Ma’lumotlar bazasiga ma’lumot kiritish uchun jadvalga to‘g‘ridan-to’g‘ri kiritish yoki data entry form elementidan foydalanib kiritish mumkin.

Forma foydalanuvchilarga ma’lumot kiritish imkonini beruvchi qulay vositadir. Uni yanada joziba-dor qilish uchun ko’rinishi va shrift formatini o’zgartirishingiz hamda tugmalar qo’shishingiz mumkin. Yangi ma’lumot kiritish shaklini yaratish uchun quyidagi bosqichlarni bajarishingiz kerak:

1. Ma’lumotlar bazangizni Microsoft Access dasturida oching. Forma yaratish uchun sizda allaqachon jad-val yaratilgan bo’lishi kerak.

2. Create menyu oynasini oching.

3. Form Wizard tugmasini bosing.

4. Ochiluvchi ro’yxatdan jadvalingizni tanlang.

5. Juft strelkani bosing. Shunda barcha maydonlar belgilanadi. Barcha maydonlar o‘ng tarafga o’tadi.

6. Next tugmasini bosing.

7. Keyingi oynada “Next” (Keyingisi) tugmasini bosing (“Columnar” (Ustunlar) tanlanishi kerak).

8. Shaklga mos nom bering.

9. “Finish” (Tugatish) tugmasini bosing.

Shaklingiz ekranda ochiladi. Endi shaklni tahrirlashingiz mumkin. Qanday bajarishni ko’rish uchun Masalalar qismidagi 2-mashg’ulotga o’ting.

Navigatsiya tugmalari yordamida yozuvlar o’rtasida harakatlanish hamda yangi yozuvyaratish mumkin. Agar ma’lumotlar bazasiga yozuv qo’shmoqchi bo’lsangiz, matn maydonlarida mavjud bo’lgan matnlarni o’zgartirmang. Create a new record tugmasini bosing. Natijada sizga yangi bo’sh forma ochiladi. Endi ma’lumotlarni kiritishingiz mumkin.

Kalit so‘z
Navigatsiya tugmalari: sizni turli yozuvlarga olib oʻtuvchi shakl tugmalari

1-mashg‘ulot

Avvalgi darsda yaratgan jadvalingiz uchun ma’lumot kiritish formasini yarating. Unga mos nom bering. Masalan, “O’quvchilar” deb nomlang.

2-mashg‘ulot

1. Bo’sh formani to’ldirish orqali yangi o’yinchi qo’shing.

2. New Record tugmasini bosing va yangi formani oching.

3. Boshqa o’yinchini qo’shing. Bu qadamlarni o’nta o’yinchi kiritguncha takrorlang.

Muallif F. Mansurov

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan