Dars maqsadi:

Ta’limiy: O’quvchilarga hujjatlarni chop etishni o’rgatish;

Tarbiyaviy: O’quvchilarni milliy va umummadaniy qadriyatlarimiz asosida tarbiyalash;

Rivojlantiruvchi: O’quvchilarda hujjatlarni chop etish bo’yicha bilim, ko’nikma, malaka va kompetensiyalarini rivojlantirish.

Dars uchun umumiy kompetensiya:

1. Axborotlar bilan ishlash;

2. O’z-o’zini rivojlantirish;

3. Milliy va umummadaniy;

4. Matematik savodxonlik.

Fanga oid kompetensiya: O’quvchilarda hujjatlarni chop etish ko’nikmalari rivojlangan. Ixtiyoriy kompyuterda hujjatlarni chop eta oladi.

Darsning borishi:

  • Tashkiliy qism:
  • Salomlashish:
  • Davomatni aniqlash:
  • Siyosiy daqiqa (Bugungi kun axborot va texnologiya yangiliklari)

Yangi mavzu bayoni:

Hujjatingiz ustida ishlashni yakunlaganingizdan keyin, u chop etilganida qanday koʻrinishda boʻlishini koʻrishni xohlashingiz mumkin. Buni ekrandagi normal koʻrinishda koʻrish qiyin. Chunki siz sahifaning ayrim qismlarini koʻra olasiz. Hujjatni chop etishdan oldin butun sahifani toʻliqligicha koʻrish uchun foydalanishingiz mumkin boʻlgan oldindan koʻrish buyrug’i mavjud. Ushbu buyruq Print Preview deb nomlanadi.

Kalit so‘z
Print preview: hujjat chop etilganida qanday koʻrinishda boʻlishini koʻrish mumkin boʻlgan oyna.

Print Preview yordamida sahifani koʻrish

1. File (Файл) menyu oynasidan Print (Печать) buyrug’ini tanlang.

2. Yangi oyna ochiladi. Bu oynada siz hujjatning butun sahifasini koʻrishingiz mumkin.

3. Agar hujjat bir sahifadan ortiq boʻlsa, qolgan sahifalarni koʻrish uchun oynaning pastki qismidagi strelkalardan foydalanishingiz mumkin.

Zamonaviy printerlar turli usulda chop etish imkoniyatiga ega. Masalan, qog‘ozning bitta sahifasiga hujjatning bir nechta sahifasini chop etish, hujjatni buklet yoki kitobcha shaklida chop etish va hokazo.

Yangi mavzuni mustahkamlash:

SSENARIY

Internetdan foydalanish davomida xavfsizlikni ta’minlash

Maktab rahbariyati barcha ota-onalarni maktabda boʻlib oʻtadigan internet va internet xavfsizligi haqidagi tadbirga taklif etish uchun buklet yaratdi.

Tadbir davomida ularga oʻzi yoki farzandlari internetdan foydalanganida qanday qilib xavfsizlikni saqlashi va internetdan foydalanishda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan ayrim masalalar haqida axborot beriladi.

1-mashq

Oʻqituvchingiz taqdim qilgan “Internet.docx” hujjatini oching. Bukletda berilgan tadbir haqidagi batafsil axborot bilan tanishing.

2-mashq

Hujjatga “internet1.jpg” tasvirini joylang va uning atrofiga munosib matinni yoyib yozing.

3-mashq

Hujjatga jadval joylang va unga quyidagi ma’lumotlarni kiriting:

10-iyul, 15:30 dan 17:00 gacha.

16-iyul, 15:30 dan 17:00 gacha.

20-iyul, 12:30 dan 14:00 gacha.

4-mashq

Belgili ro’yxatdan foydalangan holda hujjatga quyidagi ro’yxatni kiriting:

viruslar va zararli dasturlar, ijtimoiy tarmoqlar, internetdan tadqiqot maqsadida foydalanish, o’yinlar o’ynash

5-mashq

Sahifa ko’rinishi holatini albom ko’rinishiga o’zgartiring va chegara hoshiyalarini kichikroq qiling. Shuningdek, matn maqsadli auditoriyaga qiziqarli bo’lishi uchun uni formatlashingiz ham mumkin.

6-mashq

Sahifaga mos hoshiya qo’shing va, uni chop etishdan oldin hujjat maketi sizni qoniqtirishiga ishonch hosil qilish uchun Print Preview orqali ko‘ring.

Uyga vazifa:

Mavzuga oid atamalarni o’zlashtirish. Qo’shimcha ravishda mustaqil mashqlar bajarish.

Shu haqda yana dars ishlanma: Wordda hujjatlarni chop etish

Muallif F. Mansurov

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan