Dars maqsadi:

  1. Ta’limiy: O’quvchilarga jadvalni varoqqa joylashtirish mavzusini o’rgatish;
  2. Tarbiyaviy: O’quvchilarni milliy va umummadaniy qadriyatlarimiz asosida tarbiyalash;
  3. Rivojlantiruvchi: O’quvchilarda jadvalni varoqqa joylashtirish mavzusi bo’yicha bilim, ko’nikma, malaka va kompetensiyalarini rivojlantirish.

Dars uchun umumiy kompetensiya:

  1. Axborotlar bilan ishlash;
  2. O’z-o’zini rivojlantirish;
  3. Kompyuter savodxonlik.

Fanga oid kompetensiya:

O’quvchilarda jadvalni varoqqa joylashtirish mavzusi yuzasidan ko’nikmalari rivojlangan. Ixtiyoriy kompyuterda hujjatlar tayyorlab unga javal joylay oladi.

Darsning borishi:

  • Tashkiliy qism:
  • Salomlashish:
  • Davomatni aniqlash:
  • Siyosiy daqiqa (Axborot texnologiya oid yangiliklar)

Yangi mavzu bayoni:

Hujjat yaratishdagi eng muhim narsalardan biri bu ma’lumotlarni taqdim etish usulini tanlashdir. Ma’lumotni aniq va tushunishga oson ko‘rinishda taqdim etish usullaridan biri uni jadval ko‘rinishida tasvirlashdir. Jadval auditoriyaga ma’lumotlarni aniq koʻrsatish uchun ularni birgalikda tasvirlash va umumiy sarlavha berish imkonini beradi.

Jadval yaratish uchun quyidagilarni bajarish lozim:

  1. Kursorni jadval yaratmoqchi boʻlgan joyga olib boring.
  2. Insert (Втавка-kiritish) menyu oynasidan Table (Таблица- jadval) buyrug‘ini tanlang.
  3. Siz menyu paydo boʻlganini koʻrasiz va menyu yuqori qismida kataklar to‘plami joylashgan bo‘ladi. Jadvalingizdagi ma’lumotlar uchun nechta qator va ustunlardan foydalanmoqchi ekaningizga aniqlik kiritish kerak.
  4. Kursorni yuqori burchakdagi birinchi katakka olib boring. Ushbu maydon atrofida toʻq sariq rangli kontur paydo boʻlishini koʻrishingiz kerak.
  5. Kursorni kataklar to‘plami boʻylab o‘ng tomonga siljiting va jadvalingiz uchun kerakli ustunlar

sonini tanlang.

  • Ustunlarni tanlaganingizdan soʻng, kursorni panjara boʻylab harakatlantiring va jadvalingiz

uchun kerakli qatorlarning sonini tanlang.

  • Toʻgʻri qatorlar va ustunlar toʻplamini tanlaganingizda sichqoncha tugmasini bosing.

Hujjatda jadval paydo boʻlganini koʻrasiz.

Kalit so’zlar
Jadval: matnni oʻqishni osonlashtiruvchi, kataklardan iborat maket.
Maslahat
Jadvalda sarlavhalar uchun alohida qator kiritishni unutmang.

Jadval ichiga matn yozish

  1. Qaysi katakka ma’lumot kiritmoqchi bo‘lsangiz, uni belgilang.
  2. Matn terishni boshlang va u katak ichidan yoziladi.
  3. Siz kiritgan matn jadvaldagi katakdan uzunroq boʻlsa, katak avtomatik ravishda matnni katakchaga moslashtirishi uchun uzunligini oʻzgartiradi.
Kalit so’zlar
Katak: jadvaldagi kichik maydon boʻlib u yerga ma’lumot kiritish mumkin.

Jadvalga qoʻshimcha ustun qoʻshish

  1. Jadvalga ustun qoʻshmoqchi boʻlgan joyingiz yonidagi katak ichiga bosing.
  2. Siz katakning chap yoki oʻng tomoniga ustun qoʻsha olasiz.
  3. Layout (Макет-maket)menyu oynasidan Insert Left (Вставить слева –chapdan qo’shish) yoki Insert Right (Вставить справа – o’ngdan qo’shish) tugmasini bosing.

Jadvalga qoʻshimcha qator qoʻshish

  1. Jadvalga qator qoʻshmoqchi boʻlgan joyingiz yonidagi katak ichiga bosing.
  2. Katak tepasiga yoki pastiga qator qoʻshishingiz mumkin.
  3. Layout (Макет-maket)menyu oynasining Insert Above (Вставить сверху – yuqorisiga qo’shish) yoki Insert Below (Вставить снизу – pastiga qo’shish) tugmasini bosing.

Yangi mavzuni mustahkamlash:

1-mashq

Yangi hujjat yarating. Hujjatda ikkita ustun va to‘rtta qatorli jadval yarating. Quyidagi sarlavhalarni tepadagi qatorlarga yozing:

  • “Tadbir”
  • “Sana”

Quyidagi uchta tadbirni jadvalga kiriting:

  • 1-iyun – maktab sport kuni.
  • 25-iyun – maktab yozgi shou bayrami.
  • 5-iyul – yozgi piknik.

2-mashq

1-mashqdagi jadval oxiriga qoʻshimcha ustun qo‘shing va “Harajat” sarlavhasini qoʻying. Quyidagi ma’lumotlarni har bir qatorga yozing:

  • Kirish bepul.
  • Kirish 5000 so‘m.
  • Har bir kishi uchun 4000 so‘m.

3-mashq

1-mashqda yaratilgan va 2-mashqda qayta ishlangan jadval tagiga qoʻshimcha qator qoʻshing. Quyidagi tadbirni kiriting:

“Maktab yozgi xayriya tadbiri, 10-iyul, har bir kishi uchun 5 000 so‘m”.

Uyga vazifa:Mavzuga oid atamalarni o’zlashtirish. Qo’shimcha ravishda mustaqil mashqlar bajarish.

Muallif F. Mansurov

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan