TARMOQNING MAQSADI VA UNI TASHKIL ETUVCHI JIXOZLAR

Bir yoki bir nechta qurilmalar oʻzaro ulanganda tarmoq hosil boʻladi. Tarmoqlarga misol qilib Bluetooth yordamida оʻzаrо ulangan ikkita mobil telefon, maktab ichida oʻzaro ulangan 100 ta kompyuter, internet orqali va butun dunyo boʻylab bir-biriga ulanadigan millionlab qurilmalarni keltirish mumkin.

Tarmoqning maqsadi

Kompyuterlarni oʻzaro ulashning sabablari turlicha boʻlsa ham, tarmoqlarning tag zamirida kommunikatsiya yotadi. Kompyuterlar bir-biri bilan maʻlumot almashadi. Matn, tasvir yoki video – bularning barchasi maʻlumot boʻlib, ular tarmoq orqali yuborilishi mumkin. Tarmoqlar bir yoki koʻp maqsadli boʻladi.

Bir maqsadli tarmoq

Bu turdagi tarmoqqa noutbuk va printerning oʻzaro ulanishi misol boʻladi. Noutbuk printerga chop etish uchun maʻlumot joʻnatadi. Oʻz navbatida, printer noutbukka qogʻoz tugaganligi haqtda maʻlumot joʻnatadi.

Koʻp maqsadli tarmoq

Kompaniyaning kompyuter tarmogʻi koʻp maqsadli boʻladi. U orqali xodimlar markaziy serverda fayl almashadi (fayl serveri), markazlashgan elektron pochtada yozishmalar olib boradi (elektron pochta serveri) yoki internetdan foydalanadi.

Tarmoq turlari

  • Shaxsiy hududiy tarmoq (PAN)
  • Lokal hududiy tarmoq (LAN)
  • Global hududiy tarmoq (WAN)

Shaxsiy hududiy tarmoq (Personal Area Network) – odatda kam sonli qurilmalar orasidagi kichik tarmoq. PANdan Bluetooth orqali ikkita mobil telefon oʻrtasida aloqa oʻrnatish yoki noutbuk, printer va skanerni oʻzaro ulash kabi maqsadlarda foydalaniladi.

Lokal hududiy tarmoq (Local Area Network) – kichik geografik hudud doirasida oʻzaro ulangan kompyuterlar toʻplami. Tarmoqda foydalaniladigan qoʻshimcha qurilmalar muayyan shaxs yoki kompaniyaga tegishli boʻladi. Masalan, foydalanuvchi kompyuterga ulanshi uchun oʻz kabelidan foydalanadi. LAN tarmoqqa uy ichida yoki bitta binoda oʻzaro ulangan qurilmalar kiradi.

Global hududiy tarmoq (Wide Area Network) – butun mamlakat yoki dunyo miqyosida, katta geografik hudud doirasida oʻzaro ulangan kompyuterlar toʻplami. WAN tarmogʻida foydalaniladigan qoʻshimcha qurilmalar muayyan shaxs yoki kompaniyaga tegishli boʻlmaydi. Foydalanuvchilar telefon liniyalari va optik totali kabellar – internet yordamida maʻlumot almashadi. Bir necha filiallarga ega milliy yoki xalqaro bank WAN tarmogʻiga misol boʻladi. Tarmoqqa ulanish uchun odatda foydalanuvchi nomi va parol talab qilinadi.

Internet – axborot saqlash va almashishga xizmat qiladigan kompyuter tarmoqlarining birlashgan tizimi. Ingtiz tilida baʻzida World Wide Web (Butunjohon Internet larmogʻi –toʻgʻridan-toʻgʻri tarjima) sinonimi ham qoʻllanadi.

Veb saytlarning manzili boshiga qoʻyiladigan www qisqartmasi aynan shu nomdan kelib chiqqan, biroq zamonaviy brauzerlarda bu qisqartmani yozish shart emas.

Tarmoqni tashkil etuvchi jixozlar

Tarmoq turli texnik qurilmalardan tashkil topadi. Ular tarmoq tashkil etuvchilari hisoblanadi. Har bir qurilma tarmoq ichida oʻz vazifasiga ega. Har bir tarmoq oʻziga xos qurilmadan foydalanadi. Tarmoqqa ulangan barcha kompyuterlar va ularni oʻzaro ulovchi qurilmalarning barchasi (masalan, switch, hub) tarmoq nuqtasi yoki nod deb ataladi.

Kabel ikkita qurilmani jismonan ulaydi. Uning ikki turi mavjud: mis simli kabel va optik tolali kabel.

Mis simli kabel maʻlumotlarni elektr signallari yordamida uzatib, asosan quyidagi turlarga boʻlinadi:

  • Himoyalanmagan oʻzaro oʻrilgan juft sim (UTP). Bir-biriga oʻrilgan misli kabel.
  • Himoyalangan oʻzaro oʻrilgan juft sim (STP). Interferensiya (tashqi elektr shovqin) himoyalovchi mato bilan qoplanib, bir-biriga oʻrilgan mis kabel.

Tarmoq yaratishda foydalaniladigan kabel Ethernet kabeli deb ataladi. Bu kabelni turli uzunliklarda va ranglarda topish mumkin. Ethernet kabeli ulanadigan port jek deyiladi.

Optik tolali kabel – Maʻlumotlarni yorugʻlik yordamida uzatadi va mis kabelga nisbatan tezroq ishlaydl. Chunki uning oʻtkazuvchanlik qobiliyati juda yuqori. Shunga yarasha, optik tolali kabelning narxi mis kabelga qaraganda qimmat turadi.

Hub – Tarmoqdagi kompyuterlarning har birini hubga ulash mumkin. Hubda bir necha port boʻladi. Bir portga kelgan signal barcha portlarga bir xil tarqaladi. Agar A kompyuter В kompyuterga xabar yuborsa, hub bu xabarni hamma kompyuterlarga tarqatadi, biroq faqat В kompyuter bu xabarni oʻqiy oladi.

Switch ham hubga oʻxshab bir necha kompyuterlarni bir-biriga ulaydi. Farqli jihati, switchning bir portiga kelgan signal barcha portlarga bir xil tarqalmaydi, balki tegishli portga uzatiladi. Bu jarayon quyidagicha yuz beradi: agar A kompyuter xabar yuborsa, switch uning manzilini xotirasiga saqlab oladi. Kelasi safar В kompyuter A kompyuterga xabar yuborsa, switch xotirasidagi maʻlumotdan foydalanib xabarni toʻgʻri manzilga yuboradi. Bu xabarlar almashuvini tezlashtiradi.

Router (baʻzida marshrutizator deb yuritiladi) nafaqat kompyuterlarni, balki kompyuter tarmoqlarini ham bir-biriga ulovchi qurilma. Agar A tarmoqdagi kompyuter В tarmoqdagi kompyuterga xabar yuborsa, router bu ikki kompyuter ulangan tarmoqni bogʻlashi kerak. Bu vaziyatda router A tarmoqning xabarini qabul qiladi va В tarmoqdagi tegishli kompyuterga yuboradi. Uyga oʻrnatiladigan routerlarning ichida modem ham mavjud.

Modem (inglizcha “modulator-demodulator” soʻzining qisqartmasi) – qurilmalarni simli telefon kabeli yordamida internetga ulaydi. U telefon simi orqali uzatilayotgan analog signallarni raqamli signalga (yoki aksincha) oʻgirib beradi.

Tarmoq interfeys kartasi (NIC) – Ethernet kabeli qurilmaga ulanishi uchun Tarmoq interfeysi kartasi (NIC – Network Interface Card). NIC aksariyat kompyuterlarning ichiga oʻrnatlladi.

Simsiz ulanish nuqtasi (WAP) – Simsiz ulanish turida qurilmalar maʻlumot almashish uchun radiotoʻlqindan foydalanadi. Simsiz ulanish nuqtasi (WAP – Wireless Access Point) maʻlumotlarni simsiz uzatish imkoniyatini yaratadi. Hozirda WAPlar boshqa qurilmalarning tarkibiy qismi sifatida ham ishlab chiqariladi. Masalan, switch yoki routerlarning ichidagi WAP ularning boshqa qurilmalarga simsiz ulanishini taʻminlaydi.

Kompyuterlar ham maʻlumoilarni simsiz almasha oladi Simsiz tarmoq interfeys kartasi (WNIC – Wireless Network Interface Card) maʻlumotlarni radiotoʻlqinlar yordamida yuborishni va qabul qilisbni taʻminlaydi. WNIC ham odatda qurilmalar ichiga oʻrnatiladi.

Server – tarmoq uchun juda koʻp vazifalarni bajaruvchi markaziy kompyuter. Masalan, maʻlumotlar oqimini (trafik) boshqarish, foydalanuvchi nomlari, parollar va kirish huquqlari orqali tarmoqqa ulanishni nazorai qilish va h.k.

Serverning funksiyalari turlicha:

  • Fayl serveri: maʻlumotlarni saqlaydi va tarmoqdagi boshqa qurilmalarga uzatadi.
  • Printer serveri: bir yoki bir nechta printerni boshqaradi. Tarrnoqdagi istalgan kompyuterning printerdan foydalanishini taʻminlaydi.
  • Elektron pochta serveri: elektron xabarlarni qabul qilish, joʻnatish, foydalanuvchi haqida malumotlarni saqlash kabi amallarni bajaradi. Elektron pochta serveri elektron pochta akkauntlarini boshqaradi va barcha elektron pochta xabarlarini saqlaydi.

TARMOQNI LOYIHALASH

Turli tarmoq komponentlari vazifasini tushunib olgach, yangi tarmoq yaratishda ularning qaysi biridan foydalanish belgilanadi. Buni amalga oshirish uchun avvalo quyidagi savollarga javob berishimiz kerak:

1. Tarmoq uchun server kerakmi?

  • Server har doim ham shart emas.
  • Katta tashkilotlar fayllar, elektron pochta xabarlari va boshqa maʻlumotlarni saqlash, har bir kompyuterga alohida printer sotib olmaslik uchun serverdan foydalanadi.
  • Uydagi kichik tarmoq uchun server shart emas. Har bir kompyuter oʻz maʻlumotlarini oʻz xotirasida saqlaydi va elektron pochtaga internet orqali ulanishi mumkin.
  • Serverlar qimmat turadi va ularga xizmat koʻrsatish uchun texnik koʻnikmalar talab etiladi.

2. Simli, simsiz yoki aralash usulda ulanish?

Kabellar yordarmda ulanish simsiz ulanishga nisbatan yuqori oʻtkazuvchanlikni taʻminlaydi. Bu esa qoʻshimcha tezlik beradi. Maʻlumotlar almashinuvining tezhgi, shuningdek, kompyuterlar soniga ham bogʻliq.

  • Tarmoqqa yuzlab kompyuterlar ulansa, yuqori oʻtkazuvchanlik zarur boʻladi. Katta hajmli fayllarni, masalan, videofayllarni tezroq uzatish va yuklab olish ham yuqori oʻtkazuvchanlikni talab qiladi.
  • Tarmoqda uchta yoki toʻrtta kompyuter boʻlsa va kichik fayllar almashilsa, simsiz ulanish yetarli.
  • Simsiz ulanish orqali tarmoqda mobil kompyuterlar, masalan, noutbuk yoki planshetdan osongina foydalanish mumkin.
  • Simsiz ulanishning xavfsizlik tizimi simli ulanishga qaraganda zaifroq boʻladi. Simsiz ulanish orqali uzatilayotgan maʻlumotlarni buzib kinsh imkoniyati katta.
  • Qalin devorlar yoki boshqa elektr jihozlari simsiz ulanishga toʻsqinhk qiladi. Shuning uchun baʻzi komponentlarni simli, baʻzilarini simsiz ulash maqsadga muvofiq.

3. Tarmoq internet va boshqa tarmoqlarga ulanishi kerakmi?

Internetga ulanish uchun (telefon liniyalaridan foydalangan holda) modem yoki ichki modemga ega router kerak. Bir tarmoqni boshqa tarmoqqa, masalan, boshqa binodagi LANga ulash uchun ham router zarur.

4. Tarmoqda kompyuterlar nimaga ulanadi?

Hub, switch va routerlarning barchasi kompyuterlarni bir-biriga ulaydi. Ular orasidan munosibi ehtiyojlardan kelib chiqqan holda tanlanadi.

Hub ­– narxi arzon, ammo samaradorligi yuqori emas. Undan oz sonli kompyuterlarni ulashda foydalangan maʻqul.

Switch – hubdan koʻra samaraliroq, ammo narxi ham qimmat. Undan koʻp sonli kompyuterlarni, masalan, bitta qurilmaga 20 ta kompyuterni ulashda foydalangan maʻqul. Router eng samarali qurilma, lekin uni sozlash uchun qoʻshimcha texnik bilimlar kerak. Undan juda koʻp kompyuterlarni ulashda foydalangan maʻqul.

TARMOQ DIAGRAMMALARI

Tarmoq diagrammasida tarmoqni yaratish uchun zarur barcha jixozlar, jumladan, kompyuterlarni ulovchi kabellar va qurilmalar koʻrsatiladi. Quyida ikki xil tarmoq tasvirlangan. Shuningdek, yaratilayotgan tarmoq qurilmalari va jixozlarini belgilash uchun savol-javob namunalari keltirilgan.

1-tarmoq: uy uchun kichik tarmoq. Oilada bitta stol kompyuteri, ikkita noutbuk, bitta planshet va ikkita mobil telefon bor.

1-qadam: savollar koʻrib chiqiladi.

  1. Tarmoqqa server kerakmi?

Yoʻq, bu kichik tarmoq. Har bir kompyuter oʻzi maʻlumotlarini saqlaydi.

  • Simli, simsiz yoki aralash usulda ulanish.

Noutbuklar, planshetlar va mobil telefonlarning barchasi mobil qurilmalar, shuning uchun ular simsiz ulanishi kerak. Stol kompyuteri simli yoki simsiz ulanishi mumkin.

  • Tarmoq internet va boshqa tarmoqlarga ulanishi kerakmi?

Qurilmalarning barchasi internetga ulanadi. Shuning uchun modem kerak.

  • Tarmoqda kompyuterlar nimaga ulanadi?

Kompyuterlar soni kam. Shuning uchun hubdan foydalangan maʻqul.

2-qadam: oilaviy qurilmalar va belgilangan komponentlarning rasmi chiziladi.

3-qadam: chiziqlar yordamida qurilmalarning ulanishi belgilanadi: yaxlit chiziqlar kabellarni, uzilgan chiziqlar esa simsiz ulanishni ifodalaydi.

4-qadam: har bir komponent va qurilmaning nomi hamda ulanish usuli yozib chiqiladi.

Yuqorida keltirilgan maʻlumotlarga asoslanib tarmoq diagrammasini qurishni boshlaymiz. Asosan 2, 3, 4 – qadamlarni bajarishda Microsoft Visio dasturidan foydalanish maqsadga mos keladi. Shu oʻrinda Microsoft Visiodasturi haqida qisqacha maʻlumot berib oʻtmoqchiman.

Microsoft Visio – bu diagrammalar va chizmalarni yaratish uchun moʻljallangan dastur boʻlib, asosan biznes jarayonlarini tasvirlash, axborot tizimlarini loyihalash, tarmoq sxemalarini yaratish va boshqalar uchun ishlatiladi. Visio, Microsoft Office paketining bir qismi boʻlib, koʻplab foydalanuvchilar uchun qulay interfeys va kengaytirilgan vositalar taqdim etadi. Dastur odatda murakkab maʻlumotlar va tizimlarni vizual tarzda tasvirlashga yordam beradi, bu esa ish jarayonlarini tushunishni osonlashtiradi.

Microsoft Visio dasturida ishlaganda dastlab kerakli shablon tanlab olinadi Create tugmasi bosiladi.

Isni dasturni chap tomonida joylashgan paneldan kerakli jixozlarni tanlab, ish maydoniga tortib, kerakli joyga joylashtirishdan boshlaymiz.

         Jixozlar joylashtirilgach ularni kerkali tarmoq qurilmalari bilan bogʻlab chiqamiz. Buning uchun Connector uskunasi ishlatiladi. Connector jixozlar orasida chiziq hosil qiladi. Simli va simsiz aloqa shaklini belgilash uchun Line uskunasidan foydalanamiz. Line uskunasi chiziq turi rangi va qalinligini tanlashda yordam beradi.

Sxema tayyor boʻlgach tarmoqdagi jixozlar nomini yozib chiqishimiz kerak. Buning uchun kerakli jixoz ustida sichqoncha oʻng tugmasi bosilsa qalqib chiquvchi menyu ochiladi. Menyu boʻlimlaridan Edit Text buyrugʻi tanlanadi va jixoz nomi yoziladi. Hammasi tayyor boʻlgach natijani rasm koʻrinishida saqlab olamiz va loyiha ishimizga joylashtiramiz.

2-tarmoq: doʻkon uchun tarmoq.

Doʻkon oʻz maʻlumotlarini markaziy kompyuterda saqlashi kerak. Doʻkondagi beshta kassaning har biri uchun alohida kompyuter oʻrnatilgan. Doʻkonning orqa tarafida ofis joylashgan. U yerda uchta stol kompyuteri va ikkita planshet bor. Stol kompyuterlari internetga kirishi kerak. Serverda barcha kompyuterlar uchun bitta printer mavjud. Menejer mobil telefondan foydalanadi.

1. Tarmoqqa server kerakmi? Ha. Maʻlumotlar markazlashtirilgan holda saqlanishi kerak.

2. Simli, simsiz yoki aralash usulda ulanish. Kassalarda maʻlumotlar xavfsizligini taʻminlash uchun (masalan, plastik karta raqamlari) ishonchli ulanish tarmogʻi kerak. Shuning uchun simli ulanishni tanlash maʻqul tanlov. Stol kompyuterlari simli yoki simsiz ulanishi mumkin. Planshetlar va mobil telefon simsiz ulanadi.

3. Tarmoq internet va boshqa tarmoqlarga ulanishi kerakmi? Qurilmalar internetga ulanadi. Shuning uchun modem kerak.

4. Tarmoqda kompyuterlar nimaga ulanadi? Doʻkonda kompyuterlar soni kam, ammo markaziy server mavjud. Shuning uchun tarmoqni boshqaradigan mutaxassis kerak. Tarmoq yanada samarali ishlashi uchun switch yoki routerdan foydalangan maʻqul.

Ushbu tarmoq ikkita alohida hududga ega. Hududlarning har biri uchun alohida tarmoq yaratib, alohida ulab, soʻng ularni birlashtirish mumkin.

AMALIY MASHʻULOT

1-topshiriq

Universitetning uchta talabasi bir uyda ijarada yashaydi. Ularning barchasi internetga kirishi kerak. Talabalardan birining stol kompyuteri yuqori oʻtkazuvchanlikka ega ulanishni talab qiladi. Qolgan ikki talabada noutbuk bor. Har bir talaba mobil telefondan foydalanadi.

Talabalarga mos tarmoq qurilmalari va komponentlarini belgilash uchun quyidagi savollarga javob bering:

  1. Ularga server kerakmi?

Javob: Yoʻq kerak emas.

  • Simli, simsiz yoki aralash usulda ulanish.

Javob: Aralash usul.

  • Tarmoq internet va boshqa tarmoqlarga ulanishi kerakmi?

Javob: Internetga kirishi kerak.

  • Tarmoqda kompyuterlar nimaga ulanadi?

Javob: Uyda boʻlgani uchun va kompyuterlar kam sonli boʻlgani uchun routerni oʻzi yetarli

Yuqoridagi shartlar asosida uy uchun tarmoq diagrammasini ishlab chiqing. Barcha qurilma va komponentlarning nomi hamda ulanish usulini yozing.

T/RJixoz nomiSoniTarmoqqa ulanish usuli
1Modem router1Optik tolali kabelga
2Stol kompyuteri1yuqori oʻtkazuvchanlikka ega ulanishni (simli)
3Noutbuk2Simsiz ulanish
4Mobil telefon3Simsiz ulanish

2-topshiriq

Korxonada oʻn nafar xodim ishlaydi. Uch nafar rahbarning har biri ofisning stol kompyuteri va planshetidan foydalanadi. Yetti nafar xodimning har birida noutbuk bor. Korxona tarmoqda boshqariladigan elektron pochta tizimiga ega va barcha xodimlar markazlashgan holda saqlanuvchi fayllardan erkin foydalanishi kerak. Korxona xodimlari internetga ulanishi kerak. Korxonaga mos tarmoq qurilmalari va komponentlarini belgilash uchun quyidagi savollarga javob bering:

  1. Ularga server kerakmi?

Ha kerak.

  • Simli, simsiz yoki aralash usulda ulanish.

Aralash usulda ulanish.

  • Tarmoq internet va boshqa tarmoqlarga ulanishi kerakmi?

Ha ulanishi kerak.

  • Tarmoqda kompyuterlar nimaga ulanadi?

Hab yoki routerga

Korxona uchun tarmoq diagrammasini ishlab chiqing. Barcha qurilma va komponentlarning nomi hamda ulanish usulini yozing.

T/RJixoz nomiSoniTarmoqqa ulanish usuli
1Modem1Optik tolali kabelga
2Server1Simli ulanish
3Simsiz ulanish nuqtasi1Simli ulanish
4Stol kompyuteri3yuqori oʻtkazuvchanlikka ega ulanishni (simli)
5Planshet3Simsiz ulanish
6Nourbuk7Simsiz ulanish

3-topshiriq

Doniyor yaqinda oilasi bilan yangi uyga koʻchib oʻtdi. U uydan masofaviy ishlaydi, shuning uchun internetga kirishi kerak. Unining uyida ikkita stol kompyuteri bor. Doniyorning oila aʻzolari ikkita noutbuk, ikkita planshet va toʻrtta mobil telefondan foydalanadi. Bularning barchasi tarmoqqa ulanishi hamda uy hududida internetdan foydalanishi kerak.

Ushbu tarmoq uchun quyidagi savollarga javob bering:

  1. Tarmoqqa server kerakmi?

Javob: Yoʻq kerak emas;

  • Simli, simsizyoki aralash usulda ulanish.

Javob: Simsiz;

  • Tarmoq internet va boshqa tarmoqlarga ulanishi kerakmi?

Javob; Ha ulanish kerak;

  • Tarmoqda kompyuterlar nimaga ulanadi?

Javob: Modemga, simsiz ulanish nuqtasiga.

Doniyorga tarmoq diagrammasidagi har bir komponentning vazifasini tushuntirish uchun jadval tuzing.

Jadvaldagi maʻlumotlar yordamida Doniyorning uyi uchun tarmoq diagrammasini tuzing. Tarmoq diagrammasidagi komponentlarning nomi va ulanish usulini yozing.

T/RJixoz nomiSoniTarmoqqa ulanish usuli
1Modem1Optik tolali kabelga
2Simsiz ulanish nuqtasi1Simli ulanish
3Mobil telefon4Simli ulanish
4Stol kompyuteri2yuqori oʻtkazuvchanlikka ega ulanishni (simli)
5Planshet2Simsiz ulanish
6Nourbuk2Simsiz ulanish

Yuqoridagi chizmada bazi jixozlar ulanish nuqtasiga chiziq bilan bogʻlanmagan, demak u simsiz ulanuvchi qurilmalar turiga kiradi.

XULOSA

MS Visio dasturida tarmoq diagrammalarini yaratish — tarmoqni loyihalash, boshqarish va optimallashtirish uchun samarali vositadir. Bu diagrammalar tarmoq arxitekturasini aniq aks ettirishi, muammolarni tezda aniqlash va tarmoqni samarali boshqarishga yordam beradi. MS Visio intuitiv interfeysi va kengaytirilgan imkoniyatlari bilan tarmoq mutaxassislarining eng sevimli vositalaridan biriga aylangan. Tarmoq diagrammalarini yaratishda Visio dasturining imkoniyatlaridan toʻliq foydalanish tarmoqning optimalligi va samaradorligini ta’minlashga yordam beradi.

Muallif F. Mansurov

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan