin.

Hujjatlarda bu kabi cheklanishlar juda ko‘p uchraydi. Matn protsessorlarida tayyorlanayotgan hujjatning turiga qarab sahifa parametrlari va matn parametrlari (shrift, abzas) belgilab olinadi. Ular hujjat parametrlari (xususiyatlari) deb yuritiladi.

SAHIFA PARAMETRLARI

Hujjatning sahifa parametrlari, asosan, hujjatni chop etish maqsadlaridan kelib chiqib tanlanadi. Sahifa parametrlarini tanlashni ko‘rinishi quyida aks ettirilgan Sahifani belgilash (Разметка  страницы) tasmasi yordamida amalga oshirish qulay:

Bu tasmaning Sahifa parametrlari (Параметры  страницы) bo‘limidagi Hoshiyalar (Поля) tanlov ro‘yxatidan hoshiya o‘lchamlarini belgilashOriyentatsiya (Ориентация)  tanlov ro‘yxatidan sahifaning (kitob yoki albom) yo‘nalishini belgilashO‘lcham (Размер) tanlov ro‘yxatidan qog‘oz o‘lchamlarini belgilash, Ustun (Колонки) tanlov ro‘yxatidan sahifadagi ustunlar sonini belgilash mumkin:

Agar sahifaning to‘liq parametrlarini qarab chiqish zarur bo‘lsa, u holda  Sahifa parametrlari (Параметры  страницы) muloqot oynasi ochiladi. Bu muloqot oynasi Sahifani belgilash tasmasining Sahifa parametrlari mantiqiy guruhidagi tugmasi yordamida ochiladi. Muloqot oynasining qatlamlaridan tanlangan parametrlar kuchga kirishi uchun muloqot oynasidagi «OK» tugmasi (sichqoncha yordamida) tanlanadi yoki Enter klavishi bosiladi.

Hoshiya kengligini gorizontal va vertikal chizg‘ich yordamida o‘zgartirish imkoniyati ham bor. Chizg‘ichlar esa Ko‘rinish (Вид) tasmasining Aks ettirish (Показать) mantiqiy guruhidan Chizg‘ich (Линейка) obyekti tanlangach aks etadi.

Sahifani yanada chiroyli va qiziqarli ko‘rsatish uchun sahifa foni rangi va chegaralari o‘zgartirilishi mumkin. Buning uchun Sahifani belgilash (Разметка страницы) tasmasining Sahifa foni (Фон страницы) bo‘limidagi Sahifa rangi (Цвет страницы) va Sahifalar chegaralari (Границы страниц) imkoniyatlaridan foydalaniladi.

MS Wordda sahifa foniga sidirg‘a rang tanlash yoki quyidagi kabi turli Bo‘yash usullari (Способы заливки) qo‘llanishi mumkin:

Sahifa chegarasi uchun ham turli imkoniyatlar mavjud bo‘lib, odatda, har xil turdagi, rangdagi va qalinlikdagi chiziqlar yoki rasmlardan foydalaniladi:

SHRIFT  PARAMETRLARI

Shrift parametrlarining Shrift turi, o‘lchami va yozuv shakli bilan avvalroq tanishdik. Shrift parametrlarini tanlashning ba’zi imkoniyatlari Bosh (Главная) tasmasining Shrift (Шрифт) mantiqiy guruhida jamlangan:

ABZAS PARAMETRLARI

Abzas parametrlarini tanlashning ba’zi imkoniyatlari Bosh (Главная) tasmasining Abzas (Абзац) mantiqiy guruhida jamlangan. Bu guruh tugmalari yordamida (1) abzas tekislanish usuli (chapdan, o‘rtadan, o‘ngdan, sahifa kengligi bo‘yicha), (2) abzas satrlari oralig‘i (bir, bir yarim, ikki, minimum, aniq, ko‘proq), (3) abzas foni, (4) abzas chegarasi, abzasni (5) markerlash yoki (6) tartiblash yoki (7) tabaqalashtirish, abzas (8) chekinishini kamaytirish yoki (9) oshirish, belgilangan (10) matnni

(abzaslar to‘plamini) tartiblash, (11) formatlashdagi ko‘rinmas belgilarni aks ettirish mumkin.

Abzas chekinishi va bosh satr chekinishini Gorizontal chizg‘ich ko‘rsatkichlaridan foydalanib o‘rnatish qulay. Buning uchun gorizontal chizg‘ichdagi chekinish ko‘rsatkichlari sichqoncha yordamida kerakli yo‘nalishda suriladi.

Yangi mavzuni mustaxkamlash:

1. Rasmiy hujjatlarga misollar keltiring.

2. Hujjat va matn parametrlarini izohlang.

3. Sahifa yo‘nalishini o‘zgartirishni amalda ko‘rsating.

4. Hoshiyani belgilash usullarini amalda ko‘rsating.

5. Sahifa fonining ikki turini tanlashni amalda ko‘rsating.

6. Sahifa chegarasining ikki turini tanlashni amalda ko‘rsating.

7. Abzas chekinishini belgilash usullarini amalda ko‘rsating.

8. Sizning kompyuteringizda qanday shrift turlari bor?

9. Shrift o‘lchamini o‘zgartirish usullarini amalda ko‘rsating.

10. Birinchi harf qizil rangda yozilgan bo‘lsa, so‘zning keyingi harfl ari qanday rangda aks etadi?

11. Satrlar orasidagi masofa qanday o‘zgartiriladi?

Uyga vazifa:

1. «Tarjimayi hol2» nomli hujjatda sahifa foni rangini, chegara chiziqlarini, gaplarning o‘lchamlarini, ranglarini, so‘zlarning shakllarini, abzaslarning tekislanish usuli va chekinishlarini o‘zgartiring.

2. «Mening oilam» nomli hujjatda sahifa parametrlaridan albom sahifasini tanlab, shriftning turli rang va o‘lchamlaridan foydalaning. Har bir abzas uchun turli satrlar oralig‘i va abzas chekinishini tanlang.

3. Yangi hujjat ochib quyidagi ko‘rinishdagi matnlarni hosil qiling va «Vatanim» nomi bilan saqlang.

4. Daftaringizga «Mening do‘stlarim» nomli besh abzasli matn yozing. Matn yozishdan avval har bir abzasda yoritiladigan mazmun haqida reja tuzing. Tuzgan rejangiz ham daftaringizda aks etsin.

Muallif F. Mansurov

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan