Informatika va axborot texnologiyalari fanidan 9-sinflar uchun 1-chorakda nazorat ishi o’tkazish uchun yangi darslik asosda tuzilgan test savollari

INFORMATIKA 9-SINF 1.1 test sinoviga xush kelibsiz!

Axborotni audio qurilmaga, jumladan, karnay yoki quloqchinga yuborish imkonini beruvchi qurilma.

Kompyuter qurilmalariga nisbatan ingiliz tilida qanday atama ishlatiladi?

Maʼlumotlarni saqlash uchun ikkilamchi xotira qurilmasi.

Printer, skaner kabi yordamchi qurilmalarni boshqaruvchi dasturlar…?

Kompyuterni tahlil qilish, sozlash, optimallashtirish va unga xizmat ko'rsatish kabi vazifalarni bajara oladigan TDTning qismi.

U asosiy plataga biriktirilgan bo’lib joriy vaqtda foydalanilayotgan dasturlar va ishlayotgan hujjatlar saqlanadigan xotira hisoblanadi.

Noutbuk, smartfon yoki planshet kabi mobil texnologiya foydalanuvchisiga simsiz aloqa orqali LAN tarmoqqa ulanish imkonini beradigan simsiz lokal tarmoq.

Maʼlumotlarni saqlash uchun xotira, odatda kompyuterdagi USB-portiga ulanadi.

Unda oldindan oʻrnatilgan maʼlumotlar saqlangan bo‘lib, ularni oʻchirib boʻlmaydi. Kompyuter oʻchirilganda ham ichidagi kontentni saqlab qoladi.

Kompilyator tomonidan yaratilgan fayllarni qabul qilib, ular ij'ro etilishi uchun yagona faylga birlashtiradigan kompyuter dasturi.

Laptoplarda manipulyator qurilmasi oʻzgacha koʻrinishda boʻladi. U nima deb ataladi?

Axborot kommunikatsiya texnologiyalarida barmoq izlari, koʻzning toʻr va rangdor pardasi, ovoz va yuz shablonlari, qoʻl oʻlchovlari kabi noyob shaxsiy xususiyatlarni tahlil qiladigan texnologiyalar qanday nomlangan?

Rasm yoki fotosuratga nur yuboradi va tasvir kompyuter tizimida saqlanishi uchun aks etgan nurni ifodalaydi. Ushbu texnologiya qaysi qurilmaga tegishli?

Ma’lum bir yo'nalishdagi amallarni bajaruvchi dasturlar, jumladan, matn muharrirlari, elektron jadvallar yoki raqamli taqdimotlar dasturiy ta’minotni qaysi turiga mansub?

Kompyuter dasturiy ta’minotiga nisbatan ingiliz tilida qanday atama ishlatiladi?

U atrof-muhitdagi ayrim xususiyatlarni hisoblash orqali maʼlumotni avtomatik tarzda toʻplaydi.

Tasvirni ekranda aks ettirish imkonini beruvchi ichki sxema.

Kompyuter, telefon va boshqa qurilmalarda foydalaniladigan simsiz texnologiya bo’lib, qurilmalarga radio to'lqinlardan foydalanib qisqa masofada o'zaro aloqa qilish imkonini beradi.

CPU, RAM va boshqa qurilmalarga quvvat taqsimlovchi va ularning o'zaro aloqasini ta’minlovchi plata:

Sichqoncha yoki trekpad yordamida rangli ekrandagi ikonkalarni bosish orqali kompyuter bilan muloqot qilish usuli …?

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *