Dasturlash asoslari #1 ga xush kelibsiz

Quyidagi kod natijasini kо‘rsating:

x = 36 / 4 * (3 + 2) * 4 + 2
print(x)

Satr uzunligini qanday funksiya yordamida aniqlash mumkin.

Agar interfaol muhitda xatolik yuz bersa, File so‘zi bilan boshlanuvchi satr ustida sichqonchaning o‘ng tugmachasini bosilgach so’ng qanday buyruq tanlanadi?

Turli masalalarni yechish va sun’iy intellekt tizimlari uchun mo‘ljallangan dasturlash tili.

Ular print() funksiyasining argumentlari bo'lib, ma'lumotlami chiqarish parametrlarini o'zgartirish uchun qo'llaniladi:

print() operatori yordamida qanday amal bajartirish mumkin?

Python dasturlash tilini rasmiy sayti manzili?

Input() operatori yordamida kiritilgan ma’lumotlar qanday ko‘rinishda bo‘ladi?

O‘zgaruvchilar, doimiylar, funksiyalar, protseduralar, modullar, dasturlarning umumiy nomi?

Dastur mantig‘ini boshqarish va ikki yoki undan ortiq o‘zgaruvchilarni taqqoslab, xulosa qabul qilish amallari?

Ikkita A va B sodda mulohazaning kamida bittasi rost bo‘lganda rost, qolgan holatlarda yolg‘on bo‘ladigan yangi (murakkab) mulohazani hosil qilish amali qanday ataladi?

Kompyuter xotirasidagi yacheykada saqlanadigan ma’lumotlar shakli bu…

Dastur kodini kiritib, natijasini darhol ko‘rish mumkin bo‘lgan oyna?

Dastur kodini kiritish, tahrirlash va ishga tushirish mumkin bo‘lgan oyna?

Ikkita A va B sodda mulohaza bir paytda rost bo‘lgandagina rost bo‘ladigan yangi (murakkab) mulohazani hosil qilish amali qanday ataladi?

Dasturlashni o‘rganish uchun eng mos vizuallashgan dasturlash tili?

Satr ichida qism satr yoki belgi mavjudligini aniqlash uchun qanday amaldan foydalaniladi?

Faqat o‘qish uchun mo‘ljallangan qiymatlarni saqlovchi kompyuter xotirasidagi yacheyka nomi?

Dastur mantig‘ini boshqarish va ikki yoki undan ortiq o‘zgaruvchilarni taqqoslab, xulosa qabul qilish amallari bu..?

Python dasturida qaysidir so‘z tanilmayotganini anglatadigan xatolik?

Dastur kodini kiritib, natijasini darhol ko‘rish mumkin bo‘lgan oyna?

Agar yozilgan dastur tarkibida xato uchraydigan bo‘lsa, u holda dastur ishga tushmaydi va ekranga yo‘l qo‘yilgan xatolik to‘g‘risida xabar oynasi chiqadi. Ushbu oyna qanday nomlanadi?

O‘z qiymati va turiga ega kattalik, o‘zida qiymatlarni saqlaydigan kompyuter xotirasidagi yacheyka nomi.

Quyidagi kod natijasini kо‘rsating:

str = “pynative”
print (str[1:3])

O‘zgaruvchi qabul qilgan qiymat turini qanday funksiya yordamida aniqlash mumkin?