Dars maqsadi:

  1. Ta’limiy: O’quvchilarga hujjatlarda rasmlar va chizmalar mavzusini o’rgatish;
  2. Tarbiyaviy: O’quvchilarni vatanga sodiq va fidoiy qilib tarbiyalash, milliy va umummadaniy qadriyatlarimiz asosida tarbiyalash;
  3. Rivojlantiruvchi: O’quvchilarda hujjatlarda rasmlar va chizmalar mavzusi bo’yicha bilim, ko’nikma, malaka va kompetensiyalarini rivojlantirish.

Dars uchun umumiy kompetensiya:

  1. Axborotlar bilan ishlash;
  2. O’z-o’zini rivojlantirish;
  3. Milliy va umummadaniy;
  4. Matematik savodxonlik.

Fanga oid kompetensiya: O’quvchilarda hujjatlarda rasmlar va chizmalar chizish ko’nikmalari rivojlangan. Ixtiyoriy kompyuterda Shakllarni chiza oladi.

Darsning borishi:

Tashkiliy qism:

Salomlashish:

Davomatni aniqlash:

Siyosiy daqiqa (Bugungi kun axborot va texnologiya yangiliklari)

Yangi mavzu bayoni: O’quvchilar kompyuterda o’tiradi.

Odatda hujjatlarni tushunarli, mazmunli va chiroyli qilish maqsadida rasmlar, chizmalr (shakllar) va turli xil jadvallardan foydalaniladi. Word 2010 matn protsessorida bu amallarni bajarish uchun lentasimon menyuning Joylashtirish (Вставка) bo’limidagi Ilyustratsiyalar (Иллютрации) bandidan foydalaniladi.

         Rasmga e’tibor bergan bo’lsangiz, illyustratsiyalar bandi quyidagi qismlardan tashkil topgan:

  • Rasm (Рисунок);
  • Tasvir (Картинки);
  • Shakllar (Фигуры).

Rasm (Рисунок) – Hujjatga kompyuter xotirasiga avvaldan kiritib qo’yilgan rasmlarni joylashtirish imkoniyatini beradi. Undan foydalanish quyidagi ketma-ketlikda bajariladi.

  1. Illyustratsilar bo’limidan Rasm     piktogrammali tugmani bosiladi, natijada quyidagi muloqot oynasi ochiladi;

2. Ochilgan muloqot oynasi oraqali kerakli manzilda joylashgan rasm qidirib topiladi va tanlanadi;

3. Tanlangan rasmni hujjatga joylash uchun uning ustida sichqoncha tugmachasi ikki marta bosiladi yoki muloqot oynasining Joylashtirish (Вставить)  tugmachasi bosiladi.

Tasvir (Картинки) – Hujjatga MS Office kiliplar kolleksiyasidan foydalanib rasmlarni joylashtirish imkoniyatini beradi. Undan foydalanish quyidagi ketma-ketlikda bajariladi.

  1. Illyustratsilar bo’limidan Tasvir     piktogrammali tugmani bosiladi, natijada quyidagi qo’shimcha kliplar kolleksiyasi oynasi ochiladi;

2. Ochilgan qo’shimcha oyna dastlab bo’sh bo’lishi yoki sizga kerakli mavzudagi tasvirlarga ega bo’lmasligi mumkin. Buni bartaraf etish uchun qidirish (Искать) oynachasiga kerakli kalit so’z yoziladi va boshlash (Начать) tugmasi bosiladi. Agar kalit so’z sifatida xech narsa yozilmasa qidiruv natijasi barcha mavjud tasvirlarni ko’rsatadi;

3. Tanlangan rasmni hujjatga joylash uchun uning ustida sichqoncha tugmachasi bir marta bosiladi.

Shakllar (Фигуры) – Hujjatga geometrik Shakllar joylashtirish imkoniyatini beradi. Tayyor Shakllardan foydalanib turli xil chizmalarni tayyorlash mumkin. Ayniqsa chizmachilk fanida chizmalarni kompyuterda chizish uchun qulay. Undan foydalanish quyidagi ketma-ketlikda bajariladi.

  1. Illyustratsilar bo’limidan Shakllar  piktogrammali tugmani bosiladi, natijada quyidagi bo’limlardan iborat menyu ochiladi;

2. Ochilgan menyu bo’limlaridan kerakli shakilni qidirib topib uning ustida sichqoncha chap tugmasini bosiladi.

3. Shakil chizish kerak bo’lgan joyga sichqoncha ko’rsatgichini olib kelib uning chap tuigmasini bosgan holda shakilni chizamiz.

Uyga vazifa: Yangi mavzuga tayyorgarlik ko’rish va rasmlar chizish.

Muallif F. Mansurov

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan