Ushbu dasturiy vosita hujjatni kitobcha shaklida qog’ozga chop etish va hujjat matnini lotin yoki kiril hariflariga o’tkazish uchun mo’ljallangan.

Dastur ishga tushganda matnni qog’ozga chop etish holatida bo’ladi, matinni lotindan kirilga va aksincha kirildan lotinga o’tkazish uchun dastur oynasining o’ng pastki burchagida joylashgan tugmachadan foydalaniladi. Tugmacha bosilgach, dastur lotin-kiril tarjimon holatiga o’tadi. Avvalgi holatga qaytish uchun ham huddi shu tugmachadan foydalaniladi.

Dastlabki holatda hujjatni ikki xil ko’rinishdagi kitobcha shaklida chop etish mumkin:

  • Bitta varoqda (A4) ikki sahifa ko’rinishida;
  • Bitta varoqda (A4) to’rt sahifa ko’rinishida.

Lotin-kiril tarjimon holatida ham matnni harflarini ikki yo’nalishda o’zgartirish mumkin:

  • Lotindan kirilga;
  • Kirildan lotinga.

Dasturdan foydlanish juda oson, ikkala holatda ham “Bajar” tugmasi asosiy ishni bajaradi!

Dasturni ko’chirib olish

Muallif F. Mansurov

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan