Kоmp`yutеrlаrning o’zаrо turli mа`lumоtlаr, dаsturlаr аlmаshish mаqsаdidа biriktirilishi «KОMP`YUTЕR TАRMОQLАRI» dеyilаdi.

Kompyuter tarmoqlarining paydo bo’lish sabablaridan biri resurslaridan hamkorlikda foydalanish, alohida kompyuter imkoniyatini kengaytirishdir.

Dаstlаbki mа`lumоtlаrni kоmp`yutеr оrqаli uzаtish vа qаbul qilish XX аsrning 50-yillаridа bоshlаnib, lаbоrаtоriyalаrdа tаjribа sifаtidа оlib bоrilаr edi. 60-yillаrning оxirigа kеlib АQShning «Istiqbоlni bеlgilоvchi аgеntligi»ning (DARPA Defense Advansed Research Project Agency) mаblаg’i hisоbidаn birinchi milliy tаrmоq yarаtildi. Bu tаrmоq аgеntlik nоmi bilаn yuritilа bоshlаndi vа u ARPANET dеb nоm оldi.

ARPANET (1969 yil-Advanced Research Projects Agency NetWork) АQShning mudоfаа vаzirligi tоmоnidаn tаshkil qilingаn eng eski kоmp`yutеr tаrmоg’i hisоblаnаdi. Uning аfzаlligi, tаrkibidа turli turdаgi kоmp`yutеrlаr bоr tаrmоq bilаn ishlаsh qоbiliyatigа egаlidаdir.

Tаrmоq 80-yillаrgа kеlib bоshqа kоmp`yutеr tаrmоqlаri bilаn birlаshtirilib, Internet qismi sifаtidа ishlаtilа bоshlаndi.

Hоzirdа MilNet-Military NET (hаrbiy tаrmоq), CSNET-(Computer Science NETWORK-kоmp`yutеr fаnlаri tаrmоg’i), NSFNET (National Science Fondation NETWORK-milliy fаn fоndi tаrmоg’i) tаrmоqlаr sifаtidа intеrnеtdа ishlаtilаdi.

Bitnet (1981)-Because it’s Time Network (bugungi kun tаrmоg’i) kоmpyutеr tаrmоg’i N`yu-Yоrk vа Yеl univеrsitеtlаri tоmоnidаn ishlаb chiqilgаn Yevrоpа, АQSh qit`аsi, Mеksikа vа bоshqа mаmlаkаtlаrni birlаshtiruvchi tаrmоq bo’lib, u аlоhidа аjrаtilgаn kаnаllаr bilаn аlоqа bоg’lаydi. U OSI (Open System Intercjnnection-оchiq xаlqаrо bоg’lаnish tizimi) vа TPC/IP qаydnоmаlаrigа mоs tushmаydi.

Uning xususiyatlаri:

  • Uzаtilgаn аxbоrоtlаr uchun hаq to’lаnmаydi.
  • Hukumаt tоmоnidаn mаblаg’ bilаn tа`minlаnаdi.
  • Uning ko’rsаtаdigаn xizmаt dоirаsi fаyllаrni uzаtish, elеktrоn pоchtа vа mаsаlаlаrning uzоqdаn turib ishlаshini tа`minlаshdаn ibоrаt.

CSNET (1981)-(Computer and Science Network-kоmp`yutеr vа fаn tаrmоg’i) а`zоlik bаdаllаri vа xizmаt uchun to’lоvlаr hisоbidа ishlаydi. U butun dunyo оlimlаrini birlаshtiruvchi tаrmоq bo’lib, intеrnеt tаrkibigа kirаdi vа TPC/IP qаydnоmаsidа ishlаydi.

Tarmoq orqali foydalanuvchilar bir vaqtning o’zida bir xil ma’lumot va fayl nusxalari, amaliy dasturlar bilan ishlashi mumkin.

Bu holat axborot tashuvchilardagi joyni tejaydi. Bundan tashqari, printer, skaner, modem, lazer disklar majmuining birgalikda ishlatilishi qo’shimcha mablag’ni asraydi.

Tarmoqdan foydalanganda axborotni saqlash ishonchliligi ortadi, chunki juda oddiy usulda qimmatli axborotlarni qayta nusxalash mumkin va alohida foydalanuvchilar o’rtasida axborot almashish yengillashtiriladi.

Tarmoq foydalanuvchilar so’rovini mujassamlashtiradi, bir vaqtning o’zida axborotdan ko’plab mijozlar foydalanish imkonini beradi.

Kompyuter tarmog`ining umumiy ko`rinishi quyida keltirilgan.

Apparat qurilmalari va tarmoq dastur ta’minoti orqali o’zaro bir-birlari bilan hamohang ishlay oladigan kompyuterlar majmuiga tarmoq deyiladi.

Tarmoqlarni turli me’yorlarga ko’ra sinflarga ajratish mumkin.

Bular:

1) o’tkazish qobiliyati, ya’ni ma’lumotlarni tarmoqqa uzatish tezligiga muvofiq:

– past 100 Kbit/ s gacha;

– o’rta 0,5-10 Mbit/s gacha;

– yuqori 10 Mbit/s dan ortiq.

2) uzoq kommunikatsiya tarmoqlari bilan ishlash tezligi, ularning fizik o’lchoviga muvofiq:

– LAN ( Local-Area Network) lokal tarmoq (bir ofis, bino ichidagi aloqa);

– CAN (Campus-Area Network) – kampus tarmoq, bir-biri bilan telefon yoki modemlar bilan ulanish, ammo etarlicha bir-birlaridan uzoqda joylashgan kompyuter lokal tarmoq;

– MAN (Metropolitan-Area Network) katta tezlik bilan aloqa uzatish (100 Mbit/s) imkoniyatiga, katta radiusga (bir necha o’n km) axborot uzatuvchi kengaytirilgan tarmoq;

– WAN (Wide-Area Network) keng masshtabli (mintaqaviy) maxsus qurilma va dasturlar bilan ta’minlangan alohida tarmoqlarni birlashtiruvchi yirik tarmoq;

– GAN (Global-Agea Network) global (xalqaro, qit’alararo) tarmoq;

3) tarmoq tugunlari turi bo’yicha (tugun – hisoblash tarmoqlari va ularning alohida

elementlari ulangan joyi).

Boshqacha aytganda, tugunga shaxsiy, mini- va katta kompyuterlar, alohida

tarmoq ham kiradi.

Masalan, umumiy foydalanish tarmoqlaridagi alohida kompyuterlar

(boshqachasiga ularni stantsiyalar deb ham yuritishadi) tugunlarga misol bo’la oladi.

Unchalik katta bo’lmagan alohida tarmoqlar kampus tarmog’i uchun tugun bo’ladi.

4) tugunlar munosabatiga ko’ra:

– bir xil rangli (peer-to-peer), uncha katta bo’lmagan, bir xil mavqega ega kompyuterlar (bu erda hamma kompyuterlar ham «mijoz», ya’ni tarmoqning oddiy foydalanuvchisi, ham «server», ya’ni tarmoq foydalanuvchilariga xizmat ko’rsatishni ta’minlovchi bo’lishi mumkin).

Masalan, WINDOWS 95 OS tarmog’i tarqatilgan (Distributed) tarmoqlar. Bunda serverlar tarmoq foydalanuvchilariga xizmat ko’rsatadi, biroq tarmoqni boshqarmaydi;

-server (Server based) yoki markazlashgan boshqarishga ega tarmoqlar. Bu erda tarmoqning bosh elementi serverdir.

Qolgan tugunlar serverning resurslaridan foydalanishi mumkin (masalan, Novell NetWare, Microsoft LAN Mananger va boshqalar).

Server- tarmoq abonenti bo`lib, u o`z resurslarini boshqa abonentlarga foydalanishga berib, lekin o`zi boshqa abonentlar resurslaridan foydalanmaydi, ya’ni faqat tarmoqqa ishlaydi.

Tarmoqda server bir nechta bo`lishi mumkin, server uchun eng quvvatli kompyuter bo`lishi shart emas.

Ajratilgan server – bu server faqat tarmoq masalalari uchun hizmat qiladi. Ajratilmagan server tarmoqqa hizmat ko`rsatishdan tashqari, boshqa masalalarni ham hal qilishi mumkin.

Mijoz – faqat tarmoq resurslaridan foydalanib, tarmoqqa o`z resurslarini ajratmaydigan tarmoq abonentiga aytiladi, ya’ni tarmoq unga xizmat qiladi. Kompyuter – mijoz ham ko`pincha ish stansiyasi, deyiladi. Odatda, har bir kompyuter bir vaqtning o`zida ham mijoz va shuningdek, server bo`lishi mumkin. Ko`pincha server va mijozni kompyuterni o`zi, deb tushunilmaydi, bu kompyuterda ishlatilayotgan dasturiy ilovalarni tushuniladi. Bu holda tarmoqqa o`z resurslarini berayotgan ilova serverdir, faqat tarmoq resurslaridan foydalanayotgan ilova esa, mijozdir.

5) tarmoq operatsion sistemalarini ishlatish bo’yicha (tarmoq OS):

gomogenli – hamma tugunlarda bir xil yoki yaqin operatsion sistemalardan foydalaniladi (masalan, WINDOWS OS tarmog’i);

geterogenli – bir vaqtning o’zida bir nechta tarmoq operatsion sistemalari ishlatiladi (masalan, Novell NetWare va WINDOWS).

TARMOQ XIZMATI

Tarmoqda bir necha xil serverlar bo’lishi mumkin. Kompyuter tarmog’i o’z mijozlariga qanday xizmatlar turkumini taklif etishi, ularning servisi qanday bo’lishi juda muhimdir.

Ular bilan tanishamiz:

– fayl – server – mijozga axborot saqlash qurilmalarida saqlanuvchi fayllardan foydalanish imkonini beradi.

Bunda server barcha ishchi stantsiyalaridan fayllarga kirish imkonini berishi zarur. Shunigdek, axborotlarni himoya qila olish vazifasi ijobiy hal etiladi;

– print – server umumiy holda ko’pgina mijozlarga bir nechta printer orqali xizmat ko’rsatishni ta’minlaydi.

Bunda server chop etiluvchi axborotlarni qabul qila olishi va ularni navbati bilan chop etishga chiqarishi kerak;

Quyida faks – serverning umumiy ko‘rinishi keltirilgan.

-faks – server-mijozlarga faks-modem telefon tarmoqlari bilan mujassam tarmoqli xizmat ko’rsatishni ta’minlaydi. Bu go’yo axborot chiqarishga o’xshaydi (printer kabi). Faks-server olgan faksimal xabarlar alohida tarmoqda qayta ishlanadi.

-elektron pochta (E-mail) – mijozlar o’rtasida, ular bir-birlaridan qancha uzoqlikda joylashganligidan qat’iy nazar, axborot almashishni ta’minlaydi.

Bu erda jarayon xuddi oddiy pochta kabi kechadi.

Elektron xat o’z adresiga ega. Uni jo’natuvchi desak, qabul qiluvchi xam o’z adresiga ega. «Xat» pochta qutisiga tashlanadi (ya’ni pochta serveri) va pochta serverlar sistemasi yordamida qabul qiluvchi pochta qutisiga etkaziladi, ya’ni bu erda uzatuvchi va qabul qiluvchining maxsus kataloglari mijozga xizmat qiluvchi kompyuterda joylashtirilgan bo’ladi. Shu tariqa xatlar fayllar sifatida uzatiladi.

-bevosita muloqot (Chat), bunda aniq vaqtda maxsus dastur ta’minoti yordamida ikki yoki undan ortiq mijozlar o’zaro axborot (matnli, tovush, video) almashinishi tushuniladi.

Raqamli videokameralar, tovushli kartalar, mikrofonlar, multimedia vositalarini qo’llaganda, videokonferentsiyalar o’tkazish imkoniyati tug’iladi.

Bunday holatlarda kompyuterlar yuksak unumdor va tarmoqning o’tkazish qobiliyati kuchli bo’lishi lozim.

Muallif F. Mansurov

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan