KIRISH

Bugungi ahborotlashgan jamiyatga etib kelgunga qadar kompyuterlarni birlashtirish, fayllar va turli xarakterdagi xabarlar, ma’lumotlar almashish imkoniyatini yaratish borasida ko’plab tadqiqotlar olib borildi. Dastlab kompyuterlarni juft-juft qilib birlashtirishga erishildi, ko’p o’tmay bir nechta kompyuterlarni birlashtirish uchun texnik qurilma va dasturiy ta’minot yaratildi. Shu tarzda kompyuter tarmoqlari vujudga keldi.

Axborotlarni tarmoqlangan usulda qayta ishlashni amalga oshirishda ko’p kompyuterli birlashmalardan — kompyuter tarmoqlaridan foydalaniladi.

Kompyuterlararo ma’lumotlar almashinuvini ta’minlash uchun lokal tarmoqlardan foydalaniladi. Aynan ana shu kompyuter tarmoqlarining vujudga kelishi axborotlashgan tizimlarni shakillanishiga asos bo’ldi.

Lokal tarmoq — foydalanuvchilarga ommaviy ravishda kompyuterlarda ishlash va ma’lumot almashish, dasturlarni ishlatish, ommaviy ravishda modem, printer va boshqa qurilmalarni ishlatish imkonini beradi. Lokal tarmoqqa kompyuterlarni birlashtirish uchun har xil kompyuterga ulanuvchi tarmoqli adapter (plata), kerakli miqdorda maxsus shtikkerli sim (kabel) lozim. Shunga ko’ra kompyuter tarmoqlari ber necha ko’rinishda tashkil qilinadi va ularni umumiy nom bilan tarmoq topologiyalari deb ataladi

TARMOQ TOPOLOGIYALARI

Topologiya – bu tarmoqning tuzilishi, bog’lanishdagi fizik yoki elektrik konfiguratsiyasi.

Uning bir nechta turlari mavjud.

  • Umumiy shina (Bus)
  • Yulduzsimon (Star)
  • Xalqa (Ring)
  • Darahtsimon (Tree)
  • Barcha elementlar bir biri bilan to’g’ridan to’g’ri ulangan topologiya (Mesh)

         Tarmoqni tashkil qilishda topologiyani tanlash mavjud sharoit va imkoniyatlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Yoki tarmoq mavjut bolsa, uni tiklashda, mavjud tarmoq ishlatadigan standartdan kelib chiqqan holda topologiya tanlanadi.

         Siz kompyuterlarni va boshqa (skaner, printer kabi) qurilmalarni ihtiyoriy to’g’ri kelgan, o’zingiz uchun qulay usul bilan bog’lashingiz mumkin. Ya’ni tarmoqni qismlarga ajratib, ularni har hil topologiyada tashkil qilishingiz va topologiyalarni ham o’zaro bog’lashingiz mumkin. Lekin qanday holatda tarmoq tuzishingizdan qat’iy nazar belgilangan standartlardan chiqmaslik talab etiladi. 

UMUMIY SHINA

         Barcha kompyuterlar bitta (malumotlar shinasi) kabelga ulanadi. Kabelning uchlariga terminatorlar o’rnatiladi. Ethernet tarmoq uchun ularning bo’lishi albatta shart. Bu topologiya asosida 10 Megabitli 10Base-2 va 10Base-5 tarmoqlari tashkil qilinadi. Kompyuterlar aro bog’lovchi sifatida koaksial kabellar ishlatiladi.

Koaksial kabel

Koaksial so’zi lotinchadan olingan bo’lib ko-birgalikda va axis-o’q degan ma’noni anglatadi. U  bir biri bilan dielektrik qorlam bilan agratilgan ikki metall  silindrlardan iborat bo’ladi.

1- markaziy o’tkazgich (жила)
2- markaziy o’tkazgichning himoya qoplami
3- ekranlovchi o’tkazgich (экран)
4- tashqi himoya qatlami

Bunday holatda tarmoqdagi ulangan qurilmalarni ihtiyoriy o’chrib qo’yish, tarmoq ishiga hech qanday ta’sir ko’rsatmaydi.

10Base-2 tarmog’i uchun u quyidagi ko’rinishga ega.

Yoki mana bunday.

         Qanday ko’rinishda joylanganligidan qat’iy nazar u bir hil 10 Megabitli (Umumiy shina) topologiya hisoblanadi. 100 Megabitli tarmoqni tashkil qilishda esa “Yulduzcha” topologiyasi qo’llaniladi.

“YULDUZCHA” TOPOLOGIYASI

         Har bir kompyuter va qurilmalar konsentrator yoki takrorlovchi (репитер) yoki hab (Hub) deb ataluvchi qurilma portiga alohida alohida ulanadi.

         Konsentratorlar aktiv bo’lgani kabi, (nazariy) passiv bo’lishi ham mumkin. Agar tarmoqdagi biror kompyuter va konsentrator orasidagi aloqada uzulish sodir bo’lsa, u tarmoqning boshqa qismiga tasir ko’rsatmaydi. Albatta agar u “Server” bo’lmasa. Agar konsentrator ishdan chiqsa tarmoq ishlashdan to’htaydi.

         Bunday tarmoq topologiyasi boshqasiga qaraganda buzulgan (tarmoq adapterlari, razyomlari va zararlangan kabellar) tarmoq elemenlarini qidirib topishda ancha qulay hisoblanadi. Tarmoqqa yangi qurilma qoshish ham “Yulduzcha” topologiyasida bosqasiga qaraganga osonroq amalga oshadi. Yana shuni ta’kidlash mumkinki, 100 va 1000 Megabitli tarmoqlar ana shu “Yulduzcha” topologiyasi asosida quriladi.

Tarmoqning faoliyatini to’g’ri yuritish maqsadida bosh kompyuter (o’qituvchi) ajratiladi, unga lokal tarmoqlar bilan birlashtirilgan ishchi kompyuter (o’quvchi)lar birlashtiriladi. Agar tarmoqda 20-25 ta kompyuter mavjud bo’lsa, ular albatta bosh kompyuterga ega bo’lishi lozim.

Lokal tarmoqlar faoliyatini yuritish uchun maxsus dasturiy ta’minot mavjud. Windows 95/2000/XP operatsion tizimlarida lokal tarmoqqa boshqa maxsus dasturlarsiz ham kompyuterlar ulanishi mumkin. Buning uchun tarmoq protokollaridan foydalaniladi.

Tarmoq protokollari

Tarmoq protokoli kompyuterlar o’zaro aloqasini boshqaruvchi qoidalar to’plamidan tashkil topadi. Ko’pgina protokollar mavjud bo’lib, ulardan quyidagilari ko’proq ishlatiladi: IPX/SPX, TSP/IP, NetBIOS, NetBEUI, AppleTalk

Lokal  tarmoqga ulangan har bir kompyuter o’zini shaxsiy  nomiga ega  bulib, ihtiyoriy nomlanish mumkin va u ishchi guruh tarkibiga  kiradi. Jumladan quyida keltirilgan rasmda tarmoqdagi barcha kompyuterlar umumiy Wks-Workstation (Ishchi stansiya) nom bilan belgilangan va u User (Foydalanuvchi) deb ataladi

.

Ishchi stolida joylashgan “Tarmoq muhiti” (Сетевое окружение) belgisi bosilganda  ochilgan oynada lokal tarmoqqa ulangan barcha kompyuterlar ro’yhati chiqadi.

Maxsus tarmoqlar uchun dasturlar tarkibiga Novell NetWare yoki Windows NT Server kiradi. Lokal tarmoqlar bir tashkilot yoki binoda joylashgan kompyuterlarni birlashtiradi xolos.

Kompyuter tarmog’i quyidagi qismlardan tashkil topadi:

Tarmoq abonentlari – tarmoqda axborotni yuzaga keltiruvchi yoki uni iste’mol qiluvchi ob’ektdir.

Aloxida EhMlar, EHM majmualari, terminallar, sanoat robotlari, dasturiy boshqaruvli dastgoxlar va shu kabilar tarmoq abonentlari bo’lishlari mumkin. Tarmoqning har bir abonenti stansiyaga ulanadi.

Stansiya – axborot uzatish va qabul qilish bilan bog’liq vazifalarni bajaruvchi ob’ekt.

Abonent va stansiya birgalikda “abonent tizimi” deb ataladi. Abonentlarning o’zaro aloqasini tashkil etish uchun fizik uzatish muxiti mavjud bo’lishi kerak.

Fizik uzatish muxiti – elektr, radio yoki boshqa signallar yordamida amalga oshiriladigan aloqa kanali va ma’lumotlarni uzatish, qabul qilish qurilmasidir.

Fizik uzatish muxiti negizida abonent tizimlari o’rtasida axborot uzatishni ta’minlovchi kommunikasion tarmoq tashkil etiladi. Bunday yondashuv har qanday kompyuter tarmog’ini abonent tizimlari va kommunikasion tarmoq yigindisi sifatida ko’rish imkonini beradi.

        Agar sizda ham o’z ish honangizda yoki offisingizdagi kompyuterlarni o’zaro tarmoqqa birlashtirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud bo’lsa va uni qanday amalga oshirishni bilmayotgan bo’lsangiz, unda Windowsning standart imkoniyatlaridan foydalanishingiz mumkin.

Muallif F. Mansurov

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan