Dars maqsadi:

  1. Ta’limiy: O’quvchilarga hujjatga header va footer maydonlarini qoʻshish mavzusini o’rgatish;
  2. Tarbiyaviy: O’quvchilarni milliy va umummadaniy qadriyatlarimiz asosida tarbiyalash;
  3. Rivojlantiruvchi: O’quvchilarda hujjatga header va footer maydonlarini qoʻshish mavzusi bo’yicha bilim, ko’nikma, malaka va kompetensiyalarini rivojlantirish.

Dars uchun umumiy kompetensiya:

  1. Axborotlar bilan ishlash;
  2. O’z-o’zini rivojlantirish;
  3. Kompyuter savodxonlik.

Fanga oid kompetensiya:

O’quvchilarda hujjatga header va footer maydonlarini qoʻshish mavzusi yuzasidan ko’nikmalari rivojlangan. Ixtiyoriy kompyuterda hujjatlar tayyorlab unga header va footer maydonlarini qoʻshisha oladi.

Darsning borishi:

  • Tashkiliy qism:
  • Salomlashish:
  • Davomatni aniqlash:
  • Siyosiy daqiqa (Axborot texnologiya oid yangiliklar)

Yangi mavzu bayoni:

Hujjat haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlarni aks ettirish uchun sahifaga Headers (Верхний колонтитул – sahifa sarlavhasi) va Footers (Нижний колонтитул – sahifa taglavhasi) maydonlarini qo‘shish mumkin. Header (Верхний колонтитул) hujjatning yuqori qismiga, Footer (Нижний колонтитул) hujjatning pastki qismiga qoʻshiladi. Ularning nomlarini eslab qolish juda ham oson! Ular yozilganda hujjatingizning har bir sahifasida koʻrinadi.

Header maydonidan hujjatning fayl nomi hamda muallif ismini kiritishda ham foydalanish mumkin. Ayrim hollarda hujjat versiyasi ham Header maydoniga kiritiladi. Masalan, “Yakuniy qoralama”.

Footerdan axborot kiritishda foydalanish mumkin. Masalan, sana va hujjatning sahifa raqamini

yozish.

Kalit so’z
Header: hujjatning yuqorisida joylashgan maydon. Footer: hujjatning quyi qismida joylashgan maydon.

Headerga oddiy matnli ma’lumot kiritish

1.  Insert (Вставка – joylashtirish) menyu oynasida Header (Верхний колонтитул) buyrug‘ini tanlang.

2.  Header uchun variantlar roʻyxati shakllantirilgan menyu ochiladi.

3.  Quyidagi nomdagi variantni tanlang: Blank (Пустой).

Bu sahifaning yuqori qismida nuqtali chiziq bilan ajratilgan va ustiga Header (Верхний колонтитул) deb yozilgan maydonni yaratadi.

Header maydoniga axborotni ikki usulda kiritishingiz mumkin:

1. Maydonda [Type here], ruscha variantda [Введите текст] yozuvini ko’rasiz. Shu joyni sichqoncha ko’rsatgichi bilan tanlab olib kerakli so’z yoki matn kiritiladi.

2. Shuningdek, hujjat haqidagi maxsus axborotlarni quyida berilgani kabi Header maydoniga kiritishingiz mumkin.

Headerga hujjat haqidagi maxsus axborotlarni kiritish

1.  Document Info (сведения о документе) buyrug‘ini tanlang.

2.  Kiritishingiz mumkin boʻlgan maxsus axborotlar menyusi ochiladi.

3.  Author kabi maxsus axborot variantlaridan birini tanlasangiz, Header maydoniga muallif ismi kiritiladi.

Footer maydoniga matn kiritish

1.  Insert (Вставка – joylashtirish) menyu oynasini oching.

2.  Footer (Нижний колонтитул) buyrug‘ini tanlang.

3.  Xuddi Header kabi variantlar roʻyxati ochiladi.

4.  Blank (Пустой) variantini tanlang.

Bu sahifaning quyi qismida nuqtali chiziq bilan ajratilgan va ustiga Footer (Нижний колонтитул) deb yozilgan maydonni yaratadi.

Axborotlarni bevosita Footer maydoniga yozishingiz yoki maxsus axborotlar variantlaridan tanlashingiz mumkin.

Hujjatning har bir sahifasiga bet raqamini kiritish

1.  Header&Footer Tools (Работа с колонтитулами) menyu oynasidagi Design (Конструктор) menyusini tanlang.

2.  Page Number (Номер страницы) buyrug‘ini bosing va menyuni hosil qiling.

3.  Bottom of page (внизу страницы) variantini tanlang.

4.  Keyin variantlar roʻyxatidan sahifa beti uchun raqamni Footerning qayeriga kiritmoqchi

ekanligingizni tanlang.

Tanlangan variantni bosing va Footerga bet raqami qoʻshiladi.

Footerga sana va vaqtni kiritish quyidagicha amalga oshiriladi:

1.  Header&Footer Tools (Работа с колонтитулами) menyu oynasidagi Design (Конструктор) menyusini tanlang.

2.  Date & Time (Дата и время) buyrug‘ini tanlang va menyuni hosil qiling

Footerga qo‘shish mumkin bo‘lgan sana koʻrinishining turli usullari aks etgan oyna ochiladi Bu format deb ataladi. Endi siz quyidagi amallarni bajarishingiz kerak:

1.  Sana va/yoki vaqt uchun format tanlang.

2.  Formatni bossangiz, hujjatning Footer maydonida sana va/yoki vaqt aks etadi.

Hujjatning yuqori va quyi qismida joylashgan ma’lumotlardan qoniqqaningizdan keyin Close Header and Footer (Закрыт окно колонтитулов) tugmasini bosgan holda ushbu menyu oynasi yopiladi.

Yangi mavzuni mustahkamlash:

1-mashq

“Mening gullarim.docx” nomli hujjat yarating. Hujjatning Header maydoniga ismingiz va hujjatning fayl nomini aks ettiruvchi ma’lumot kiriting.

2-mashq

Bet raqami va hujjat sanasini aks ettiruvchi ma’lumotlarni uning Footer qismiga kiriting.

Uyga vazifa:

Mavzuga oid atamalarni o’zlashtirish. Qo’shimcha ravishda mustaqil mashqlar bajarish.

Muallif F. Mansurov

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan