Matn bilan ishlash — matn yozish yoki hujjatdagi matnni o’zgartirish orqali elektron hujjatlar yaratish jarayonidir. Kelgusida samarali faoliyat olib borishni istasangiz, matn bilan ishlash ko’nikmasini puxta egallashingiz zarur.

Chunki maktab vazifalarini bajarishdan tortib, orzungizdagi kasb bilan shug’ullanish jarayonida ham matnlar bilan ishlashingizga to’g’ri keladi.

Bu ko’nikma yordamida asosan elektron pochta yoki shu kabi elektron aloqa vositalari orqali boshqalarga yuborish uchun elektron hujjat yaratiladi. Ushbu ko’nikmani egallash sizga elektron hujjat nusxasini saqlab qo’yish va istalgan vaqtda o’zgartirish imkonini ham beradi.

Bu modulda Microsoft Word matn bilan ishlash dasturidan foydalanishni o’rganasiz. Albatta, matn bilan ishlovchi boshqa dasturlar ham mavjud va ulardan istaganingizni qo’llashingiz mumkin. Bu dasturlarning tugmalari va ikonkalari ham bir-biriga o’xshab ketadi.

Taqdimotni ko’chirib olish uchun havola

Muallif F. Mansurov

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan