Ta`limiy Test dasturidan o`rta maktab, akademik litsey, maktab-internat va kasb-hunar ta`limi tizimida o`quvchilar bilimini nazorat qilishda foydalanish mumkin. Dastur foydalanuvchiga ish jarayonida bir qator qulayliklarni yaratib beradi. Misol uchun:

  • Test bankini yaratish, ya`ni foydalanuvchi o`zi tuzgan test savollarini dastur ma`lumotlar bazasiga bir marta kiritib, undan uzoq muddat samarali foydalanishi mumkin.
  • Boshqa foydalanuvchilar tomonidan xuddi shu dastur vositasida yaratilgan ma`lumotlar bazasidan foydalanishi yoki aksincha, o`zi yaratgan savolar bazasini boshqa foydalanuvchilarga ham berishi mumkin. Dasturning bu imkoniyati tayyor savollar bazasi asosida mavjud test bankining o`sishiga ta`sir etadi.
  • Ommaviy tarzda o`quvchilarni sinovdan o`tkazish va ularning bilimini baholash. Bu o`rinda bajariladigan barcha ishlar dasturning asosiy vazifasiga kiradi, u o`tkazilgan sinov  yuzasidan hosil bo`lgan barcha ma`lumotni hisobot tarzida o`zida saqlab qoladi. Saqlab qolingan hisobotni istalgan vaqtda ochib ko`rib, tahlil qilish mumkin.

Muallif F. Mansurov

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan