Dars maqsadi:

  1. Ta’limiy: O’quvchilarga electron jadvalda hujjatlarni tartiblash va saralashni o’rgatish;
  2. Tarbiyaviy: O’quvchilarni vatanga sodiq va fidoiy qilib tarbiyalash, milliy va umummadaniy qadriyatlarimiz asosida tarbiyalash;
  3. Rivojlantiruvchi: O’quvchilarda electron jadvalda ma’lumotlarni tartiblash va saralash bo’yicah bilim, ko’nikma, malakasini rivojlantirish.

Darsning borishi:

Tashkiliy qism:

Salomlashish:

Davomatni aniqlash:

Siyosiy daqiqa (Bugungi kun axborot va texnologiya yangiliklari)

Yangi mavzu bayoni: O’quvchilar kompyuterda o’tiradi va berilgan vazifalarni bajaradi.

1-mashq.

7 ta sinfdoshingizning ismi va familiyasi yozilgan jadvaldan avval “A” harfidan boshlanadigan familiyalarni, so’ngra ismi “a” harfi bilan tugaydiganlarini saralang.

Mashqni bajarish tartibi:

  1. Dastlab MS Excell dasturini ishga tushiramiz;
  2. Dasturning jadval maydonida berilgan mashq shartidan kelib chiqib kerakli jadvalni hosil qilamiz;
  3. Tasmasimon menyular satrida “Ma’lumotlar” (Данные) bo’limiga o’tamiz;
  4. “Ma’lumotlar” (Данные) bo’limining “Tartiblash va saralash” (Сортировка и филтр) bandidan Филтр tugmasini bosamiz, natijada ustunlar boshida maxsus tugmachalar paydo bo’ladi;
  5. Tugmachalardan foydalanib kerakli shartlar asosida ma’lumotlarni saralash mumkin;
  6. Buning uchun tugmacha bosiladi va “Matnlar uchun saralash” (Текстовые фильтры) buyrug’idan foydalaniladi.

2-mashq.

Sinfdoshlaringizdan beshtasining familiyasi, ismi, tug’ilgan yili, joriy yil, yoshi qatnashgan “Sinfdosh” nomli jadval tuzing va formatlang. Shu jadvalni quyidagi xususiyatlardan birortasi orqali tartiblang:

  1. familiyalarni o’sish yoki kamayish yo’nalishida;
  2. tug’ilgan yillarni o’sish yoki kamayish yo‘nalishida.

Mashqni bajarish tartibi:

  1. Dastlab MS Excell dasturini ishga tushiramiz;
  2. Dasturning jadval maydonida berilgan mashq shartidan kelib chiqib, kerakli jadvalni hosil qilamiz;

3. Tasmasimon menyular satrida “Ma’lumotlar” (Данные) bo’limiga o’tamiz;

4. “Ma’lumotlar” (Данные) bo’limining “Tartiblash va saralash” (Сортировка и филтр) bandidan “Tartiblash” (Сортировка) tugmasini bosamiz, natijada muloqot oynasi ochiladi. Undan kerakli ustun va kerakli yo’nalishni tanlaymiz;

3-mashq.

O’tgan chorakda barcha fanlardan o’zlashtirishingizni aks ettiruvchi jadval tuzing. Jadvaldagi ma’lumotlarni: fanlar nomini o’sish yo’nalishida, baholarni esa kamayish yo’nalishida tartiblang. Olingan natijalarga asosan qaysi fandan ijobiy natijaga erishganingizni ifodalovchi jadvalni filtrlash amali yordamida ajratib saqlang.

Mashqni bajarish tartibi:

  1. Dastlab MS Excell dasturini ishga tushiramiz;
  2. Dasturning jadval maydonida berilgan mashq shartidan kelib chiqib, kerakli jadvalni hosil qilamiz;

3. Tasmasimon menyular satrida “Ma’lumotlar” (Данные) bo’limiga o’tamiz;

4. “Ma’lumotlar” (Данные) bo’limining “Tartiblash va saralash” (Сортировка и филтр) bandidan “Tartiblash” (Сортировка) tugmasini bosamiz, natijada muloqot oynasi ochiladi. Undan kerakli ustun va kerakli yo’nalishni tanlaymiz;

4-masq.

Oilangiz har bir a’zosining 10 kunlik suv sarfini va umumiy sarflangan suv hajmini aks ettiruvchi jadval tuzing. Jadvaldagi ma’lumotlarni avval qarindoshlik darajasini ko’rsatuvchi xususiyat (ota, ona, aka, uka, opa, singil va boshqalar), keyin suv sarfi bo‘yicha tartiblang. Suv sarfiga chegara oling va shu shart bo’yicha filtrlab alohida saqlang.

Mashqni bajarish tartibi:

  1. Dastlab MS Excell dasturini ishga tushiramiz;
  2. Dasturning jadval maydonida berilgan mashq shartidan kelib chiqib, kerakli jadvalni hosil qilamiz;\

3. Tasmasimon menyular satrida “Ma’lumotlar” (Данные) bo’limiga o’tamiz;

4. “Ma’lumotlar” (Данные) bo’limining “Tartiblash va saralash” (Сортировка и филтр) bandidan “Tartiblash” (Сортировка) tugmasini bosamiz, natijada muloqot oynasi ochiladi. Undan kerakli ustun va kerakli yo’nalishni tanlaymiz;

5-masq.

Berilgan a, b, d qiymatlarga mos A, B, D kvadratlarning yuzini hisoblash jadvalini tuzing. Natijaviy qiymatlarni o‘sish yo‘nalishida saralang.

Mashqni bajarish tartibi:

  1. Dastlab MS Excell dasturini ishga tushiramiz;
  2. Dasturning jadval maydonida berilgan mashq shartidan kelib chiqib, kerakli jadvalni hosil qilamiz;

3. Tasmasimon menyular satrida “Ma’lumotlar” (Данные) bo’limiga o’tamiz;

4. “Ma’lumotlar” (Данные) bo’limining “Tartiblash va saralash” (Сортировка и филтр) bandidan “Tartiblash” (Сортировка) tugmasini bosamiz, natijada muloqot oynasi ochiladi. Undan kerakli ustun va kerakli yo’nalishni tanlaymiz;

Yangi mavzuni mustahkamlash: O’quvchilar baholarni kundaliklariga qo’yish

Uyga vazifa: Yangi mavzuga tayyorgarlik ko’rish va 6-7- mashqlarni mustaql bajarish.

Muallif F. Mansurov

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan