Dars maqsadi:

  1. Ta’limiy: O’quvchilarga elektron jadvalda hujjatlarni tartiblashni o’rgatish;
  2. Tarbiyaviy: O’quvchilarni vatanga sodiq va fidoiy qilib tarbiyalash, milliy va umummadaniy qadriyatlarimiz asosida tarbiyalash;
  3. Rivojlantiruvchi: O’quvchilarda elektron jadvalda ma’lumotlarni tartiblash va saralash bo’yicah bilim, ko’nikma, malakasini rivojlantirish.

Yangi mavzu bayoni:

MS Excel dasturi ro’yxatlar ustida amallar bajarish imkonini beradi. Odatda, Excel jadvalida izlash, tartiblash yoki ma’lumotlarni qayta ishlash kabi amallar bajarish jarayonida ro’yxat avtomatik tarzda ma’lumotlar bazasi deb qaraladi. Bu holda ro’yxat ustunlari ma’lumotlar bazasi maydonlari, ustunlar sarlavhalari ma’lumotlar bazasi maydonlari nomi, ro’yxatning har bir satri esa ma’lumotlar bazasining yozuvi kabi qaraladi.

Aytilganlarni quyidagi “Gullar” ro’yxati misolida ko’rish mumkin:

Ish jarayonida jadvaldagi satrlarni, ya’ni yozuvlarni biror shartga asosan (nisbiy) tartiblash lozim bo’ladi. Excel dasturida tartiblash qanday bajarilishini “Gullar” ro’yxatini gullar nomi bo’yicha alifbo harflarining o’sish yoki kamayish yo’nalishida tartiblash masalasida ko’rib chiqamiz:

  1. A2 : D6 katakchalar blokini belgilaymiz. Agar faqat gullar nomi yozilgan A2:A6 blokni belgilab, tartiblash amalga oshirilsa, gullar nomining o’rni o’zgaradi, lekin boshqa xususiyatlari o’rni o’zgarmaydi. U holda bir gulga boshqa gul xususiyati mos kelib qolishi mumkin.
  2. Uskunalar panelidan (o’sish yo’nalishida) yoki (kamayish yo’nalishida) tartiblash piktogrammasini tanlaymiz. Natijada, tartiblashning o’sish yoki kamayish yo’nalishiga mos quyidagi rasm kabi tartiblangan jadvallardan biri hosil bo’ladi:

Tartiblashning yana bir usuli bo’lgan bir nechta xususiyat (ustun) bo’yicha tartiblashni ko’rib chiqamiz. Quyidagi vazifani hal etamiz.

1- mashq. O’quvchilarning familiyasi, tug’ilgan yili, og’irligi va bo’yi aks ettirilgan jadval hosil qiling va tartiblang.

1) E22- rasmdagi jadvalni hosil qilib olamiz;

2) Jadvaldan A2:D8 katakchalar blokini belgilaymiz;

3) Menyular satridan Ma’lumotlar (Данные) menyusining Saralash (сортировка) bo’limini tan-

laymiz;

Natijada, rasmdagi Diapazonni tartiblash (Сортировка) tanlov oynasi ekranda aks etadi.

Ixtiyorimizga uchta xususiyat bo’yicha o’sish yoki kamayish yo’nalishida tartiblash

imkoni tavsiya etiladi;

5) Birinchi xususiyat sifatida “Familiyasi” ustunini tanlab o’sish yo’nalishini belgilaymiz;

6) Jadvalda bir xil familiyali o’quvchilar borligi uchun tartiblashni ahamiyati ko’proq

bo’lgan boshqa biror ustun, masalan, ikkinchi “Tug’ilgan yili” xususiyati bo’yicha davom ettiramiz. Bu xususiyat bo’yicha kamayish yo’nalishini belgilaymiz;  

Bir xil familiyali va tug’ilgan yili bir xil bo’lgan oq’uvchilarni ham tartiblash lozim bo’lsa, uchinchi yoki to’rtinchi ustun bo’yicha tartiblash mumkin.

7) Uchinchi navbatda “Og’irligi” ustuni xususiyati bo’yicha tartiblaymiz. Bu xususiyat bo’yicha o’sish yo’nalishini belgilaymiz;

8) Natijada, rasmdagi nisbiy tartiblangan jadval hosil bo’ladi.

Agar ro’yxatdagi nomlar yuqori va quyi registrdagi harflardan boshlangan bo’lsa, tartiblashda bu kabi hollarni hisobga olish uchun Diapazonni tartiblash tanlov oynasining Parametrlar (Параметры) bo’limida Saralash parametrlari (Параметры сортировки) orqali amalga oshiriladi.

Jadvalga e’tibor bergan bo’lsangiz, tanlash shartlariga asosan:

a) barcha familiyalar alifbo bo’yicha o’sish yo’nalishida tartiblangan;

b) “Rahmatov” familiyali o’quvchilar avval tug’ilgan yilining kamayish yo’nalishida, tug’ilgan yili bir xil bo’lganlari o’g’irligining o’sish yo’nalishida tartiblangan;

Demak, ko’zlangan maqsadga erishildi.

Yangi mavzuni mustahkamlash:

Savol va topshiriqlar

1. Ro’yxatdagi maydon va yozuv tushunchalarini misollar bilan yoritib bering.

2. Tartiblash deganda nima tushuniladi?

3. Tartiblash jarayonida ro’yxatdagi satrlar soni o’zgaradimi?

4. Tartiblashning nechta usuli bor?

5. Bir nechta ustunli ro’yxatning bitta ustuni belgilanib tartiblansa, qanday xatolik yuzaga keladi?

6. “Gullar” jadvali gulning asosiy ranglari soni bo’yicha qanday tartiblanadi?

7. Tartiblashda ustunlar ketma-ketligining kelish tartibiga amal qilish kerakmi?

8. O’quvchilar ro’yxatini tartiblash jarayonini tushuntiring.

9. Nomlar yuqori va quyi registrdagi harflardan boshlangan bo’lsa, ularni alifboning o’sish yo’nalishida tartiblash imkoni bo’ladimi?

Uyga vazifa: Mavzuga oid mashqlarni takroran bajarish:

1. “Gullar” jadvalini ikki xil xususiyati bo’yicha tartiblang.

2. Musobaqa g’oliblarining olgan o’rnini tartibsiz yozib, ro’yxatni o’rni bo’yicha tartiblang.

3. 5 ta sinfdoshingizning familiyasi, ismi, o’tgan chorakda informatikadan olgan baholaridan iborat ro’yxat tuzing va:

a) ro’yxatning birinchi va ikkinchi ustunlarini alifboning o’sish yo’nalishida;

b) baholarining o’sib borishi va familiyalarni alifboning o’sish yo’nalishida tartiblang.

4. O’zingiz o’qiyotgan fanlarni yozib alifbo bo’yicha tartiblang.

5. Oila a’zolaringiz haqidagi ma’lumotlarni yoshi bo’yicha tartiblang.

Muallif F. Mansurov

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan