Informatika va axborot texnologiyalari fanidan 9-sinflar uchun 3-chorakda nazorat ishi o’tkazish uchun yangi darslik asosda tuzilgan test savollari

INFORMATIKA 9-SINF 3.1 ga xush kelibsiz

Hujjatda eni bo‘yiga nisbatan uzunroq bo‘lgan varaq ko‘rinishi?

… bandi orqali kiritilgan raqam mazmunini ko‘rsatish uchun hech qanday belgini kiritish talab qilinmaydi. Bu raqam oldidagi nollar ishchi varaqda koʻrinmaydi.

Ayni damda ekrandagi faol oynani rasmga olish uchun klaviaturadagi qaysi tugmadan foydalaniladi?

… bandi orqali kiritilgan ma’lumot oʻnli son ko‘rinishida saqlanadi. Bu raqam oldidagi nollar ishchi varaqda koʻrinmaydi.

Xiralashtirilgan (deyarli shaffof ko‘rinishdagi) tasvir yoki matn boʻlib, undan hujjatda fon sifatida foydalanish mumkin.

Tasvirning xiraligi va yorqinligi oʻrtasidagi farq boʻlib, uning reallikda qanday aks etishi va odam koʻzi bilan qaralganda qanday koʻrinishini anglatadi.

Matnning belgilangan qismidan nusxa ko’chirilganda kerakli yerga joylanguncha u qayerda saqlanib turadi?

Fayllarni belgilash usuli nima deb ataladi?

Bu usul asl tasvirning teskari aksini yaratishdir.

Hujjatni chop etish, saqlash yoki kimgadir yuborishdan oldin ko‘rib, kamchiliklarini bartaraf etishga imkoniyat beradigan vosita.

Agar raqam oldida, masalan xuddi telefon raqamlarini terish singari, nol bilan boshlanishini istasangiz, raqamni … shaklida formatlang.

Agar hujjatga jadval kiritmoqchi boʻlsangiz va nechta qator hamda ustun zarurligini bilsangiz, sizga qanday uskunasi kerak bo‘ladi?

… formatida aksar mamlakatlarning valyutasiga oid belgilar berilgan boʻlib, ular pens yoki sent kabi kichik miqdorni aks ettirish uchun odatda qoldiq songa ega.

Tasvirni asl holatidan aylana boʻylab burish (dumalatish).

Hujjat sahifasida ajratilgan maydonda turli obyektlarni joylashtirilish usuli?

Bu usulda agar asl tasvir tik holatda boʻlsa, u oʻgirilgandan keyin teskari oyog’i osmonda bo‘lib koʻrinadi. Lekin u avvalgi tarafga qaragan boʻladi.

… xat, hisob ishlari, taqdimot, veb-sahifa kabi turli hujjatlarni yaratishga mo‘ljallangan dasturiy ta’minot?

Bu usulda, agar asl tasvir chap tarafga qaragan boʻlsa, u oʻgirilgandan keyin oʻng tarafga qaraydi. Tepa va pasti o‘zgarmaydi.

… matn uchun afzal koʻrilgan shrift turi, oʻlchami, va rangini qoʻllash usuli?

Sahifa yangilanganda avtomatik yangilanadigan obyektlar. Bunga sana va vaqt, sahifani raqamlash kabilar misol bo‘ladi.

Hujjatda bo‘yi eniga nisbatan uzunroq bo‘lgan varaq ko‘rinishi?

Hujjatga matematik belgilardan iborat formulalarni kiritish uchun qanday obyektdan foydalaniladi?

Hujjat bilan ishlayotgan vaqtda qo‘llash mumkin bo‘lgan ikonka va linklar aks ettirilgan dastur oynasining koʻrinishi, shuningdek, qurilmadan foydalanish tugmalaridan iborat, old qismida joylashgan panel ham kiradi.

Berilgan stildan nusxa koʻchirish yoki taqdim etilgan maydonga tegishli ma’lumotlarni kiritish orqali hujjat yaratishga imkon beradigan loyiha shakli.

Ekranni rasmga olish uchun klaviaturadagi qaysi tugmadan foydalaniladi?

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *